Nuaym ibn Masʼud al-Gʻatafoniy () — paygʻambar Muhammadning sahobalaridan biri. Arabistonning shimoliy baland togʻliklaridagi Najd hududidan boʻlib, qudratli Gʻatafon qabilasiga mansub edi. Ilk bor paygʻambar Muhammad bilan Madina shahrida uchrashgan. Oʻsha paytda Abu Sufyon uni Madinaga yuborib, musulmonlarni Quraysh qoʻshini bilan jang qilmaslikka koʻndirish maqsadida Quraysh askarlari sonini boʻrttirib koʻrsatish vazifasini topshirgan. Bu voqea Uhud jangidan soʻng ikki tomon ham kelishib olgan ikkinchi Badr jangi bilan bogʻliq ediQadhi, Yasir. A Mercy to Mankind.

Hayoti Xandaq jangi Xandaq jangi chogʻida Nuaym paygʻambar Muhammadning huzuriga kelib, islomni qabul qilganini bildirib, oʻz xizmatlarini taklif qilgan. Nuaym oʻzining qabiladagi mavqeidan foydalanib, harbiy harakatlarda yordam berish uchun ijozat soʻragan. Paygʻambar Muhammad esa unga: „Urush — hiyladir“, — deb javob bergan. Shundan soʻng Nuaym juda uddaburon va samarali reja oʻylab topgan. U avval Banu Qurayza qabilasi huzuriga borib, ularni ittifoqchilar (Quraysh va Gʻatafon lashkarlari)ning asl niyati haqida ogohlantirgan. Uning taʼkidlashicha, agar qamal muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, ittifoqchilar yahudiylarni paygʻambar Muhammadning ixtiyoriga tashlab, oʻzlari ortga qaytib ketishdan zarracha tortinmaydilar. Shu sababdan Qurayza hamkorlik evaziga ittifoqchilarning rahbarlaridan bir nechtasini garovga berishni talab qilishi kerak edi. Bu maslahat shundogʻam Banu Qurayzaning koʻnglidan oʻtgan xavotirlarni yanada kuchaytirib yuborganWatt, Muhammad: Prophet and Statesman, pp. 167–174..

Soʻngra Nuaym ittifoq yetakchisi Abu Sufyonning huzuriga borib, Qurayza paygʻambar Muhammad tarafga oʻtib ketgani haqida ogohlantirgan. Uning taʼkidlashicha, yahudiy qabilasi goʻyoki hamkorlik evaziga ittifoqchilardan garovga odamlar soʻramoqchi, ammo aslida ularni Muhammad paygʻambarga topshirishni rejalashtirayotgan edi. Shuning uchun ham ittifoqchilar garovga birorta ham odam bermasligi kerak edi. Nuaym xuddi shu xabarni ittifoq tarkibidagi boshqa qabilalarga ham yetkazganLings, pp. 224–226..

Nuaymning rejasi ish bergan. Maslahatdan soʻng ittifoq yetakchilari Ikrima ibn Abu Jahlni Qurayza huzuriga yuborib, birgalikda Madinaga hujum uyushtirishni taklif qilgan. Biroq Qurayza qabilasi keyinchalik ittifoq aʼzolari ularni tashlab ketmasligiga kafolat sifatida garov talab qilgan. Ittifoqchilar esa garovga berilgan kishilar paygʻambar Muhammadning qoʻliga topshiriladi deb oʻylab, bu talabni rad etgan. Har ikki tomon oʻrtasida bir necha bor xabar almashingan, lekin har bir taraf oʻz fikrida qatʼiy turib olgan.

Abu Sufyon huzuriga Huyay ibn Axtabni chaqirib, unga Qurayzaning javobini maʼlum qilgan. Huyay bundan esankirab qolgan, Abu Sufyon esa uni xoin deb haqorat qilgan. Oʻz joni xavf ostida qolishidan xavfsiragan Huyay Banu Qurayza qalʼalari tomonga qochib ketganLings, pp. 221–223.Ramadan, In the Footsteps of the Prophet, pp. 137–145..

Badaviylar, Gʻatafon va Najddan kelgan boshqa ittifoqchilar paygʻambar Muhammad olib borgan muzokaralar tufayli allaqachon shubha va ikkilanishlar ichida qolgandilar. Ular ushbu yurishda islom diniga nisbatan qandaydir alohida adovat tufayli emas, balki, asosan, oʻlja qoʻlga kiritish umidida qatnashgan edilar. Ular gʻalaba qozonish imkoniyatlari kamaygani sayin qamalni davom ettirishga boʻlgan qiziqishlarini yoʻqotib, umidsizlikka tushdilar. Shundan soʻng ikkala ittifoqchi qoʻshin ham bir-birini ayblash va oʻzaro ishonchsizlik domida qolgan.

Ittifoqchi qoʻshinlarning oziq-ovqat zaxiralari tugab borardi. Otlar va tuyalar ochlik hamda jarohatlar sabab oʻla boshlagan. Bir necha kun davomida ob-havo ham juda sovuq va nam boʻlgan. Kuchli shamol oʻtovlardagi gulxanlarni oʻchirib yuborgan. Musulmonlarning qarorgohi esa kuchli shamoldan panada edi. Dushman chodirlari yirtilib ketgan, olov oʻchgan, qum va yomgʻir ularning yuzlariga urilar edi. Ular oʻzlariga qarshi bunday alomatlardan dahshatga tushgan, allaqachon ittifoq ichida janjal yuzaga kelgan edi. Nihoyat, tunda ittifoqchilar qoʻshini ortga chekingan, ertalabga kelib esa hudud dushman kuchlaridan toʻliq tozalangan ediLings, pp. 227f..

Manbalar

Turkum:Sahobalar