Jacqueline Rose „Jacqui“ Freney(1992-yil 6-iyunda tugʻilgan) — avstraliyalik paralimpiada suzuvchisi. U 2012-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida ayollar oʻrtasida 400 m erkin usul S7 yoʻnalishida oʻzining yettinchi oltin medalini qoʻlga kiritib, Siobhan Patonning bir Oʻyinlar doirasida oltita oltin medal olish boʻyicha Avstraliya rekordini yangilagan. Freney oʻyinlarni sakkizta oltin medal bilan yakunlab, musobaqaning eng koʻp oltin sovrindoriga aylangan.
Hayoti va faoliyati
Jacqueline Rose Freney Kvinshlend shtatining Brisben shahrida tugʻilgan. U tugʻilishidanoq bolalar falajiga chalingan. Jacqueline 2008-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida ayollar oʻrtasida 50 m, 100 m va 400 m erkin usul S8 yoʻnalishlarida uchta bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2012-yilda London Paralimpiya oʻyinlarida u 100 m chalqancha S7, 50 m batterfly S7, 50 m erkin usul S7, 100 m erkin usul S7, 400 m erkin usul S7, 200 m kompleks SM7 hamda 4 × 100 m erkin usulda estafeta va 4 × 100 m kompleks estafeta bahslarida jami 8 ta oltin medalni qoʻlga kiritgan. Sportchi ayollar oʻrtasida 400 m erkin usulda S7 yoʻnalishida oʻzining yettinchi oltin medalini qoʻlga kiritib, Siobhan Patonning bir Oʻyinlar doirasida oltita oltin medal olish boʻyicha Avstraliya rekordini yangilagan. U Oʻyinlarni sakkizta oltin medal bilan yakunlab, musobaqaning eng koʻp medal qoʻlga kiritgan ishtirokchisiga aylangan.
Manbalar
Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Avstraliya sportchilari \