Shayx Faysal bin Hamad al-Xalifa (; 12 February 1991 — 12 January 2006) Bahrayn hukmron oilasi boʻlmish al-Xalifa sulolasi aʼzosi edi.

Ilk hayoti va faoliyati Shayx Faysal 1991-yil 12-fevralda As-Saxir saroyida, Sharqiy Riffada tugʻilgan. U Qirol Hamadning yetti oʻgʻlining oltinchisi edi. Boshqa unvonlari qatorida u Bahrayn Nogironlar sport federatsiyasining faxriy prezidenti boʻlgan. 2005-yil dekabrida Bahraynda oʻtkazilgan Yoshlar oʻrtasidagi jahon endurans chempionatini tashkil etganlar orasida boʻlgan.

Vafoti Shayx Faysal 2006-yil 12-yanvarda avtomobil halokatida vafot etdi. Oʻsha payti 14 yoshda edi. Hodisa Safriya yaqinida, Manamadan 20 km janubda sodir boʻlgan, u paytda uning mashinasi yuqori tezlikda avtobus bilan toʻqnashib, yoʻldan chiqib ketgan va otasining surati tushirilgan reklama belgisi tag qismiga urilgan. Keyinroq shahzoda hodisa vaqtida avtomobilni oʻzi boshqargani maʼlum boʻldi. Shayx Faysal ertasi kuni erta tongda Al Rifaʼa qabristoniga dafn etildi.

Nasab

Manbalar

Havolalar Faysal bin Hamad bin Iso Al Xalifa

Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:2006-yilda vafot etganlar Faysal Hamad Turkum:Bahraynda yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etganlar Turkum:Qirollarning o‘g‘illari

Turkum:Bolaligida vafot etgan qirollik aʼzolari