Micropterigoidea — barchasi yagona Micropterigidae oilasiga joylashtirilgan, hozirda yigirmaga yaqin tirik avlodni oʻz ichiga oluvchi „jagʻli arxaik kuyalar“ superoilasi. Ular Lepidoptera turkumining hozirgi kungacha saqlanib qolgan eng qadimgi evolyutsion tarmogʻi hisoblanadi (Kristensen, 1999) hamda Zeugloptera kenja turkumidagi yagona superoiladir. Nomi yunoncha mikros — kichik va pterux — qanot soʻzlaridan kelib chiqqan. Lepidopteralar orasida oʻziga xos boʻlgan bu kuyalarning ogʻiz apparati xartum oʻrniga kemiruvchi tipda boʻlib, ular koʻplab oʻt oʻsimliklari, butalar va daraxtlar gullarining changlari bilan, koʻpincha katta toʻdalarda oziqlanadi. Ushbu guruhning qazilma qoldiqlari oʻrta–soʻnggi Yura davriga borib taqaladi; eng qadimgi maʼlum tur Qozog‘istondagi Karabastau Formation qatlamidan topilgan Auliepterix hisoblanadi.
Micropterigidae lichinkalari oʻziga xos ixtisoslashgan tana kutikulasiga ega boʻlib, unda ekzo- va endokutikula suyuqlik bilan toʻlgan, asalari uyasi shaklida joylashgan boʻshliqlar orqali ajralib turadi; har bir boʻshliq alohida epidermal hujayraga mos keladiMicropterigidae (Insecta: Lepidoptera). Fauna of New Zealand, page 18.
Avlodlar
Micropterix Hübner, 1825 Epimartyria Walsingham, 1898 Issikiomartyria Hashimoto, 2006 Kurokopteryx Hashimoto, 2006 Neomicropteryx Issiki, 1931 Palaeomicroides Issiki, 1931 Paramartyria Issiki, 1931 Vietomartyria Mey, 1997 Sabatinca Walker, 1863 Agrionympha Meyrick, 1921 Hypomartyria Kristensen & Nielsen 1982 Squamicornia Kristensen & Nielsen, 1982 Austromartyria Gibbs, 2010 Tasmantrix Gibbs, 2010 Zealandopterix Gibbs, 2010 Aureopterix Gibbs, 2010 Nannopterix Gibbs, 2010
Qirilib ketgan avlodlar
† Archmosaicus Zhang, Deng et Ren, 2020 Birma amberi, Myanma, Cenomanian † Auliepterix Kozlov, 1989 Karabastau Formation, Qozogʻiston, Callovian/Oxfordian Hotont Formation, Moʻgʻuliston, Aptian † Baltimartyria Skalski, 1995 Boltiq amberi, Eosen † Electrocrania Kuznetsov 1941 Boltiq amberi, Eosen † Moleropterix Engel & Kinzelbach, 2008 Fur Formation, Daniya, Ypresian † Palaeosabatinca Kozlov, 1989 Zaza Formation, Rossiya, Aptian † Parasabatinca Whalley, 1978 Livan amberi, Barremian, Crato Formation, Braziliya, Aptian † Terncladus Han, Zhang and Ren, 2024 Birma amberi, Myanma, Boʻr davri.
Manbalar
Adabiyotlar OʻToole, Christopher. 2002. Firefly Encyclopedia of Insects and Spiders. . Havolalar
Tree of Life Microleps AQSh Nearktikasi Watson, L., and Dallwitz, M. J. 2003 onwards. British insects: the families of Lepidoptera. Version: 29 December 2011 Qanot tomirlanishi haqidagi batafsil tavsif va rasmlar.
Turkum:Biologiya