BAA Pro ligasi () — homiylik sababli ADNOC Pro-ligasi nomi bilan ham tanilgan, Birlashgan Arab Amirliklaridagi (BAA) professional futbol ligasi boʻlib, Amirliklar futbol ligalari tizimining eng yuqori pogʻonasi hisoblanadi.
Chempionlikni qoʻlga kiritgan ilk jamoa „Al-Orouba“ (Sharja) boʻlgan, „Al-Ayn“ klubi esa oʻz hisobidagi 15 ta chempionlik unvoni bilan rekord oʻrnatgan. Ligada Birinchi divizion bilan yuqori ligaga chiqish va quyi ligaga tushish tizimida faoliyat yurituvchi oʻn toʻrtta klub kurash olib boradi.
Liga 1973-yilda BAA Futbol ligasi sifatida tashkil etilgan. Dastlabki 1973–74-yilgi mavsum „sinov“ chempionati boʻlgan, biroq 2001-yilda BAA FA tomonidan rasmiy deb eʼlon qilingan. 2007-yil fevral oyida Pro-liga qoʻmitasi tuzilib, liganing tashkiliy organiga aylandi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Birlashgan Arab Amirliklari Turkum:Osiyodagi eng yuqori darajadagi futbol ligalari