Quvayt xalqaro Qurʼon qiroat qilish musobaqasi — Quvayt Din ishlari vazirligi va Qurʼon qiroati boʻlimi tomonidan tashkil etiladigan xalqaro Qurʼon tilovati musobaqasi. Ushbu musobaqa keng jamoatchilik orasida „Quvayt Qurʼon mukofoti“ (Kuwait Quran Award) nomi bilan ham mashhur. Unda 60 ga yaqin mamlakat qatnashadi. Bellashuv 2009-yilda Quvayt hukumati tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan. Musobaqaning bosh homiysi va asosiy siymosi odatda Quvayt amiri boʻlib, gʻoliblarga mukofotlarni shaxsan uning oʻzi topshiradi. Marosim koʻpincha Quvaytdagi mashhur „Crowne Plaza“ mehmonxonasida boʻlib oʻtadi.
Tanlovning maqsadi Quvayt iqtisodiy jihatdan yuqori darajada rivojlangan davlatlardan biridir. Shu bois, mamlakat vaqf va maʼrifiy loyihalarga mablagʻ ajratib, musulmon olamida Qurʼon mazmun-mohiyatini keng targʻib qilishni oʻz zimmasiga olgan. Ushbu xalqaro musobaqani oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar quyidagilardan iborat:
Quvayt yoshlariga islom dini va Qurʼon taʼlimotini chuqur oʻrgatish;
Musulmon yoshlarni Qurʼon oʻqish hamda tilovat qilishga qiziqtirish, ularning qalbida islomiy eʼtiqod va tushunchalarni mustahkamlash;
Qurʼonni yod olish va chiroyli oʻqish boʻyicha sohamahsullik hamda sogʻlom raqobat muhitini yaratish;
Jamiyatda Qur’on oʻrganayotgan va uni toʻliq yod olgan qorilarga nisbatan hurmat koʻrsatish;
Quvaytning islomiy qiyofasini va uning musulmon olamiga xizmat qilishdagi oʻrnini koʻrsatish;
Butun dunyoda islom dini va musulmonlar rivojiga munosib hissa qoʻshayotgan shaxslarni eʼtirof etish hamda ragʻbatlantirish.
Yana qarang Indoneziya xalqaro Qurʼon musobaqasi Eron xalqaro muqaddas Qurʼon musobaqasi Tijan an-Nur xalqaro Qurʼon musobaqasi Dubay xalqaro muqaddas Qurʼon mukofoti Malayziya xalqaro Qurʼon musobaqasi Misr xalqaro Hefzul Qurʼon musobaqasi Liviya xalqaro muqaddas Qurʼon musobaqasi
Manbalar
Turkum:Qurʼonga oid chala maqolalar Turkum:Islom diniga oid chala maqolalar Turkum:Quvaytda islom Turkum:Xalqaro musobaqalar Turkum:Xalqaro Qurʼon qiroat qilish musobaqalari Turkum:Qurʼon qiroati