Sayf-ad-davlya Abu Jafar Ahmad III ibn Abd al-Malik al-Mustansir (; 5-fevral 1146-yil 5-fevralda vafot etgan) — Hudiylar sulolasining soʻnggi hukmdori. Sayf al-Davla („sulola qilichi“) nomi bilan ham mashhur boʻlgan. Bu nomning lotinchalashgan shakli Zafadola. Hozirgi Ispaniya hududidagi Rueda de Jalón qalʼasidan turib Saragosa tayfasini idora etgan. U Abd al-Malikning oʻgʻli boʻlgan.
1110-yilda Saragosa shahri Murobitlar tomonidan egallangach, Abd al-Malik va Sayf ad-Davla bosqinchilarga qarshilik koʻrsatish uchun Rueda qalʼasiga qochishadi. Qalʼada ularga Aragon qiroli Alfonso I yordam beradi. Keyinchalik ularning davlati faqat Rueda va Borja shaharlari hamda ularning atrofidagi yerlar bilangina cheklanib qoladi. 1130-yilda Abd al-Malik vafot etadi. 1131-yilda Sayf ad-Davla Leon qiroli Alfonso VII saroyiga elchilar yuborib, unga vassal boʻlish taklifini bildiradi. Alfonso VII yakuniy kelishuvlarni amalga oshirish uchun Ruedaga graf Rodrigo Martínez va qirol maslahatchisi Gutierre Fernández de Kastro boshchiligidagi elchilarni joʻnatadi. Shundan soʻng tayfa qiroli va uning oʻgʻillari Alfonso huzuriga borib, Ruedani unga topshirishadi hamda uning qaramogʻiga (vassalligiga) oʻtishadi. Alfonso oʻz navbatida Sayf ad-Davlaga Toledo qirolligidan hudud ajratib beradi va janubiy chegaraning bir qismini Murobitlardan himoya qilish vazifasini topshiradi.
Sayf ad-Davla Jaén, Granada va Mursiyada Murobitlarga qarshi jang qilgan. Keyinchalik jangchi Alfonso bilan ham toʻqnashdi. 1135-yilda Alfonso VII ning Leondagi imperatorlik toj kiyish marosimida qatnashgan. 1146-yilda janubiy chegarani himoya qilayotgan paytida, Alfonso VII unga yordamga oʻzining yetakchi ritsarlari — Manrique Pérez de Lara, Ponce Giraldo de Kabrera va Armengol de Urgellni yuboradi. Biroq, Chinchilla de Montearagón yaqinidagi Albasete jangida nasroniylar bilan kelib chiqqan nizo sabab Sayf ad-Davla halok boʻladi.
Adabiyotlar
Qoʻshimcha adabiyotlar
Manbalar
Turkum:Saragosa amirlari Turkum:Hudiylar Turkum:XI asr arablari Turkum:1146-yilda vafot etganlar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar