Abu Yahyo ibn as-Sakkak al-Miknasiy () (toʻliq ismi:Abu Yahyo yoki Abu Abdulloh Muhammad ibn Abu Gʻolib ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Abu-l-Hasan Ali ibn Muhammad ibn as-Sakkak al-Miknasiy; vafoti 22-may 1415-yil), marokashlik tarixchi, nasabshunos, qozi, molikiy olimi va soʻfiy orif edi. U Fos shahrida Ibn as-Sakkak oilasida tugʻilgan boʻlib, bu oila Miknasa qabilasiga mansub berberlar urugʻidan edi. U Ibn Xaldunning doʻsti boʻlib, ikkalasi ham ash-Sharif at-Tilimsoniy qoʻlida tahsil olganlar. As-Sakkak ayniqsa musulmon podshohlariga nasihat tarzida yozilgan Nush muluk al-islom bi-t-taʼrif bi-ma yajibu alay-him min huquq ila bayt al-kiram asari bilan mashhur boʻlganM. Ben Chekroun, La Vie intellectuelle marocaine sous les Mérinides et les Wattasides, 1974, pp. 368-72. Bu nasihatida Ibn Sakkak oʻz zamonasidagi ayrim hukmdorlar daʼvo qilgan ilohiy huquq masalasiga shubha bilan qaraganSaida, Sqalli Houssini, Thesis, Contribution à l'Étude du discours politico-réligieux sous les derniers Mérinides: les Lettres d’Ibn Abbad de Ronda au Sultan Abu Faris et le Nush Muluk al-Islam d’Ibn As-Sakkak., 1992.
Ibn Sakkak, shuningdek, Marokashda Shodiliyya tariqati haqida yozilgan birinchi kitob — Kitob al-Uslub min-al-kalom ʻala la havla va-la quvvata illa billah (Kitob al-Asolib nomi bilan mashhur) muallifidir. Unda u Ibn Abbod ar-Rundiy (vafoti 792/1377) uchun „Shodiliy“ atamasini qoʻllaganÉric Geoffroy, Une voie soufie dans le monde:la Shâdhiliyya, p.75.
Manbalar
Turkum:Marokashlik qozilar Turkum:Magʻriblik ulamolar Turkum:Magʻ