Bademlik masjidi () — XV asrda Turkiyaning Adirna viloyati markazida Amir Husayn Bey tomonidan qurdirilgan masjid. Yangi Imorat mahallasida joylashgan masjid Hıdırlık masjidi, Amir Husayn masjidi va Amir Shoh masjidi nomlari bilan ham tanilgan.
Bademlik masjidi tarhi, qurilish materiallari va uslubi, fasadining tuzilishi, bezaklari hamda minora joylashuvi jihatidan Adirna, Bursa, İznik, va Amasyada uchraydigan ilk Usmoniylar davri masjidlariga xos xususiyatlarni oʻzida aks ettiradi. Masjid tarhi kvadrat shaklda boʻlib, bitta gumbazga ega. Minora qurilishida bir qator yoʻnilgan tosh va uch qator gʻisht navbatma-navbat terilgan. Masjidning qibla va yon devorlarining har birida uchtadan deraza mavjud boʻlib, ikkitasi pastki qismda, bittasi yuqori qismda joylashgan.
Manbalar
Turkum:Adirnadagi masjidlar Turkum:Turkiyadagi gumbazli masjidlar Turkum:15-asrda qurib bitkazilgan masjidlar Turkum:Islom arxitekturasi