Umar ibn al-Xattob al-Foruq (Umar ibn Xattob) (; oʻqilishi: ʼOmar ibn al-Xattāb; milodiy 584-yil – 644-yil) — dastlabki toʻrt xalifadan ikkinchisi (), jannat bashorati berilgan 10 ta sahobalardan biri. Shuningdek, Buyuk Umar nomi bilan ham mashhur.

Hayoti Asli Quraysh qabilasining Banu Adi sulolasidan. „Xulafa ur-Roshidun“ („Toʻgʻri yoʻldagi xalifalar“) nomini olgan xalifalardan biri. Islomni 616-yili qabul qilgan. Muhammad paygʻambarning yaqin safdoshlaridan biri, u olib borgan barcha janglarda qatnashgan. Abu Bakr Siddiq oʻlimidan avval Umarni oʻz oʻrniga tavsiya etgan. Umarning xalifalik davrida islom Iroq, Suriya, Misr, Liviyaga tarqaldi. Eron hududlari xalifalikka qoʻshildi. Arab-musulmon saltanati tarkib topa boshladi. Uning davrida barcha asosiy maʼmuriy-huquqiy muassasalar, avvalo soliq-oʻlpon tizimi tuzildi. Musulmonlar jamoasi tez orada moʻminlar idora etadigan davlatga aylandi. Bu hol Umar xalifa unvoniga birinchi boʻlib qoʻshimcha amir al-moʻminin (moʻminlar amiri) unvonini qabul qilishida ham ifodalandi.

Umar yangi musulmon yil hisobi – hijriy yil taqvimini joriy etgan. Sunniylar tarixiy anʼanasida Umar risoladagidek hukmdor, yaʼni taqvodor, musulmonlarga nisbatan adolatli, dushmanlarga beshafqat inson sifatida taʼriflanadi. Uning davri islomning „oltin asri“ deb ulugʻlanadi. Umar Muhammad paygʻambarning Madinadagi qabri yoniga dafn etilganIslom. Uz: Umar ibni Hattob.Umar ibn Hattobdan soʻng Usmon ibn Affon moʻminlarga amir boʻlgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Sahobalar Turkum:Islom xalifalari Turkum:584-yilda tugʻilganlar Turkum:644-yilda vafot etganlar Turkum:Umar Turkum:Roshidun xalifalari Turkum:Uhud jangida ishtirok etgan sahobalar Turkum:7-asr xalifalari