Abu Muso al-Jazuliy (; toʻliq ismi: Iso ibn Abdulaziz ibn Yalalbaxt ibn Iso ibn Yumariliy al-Barbariy al-Marokashiy al-Yazadakniy al-Alloma; ), filolog va nahvchi boʻlib, Al-Qonun yoki al-Jazuliy Al-Muqaddima nomli ensiklopediyani yaratgan. Koʻplab olimlar unga tafsir (adabiy sharhlar) yoki sharh (izohli sharhlar) yozganlar va u koʻplab nahv kitoblariga kiritilgan. Shunga qaramay, uning murakkabligi eng yetuk tilshunoslar uchun ham qiyinchilik tugʻdirgan. Al-Jazuliy birinchi boʻlib Magʻribda al-Javhariyning Al-Sihah fi al-lugʻah () asarini tanitgan va oʻz Muqaddimasida bu hamda boshqa asarlarga koʻp marotaba murojaat qiladi.

Hayoti Al-Jazuliy taxminan hijriy 540-yil (milodiy 1146-yil) da Idav gʻarda qishlogʻida tugʻilgan boʻlishi mumkin. U Marokashning Sus mintaqasida yashagan berber qabilasi Jazulaning bir boʻlagi boʻlgan Yazdaktan qabilasidan edi. Dastlabki taʼlimini olimlar, adiblar va nahvchilarga, goʻzal binolar, favvoralar va jamoat inshootlariga boy, kosmopolit Marokash shahri — Marokashda, Muvahhidlar poytaxtida olgan.

Marokashdagi ilk taʼlimidan soʻng, al-Jazuliy haj qilish uchun Makka va Madinaga yoʻl oldi. Hajdan qaytarkan, u Qohira va Iskandariyada yashab qoldi. U yerda qashshoqlikni boshidan kechirgan boʻlsa-da, Abu Muhammad Abdulloh ibn Barriyning maʼruzalarida qatnashib, al-Javhariyning As-Sihahi va al-Zajjajiyning al-Jumal asarini oʻrgandi. Shuningdek, u Abū Muhammad ibn Ubaydullohdan al-Buxoriyning Sahih asari boʻyicha tahsil oldi. Moliyaviy qiyinchiliklar uni yana Magʻribga qaytishga majbur qildi. Bijoyada u bir muddat filologiyadan dars berdi, soʻngra Jazoirga koʻchib oʻtdi va oʻzining Qonun asarini nahvchi Abu ibn Qosim ibn Mandos al-Oʻshiriyga oʻqib berdi. Keyin u Al-Andalusdagi (hozirgi Ispaniya) Almeriya shahriga maʼlum muddat dars berish uchun safar qildi. Soʻng Marokashga qaytib, yana Marokashda istiqomat qildi va arab tilidan dars bera boshladi. Uning Qonuni mashhur boʻlib, shuxrati ortgani sari uning huzuriga uzoq-uzoqlardan talabalar kela boshladi. U dars bergan masjid toʻlib ketgach, u Mahallat ash-Sharqiyin shimolidagi Ibn al-Abakm masjidiga, Katta Bab Agʻmat darvozasi yoʻlagining ostidan Al-Avodin tomonga koʻchib oʻtdi. Zohid Abul-Abbos al-Magʻribiy Almohad xalifasi al-Mansurga murojaat qildi va xalifa al-Jazuliyga Marokashdagi jome masjidida xutba aytish vazifasini yukladi. Vafotidan oldin al-Mansur vasiyatida uning jasadini yuvadigan yagona kishi al-Jazuliy boʻlishini taʼkidlagan. Ibn Xallikon Basra nahv maktabining VIII asr nahvchisi Abu Amr ibn al-Alo haqida yozar ekan, ibn al-Alo shoʻx talaba boʻlgan kezari tinmasdan savol soʻrab al-Jazuliyni bezor qilganida u haqida aytgan kinoyali baytini keltiradi. Unda mashhur iʻrob misoliga soʻz oʻyinlari bilan ishora qilinganini tilga oladi.

Al-Jazuliy Marokashning Azemur shahrida -yil (-yil) da vafot etgan.

Uning ustozlari Ibn Barrīy — al-Zajjājīyning Al-Jumal asaridan, Sibavayhning Al-Kitobidan va Ibn as-Sarrojjning Al-Usulidan dars bergan. Ushbu taʼlimlardan olingan material Al-Qonunga kiritilgan. Al-Jazuliy Almeriya shahrida shunchalik ogʻir ahvolda ediki, oʻz qoʻli bilan koʻchirgan Al-Usul nusxasini sotishga majbur boʻlgan. Abu Muhammad ibn Ubaydulloh al-Hajriy al-Adaviy al-Andalusiy — al-Buxoriyning Sahihi boʻyicha dars bergan. Muhallab ibn al-Hasson ibn Barakat ibn Ali ibn Gʻayos ibn Salmon al-Muhallabiy an-Nahviy (Ibn Barriyning shogirdi) — al-Jazuliy undan nahv boʻyicha taʼlim olgan. Abu-Tohir as-Silafiy Abu Hafs Umar ibn Abu Bakr ibn Ibrohim at-Tamimiy as-Saadiy as-Saqaliy Abu al-Mansur Zofir al-Malikiy al-Usuliy — usul al-fiqhni oʻrgangan Abu Abdulloh ibn Ibrohim al-Jazoiriy — usul al-fiqhni oʻrgangan

Uning shogirdlari Ibn Muʼtiy az-Zavaviy — nahvchi, Alfiya asari muallifi. Abu Ali Umar ibn Muhammad ibn Umar ibn Abdulloh al-Azdiy ash-Shalubiniy al-Jazuliyning Qonun asarini sharhlar bilan tahrir qilgan. Alomiddin al-Qosim ibn Ahmad ibn al-Muvaffaq al-Luroqiy al-Andalusiy

Asarlari Sharh qosidat Banat Su’ad (Kaʼb ibn Zuhayrning „Bonat Suʼad“ qasidasi sharhi), nashrga tayyorlovchi — R. Basset (Jazoir, 1910) Al-Qonun (Al-Muqaddima al-Jazuliyya) — „Qonun“ yoki „Al-Jazuliyning Muqaddimasi“; nodir til birliklarini ilmiy, murakkab va ezoterik tasnifi (sharhlari bilan) bilan mashxur. Ibn Xallikon uni „gʻoyat asl, oʻziga xos asar“ deb atagan. Amaliy fi-n-nahv (nahv boʻyicha diktatsiyalar) Al-Fasr — „Sharh“; Abu al-Fath Usmon ibn Jinniyning al-Mutanabbiy devoniga yozgan sharhining qisqartirilgan varianti Ibn as-Sarrojjning 'Usul’iga sharh (nahv asari)

Izohlar

Manbalar

Turkum:Magʻriblik ulamolar Turkum:1146-yilda tugʻilganlar Turkum:1211-yilda vafot etganlar