Aitana Bonmatí Conca 1998-yil 18-yanvarda tugʻilgan) — kataloniyalik va ispaniyalik professional futbolchi, Liga F’ning „Barselona“ klubi va Ispaniya milliy terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Shuningdek, u Kataloniya sharafini ham himoya qilgan. 2023-yilga kelib yevropalik futbolchi qoʻlga kiritishi mumkin boʻlgan barcha yirik klub va individual mukofotlarni qoʻlga kiritgan. Bonmati ayollar futbolidagi eng yaxshi oʻyinchilardan biri va barcha davrlarning eng buyuklaridan biri sanaladi.

Bonmati 2012-yildan buyon „Barselona“ sharafini himoya qilib keladi va olti yil davomida „La Masia“ akademiyasida tarbiyalangan. U 2016–17-yilgi mavsum oldidan „Barselona“ning asosiy jamoasiga oʻtkazilgan va 2018–19-yilgi mavsumdagi yorqin oʻyinlariga qadar klub safida asosan zaxiradan maydonga tushgan. Bonmati jamoa bilan yettita liga chempionligi, sakkizta Ispaniya Kubogi, beshta Superkubok, toʻrtta Kataloniya Kubogi va toʻrtta UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi gʻolibligini qoʻlga kiritgan, jumladan, uchta „trebl“ va bir „kvadrupl“ qayd etgan. „Barselona“ 2021-yilda oʻzining ilk Chempionlar Ligasida gʻalaba qozonganida, u finalning eng yaxshi oʻyinchisi (MVP) deb topilgan, 2022–23 va 2023–24-yilgi mavsumlarga kelib esa jamoaning yetakchisiga aylangan. Jamoadoshi Aleksia Putellas izidan borib, u ham bir nechta yirik shaxsiy sovrinlarni qoʻlga kiritgan: 2023, 2024 va 2025-yillarda „Oltin toʻp“ sohibasi boʻlgan (shu tariqa bu sovrinni uch marta qoʻlga kiritgan ilk futbolchiga aylangan), 2023 va 2024-yillarda FIFAning eng yaxshi ayol futbolchisi deb topilgan hamda 2023-yilda UEFA talqiniga koʻra yilning eng yaxshi ayol futbolchisi sovrinini olgan, keyinchalik bu sovrin „Oltin toʻp“ bilan birlashtirilgan.

Xalqaro maydonda Bonmati Ispaniyaning 17, 19 va 20 yoshgacha boʻlgan ayollar terma jamoalari safida muvaffaqiyat qozongan. U UEFAning ayollar oʻrtasidagi yoshlar chempionatida ikki marta — 2015-yilda 17 yoshgacha boʻlganlar jamoasi bilan va 2017-yilda 19 yoshgacha boʻlganlar jamoasi bilan gʻolib chiqqan. Shuningdek, FIFAning ayollar oʻrtasidagi yoshlar jahon chempionatida ikki bor ikkinchi oʻrinni egallagan — 2014-yilda 17 yoshgacha va 2018-yilda 20 yoshgacha boʻlganlar jamoasi tarkibida. 2017-yilda u kattalar jamoasiga oʻtib, Ispaniya safida 2019-yilgi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati va 2022-yilgi ayollar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Shundan soʻng u 2023-yilgi jahon chempionatida jamoaning yetakchilaridan biriga aylandi. Ushbu musobaqada Ispaniya chempion boʻldi, Bonmatining oʻzi esa turnirning eng yaxshi oʻyinchisi sifatida „Oltin toʻp“ni qoʻlga kiritdi. 2024-yilgi UEFA Ayollar Millatlar Ligasi finalida ham Ispaniya gʻalaba qozondi va u finalning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi. 2024-yilda u „Yil sportchi ayoli“ yoʻnalishida „Laureus World Sports Award“ mukofotiga sazovor boʻldi va bu sovrinni qoʻlga kiritgan birinchi futbolchiga aylandi.

Yutuqlari thumb|Bonmati 2024-yilgi „Laureus World Sports Award“ mukofoti bilan Barselona B

Segunda divizioni: 2015-16 (III guruh)

Barselona

Primera divizioni: 2019-20, 2020-21, 2021-22, 2022-23, 2023-24, 2024-25 UEFA ayollar Chempionlar ligasi: 2020-21, 2022-23, 2023-24 Qirolicha kubogi: 2017, 2018, 2019-20, 2020-21, 2021-22, 2023-24, 2024-25 Ispaniya Superkubogi: 2019-20, 2021-22, 2022-23, 2023-24, 2024-25 Kataloniya kubogi: 2016, 2017, 2018, 2019

Ispaniya U17

UEFA 17 yoshgacha boʻlgan qizlar chempionati: 2015; finalist 2014 FIFA 17 yoshgacha boʻlgan qizlar Jahon chempionati: finalist 2014

Ispaniya U19

UEFA 19 yoshgacha boʻlgan qizlar chempionati: 2017; finalist 2016

Ispaniya U20

FIFA 20 yoshgacha boʻlgan qizlar Jahon chempionati: finalist 2018

Ispaniya

FIFA ayollar Jahon chempionati: 2023 UEFA ayollar chempionati finalisti: 2025 UEFA ayollar Millatlar ligasi: 2023-24

Shaxsiy yutuqlar

FIFA yilning eng yaxshi ayol futbolchisi: 2023, 2024, 2025 Ayollar uchun „Oltin toʻp“: 2023, 2024, 2025 Laureus jahon sport ayoli mukofoti: 2024 Oltin oʻyinchi ayol mukofoti: 2023, 2024 FIFA ayollar jahon chempionati „Oltin toʻp“i: 2023 UEFA yilning eng yaxshi ayol futbolchisi: 2022–23 UEFA Ayollar Chempionlar Ligasining mavsumda eng yaxshi oʻyinchisi: 2022–23, 2023–24, 2024–25 UEFA ayollar chempionatining eng yaxshi oʻyinchisi: 2025 UEFA ayollar chempionatining ramziy terma jamoasi: 2022, 2025 IFFHS yilning eng yaxshi ayol futbolchisi: 2023, 2024 IFFHS yilning eng yaxshi ayol oʻyin tashkilotchisi: 2023, 2024 UEFA 17 yoshgacha boʻlgan qizlar chempionatining ramziy terma jamoasi: 2015 Copa de la Reina finali eng foydali oʻyinchisi: 2019–20 Ispaniya Ayollar Superkubogi finali eng foydali oʻyinchisi: 2022–23 Kataloniya yilning eng yaxshi futbolchisi: 2019 UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi finali eng foydali oʻyinchisi: 2021, 2024 UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi mavsumning ramziy terma jamoasi: 2020–21, 2022–23, 2023–24, 2024–25 Premi Barça Jugadors (Barsa oʻyinchilari mukofoti): 2020–21, 2021–22, 2022–23, 2023–24 IFFHS ayollar jahon terma jamoasi: 2021, 2022, 2023, 2024 World Soccer tomonidan yilning eng yaxshi ayol futbolchisi: 2023, 2024 Globe Soccer yilning eng yaxshi ayol futbolchisi: 2023 FIFA FIFPRO ayollar jahon 11 tarkibi: 2023, 2024 IFFHS UEFA ayollar terma jamoasi: 2021, 2022, 2023, 2024 UEFA Ayollar Millatlar Ligasi final bosqichi eng yaxshi oʻyinchisi: 2024 FIFA tomonidan tanlangan yilning eng yaxshi ayollar 11 tarkibi: 2024 2023-yil noyabr oyida Bonmati BBCning 100 ta eng taʼsirli ayollar roʻyxatiga kiritildi.

Manbalar

Havolalar

Aitana Bonmatí FC Barcelona saytida Aitana Bonmatí BDFutbol saytida

Aitana Bonmatí Txapeldunak.com saytida

Aitana Bonmatí — COE — Paris 2024

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ispaniyalik ayol futbolchilar Turkum:Ayollar futboli yarim himoyachilari Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:Laureus World Sports Awards sovrindorlari