Nima bo‘ldi, qizaloq? (slovencha: Kaj ti je deklica) — 2025-yilda rejissyor Urška Djukić tomonidan suratga olingan dramatik film. Rejissyor ssenariyni Maria Bohr bilan hamkorlikda yozgan. Film oʻzining ichki dunyosiga berilib yashovchi 16 yoshli Lujiya va uning sinfdoshi Ana-Mariya bilan boʻlgan munosabatlari haqida hikoya qiladi.

Film oʻzining jahon premyerasini 2025-yil 14-fevralda 75-Berlin xalqaro kinofestivalining „Perspektivalar“ boʻlimida oʻtkazdi. U yerda u Teddy mukofotiga nomzod boʻlib, eng yaxshi badiiy film mukofoti uchun kurashdi. Shuningdek, film 98-Oskar mukofotlarida Sloveniya nomidan „Eng yaxshi xorijiy film“ nominatsiyasiga taqdim etilgan, biroq nomzodlikka oʻtmagan.

Mazmuni Katolik maktabining uyatchan oʻquvchisi, 16 yoshli Lujiya qizlar xoriga qoʻshiladi va xarizmatik Ana-Mariya bilan doʻstlashadi. Qishloqdagi monastirda oʻtkaziladigan lager paytida Lujiyaning restavratsiya ustasiga nisbatan qiziqishi Ana-Mariya va xor aʼzolari bilan ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Oʻzining oʻsib borayotgan jinsiy ongini anglab borar ekan, u oʻz eʼtiqodlarini soʻroq ostiga qoʻya boshlaydi va guruh ichida tushunmovchiliklar kelib chiqadi.

Rollarda Jara Sofija Ostan— Lujiya Mina Švajger — Ana-Mariya Saša Tabaković — Dirijyor Nataša Burger — Ona Staša Popović — Klara Mateja Strle — Uršula

Ishlab chiqarish Sloveniya, Italiya, Xorvatiya va Serbiya hamkorligida suratga olingan mazkur filmga Urška Djukić rejissyorlik qilgan, ssenariyni esa Maria Bohr bilan birga yozgan. Film Jožko Rutar (SPOK Films), Miha Černec va David Cej (Staragara), shuningdek Katarina Prpić (Izazov 365) tomonidan prodyuserlik qilingan. Hamkor prodyuserlar qatoriga Radiotelevizija Slovenija hamda Marina Gumzi (Nosorogi) kiradi. Film Sloveniya kino markazi, Italiya madaniyat vazirligining kino direksiyasi, Fruli-Venetsiya-Juliya kino komissiyasi, Eurimages va Xorvatiya audiovisual markazi tomonidan moliyalashtirilgan. Asosiy suratga olish ishlari 2023-yil 20-iyunda Italiyaning Chividale del Friuli shahrida boshlanib, keyinchalik Sloveniyaning Lyublyana shahrida davom ettirilgan.

Fransiyaning Sister Productions kompaniyasi filmda hamkor prodyuser sifatida qatnashgan.

Namoyish Little Trouble Girls filmi oʻzining jahon premyerasidan tashqari, 24-bor oʻtkazilgan Tribeca kinofestivalining xalqaro hikoyaviy tanlov boʻlimida qatnashib, 2025-yil 5-iyunda namoyish etilgan. Shuningdek, u 59-Karlovy Vary xalqaro kinofestivalining „Gorizontlar“ boʻlimida (5–11-iyul 2025), 31-Sarayevo kinofestivalida, Vankuver xalqaro kinofestivalida, Sars kinofestivalida, shuningdek, Pech-Karlovy Vary, Stockholm International Film Festival va boshqa koʻplab xalqaro kinofestivallarda namoyish etilgan.

2025-yil yanvar oyida Afinada joylashgan „Heretic“ savdo agentligi filmning xalqaro savdo huquqlarini qoʻlga kiritgan.

Qabul qilinishi Rotten Tomatoes saytida film 46 ta taqrizga asoslanib 98% ijobiy baholangan.Rotten Tomatoes prose|98||46|consensus=Harmonizing themes of sexual awakening and spirituality into a wholly authentic and revelatory coming-of-age drama, Little Trouble Girls is an arresting feature debut from writer-director Urška Djukić.|ref=yes|access-date=17 January 2026}}

The Guardian nashridan Peter Bradshaw filmga 5 taldan 5 yulduz berib, uni „juda qiziqarli va ajoyib tarzda ijro etilgan film“ deb atagan.

Mukofotlar Mukofot Marosim sanasi Kategoriya Qabul qiluvchi Natija ManbaLes Arcs kinofestivali 18-dekabr 2023 TitraFilm mukofotiLittle Trouble Girls Berlin xalqaro kinofestivali75-Berlin xalqaro kinofestivali|23-fevral 2025 GWFF eng yaxshi debyut film mukofoti Teddy mukofoti Xalqaro kino tanqidchilari federatsiyasi mukofoti Tribeca kinofestivali 12-iyun 2025 Eng yaxshi operatorlik ishi Lev Predan Kowarski CinEast kinofestivali 26-oktabr 2025 Tanqidchilar mukofotiLittle Trouble Girls Sloveniya kinofestivali26-oktabr 2025 Eng yaxshi badiiy film Eng yaxshi aktrisa Jara Sofija Ostan Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa Mina Švajger Eng yaxshi ovoz dizayni Julij Zornik Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor Saša Tabaković FIPRESCI mukofoti Urška Djukić Yevro-Balkan kinofestivali 6-noyabr 2025 Yoshlar hakamlar hay’ati mukofoti: Eng yaxshi rejissyor Urška Djukić Hindiston xalqaro kinofestivali28-noyabr 2025 Oltin tovus mukofotiLittle Trouble Girls Les Arcs kinofestivali 20-dekabr 2025 Hakamlar hay’atining bosh mukofoti Yevropa kino mukofoti 38-Yevropa kino mukofotlari 17-yanvar 2026 Yevropa kashfiyoti – FIPRESCI mukofoti https://www.hollywoodreporter.com/movies/movie-news/european-film-award-nominations-2026-1236429513/ |last=Roxborough |first=Scott |date=18 November 2025 |title=Nominations for the 2026 European Film Awards Unveiled |access-date=18 November 2025 |websiteThe Hollywood Reporter|language=en-US}}https://deadline.com/2025/10/european-film-awards-nominations-shortlist-2025-1236584205/ |title=‘Bugonia’, ‘On Falling’ & ‘Sound Of Falling’ Among Titles On The European Film Awards Nominations Shortlist|first=Zac|last=Ntim|date=14 October 2025|access-date=15 October 2025 |website= Deadline Hollywood|Deadline|language=en}} Tromsø kinofestivali 25-yanvar 2026 Kino va eʼtiqod mukofoti

Manbalar

Havolalar

Little Trouble Girls Heretic saytida Little Trouble Girls Sister Productions saytida Little Trouble Girls Berlinale saytida Rasmiy treyler YouTubeda