Keteriya — qadimgi Shri-Lankada qoʻllanilgan jangovar boltaning bir turi.
Keteriya bir tomoni oʻtkirlangan tigʻ va yogʻochdan tayyorlangan qisqa dastadan iborat boʻlgan. U odatda toʻgʻri dastali kichik bolta koʻrinishida boʻlib, foydalanuvchiga qurolni bir qoʻlda ishlatish imkonini bergan. Keteriya qurol sifatida ham, xoʻjalik asbobi sifatida ham ishlatilgan va u Shri-Lankaning qishloq hududlarida hozirgacha uchrab turadi.
Afsonalarga koʻra, keteriya mashhur jangchi va Shri-Lanka hukmdori Gajabahu Ining sevimli quroli boʻlgan. Shu sababli keteriya Shri-Lanka armiyasi tarkibidagi Gajaba polkining yorlig'ida ham aks ettirilgan.
Manbalar
Yana qarang
Tomgaon