Avcılar markaziy katta masjidi () — Turkiyaning Istanbul shahri yaqinidagi Avcılar munitsipalitetida joylashgan masjid. Avval ham shu joyda masjid boʻlgan, biroq bino zilzilaga chidamli qilib qurilmagani sababli 2011-yil aprel oyida yopilib, buzib tashlangan va oʻrniga yangi masjid qurilgan.
Tarixi Eski markaziy masjid 1999-yilgi Izmitdagi zilzila oqibatida shikastlangan. Viloyat hukumati va shahar maʼmuriyati tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlardan soʻng binoni buzib, oʻrniga yangisini qurishga qaror qilingan. Qurilish ishlari 2013-yilda boshlangan. Masjid yertoʻlasi 2014-yilda ilk bor namoz oʻqish uchun ochilgan, majmuaning qurilish ishlari esa 2018-yilda yakunlangan. 2019-yil may oyida masjid Istanbul muftiysi Hasan Komil Yılmaz, uning oʻrinbosari Ömer Erden, Avcılar muftiysi Bekir Derin hamda sobiq sogʻliqni saqlash vaziri Mehmet Müezzinoğlu tomonidan rasman ochib berilgan.
Jihozlari Masjid qariyb 1500 m2 maydonda qurilgan boʻlib, bir vaqtning oʻzida 5000 nafar namozxonni sigʻdira oladi. Shuningdek, masjidda 500 kishiga moʻljallangan konferensiya zali va 150 kishilik seminar zali mavjud. Bino Avcılar madaniyat, sanʼat va ijtimoiy taʼlim jamgʻarmasi (AKSEV) tomonidan qurilgan, ichki jihozlash ishlari esa Istanbul shahar hokimiyati tomonidan moliyalashtirilgan.
Havolalar
Istanbul muftiyati idorasi Din ishlari boshqarmasi raisligi veb-saytida (turk tilida)
Manbalar
Turkum:Istanbuldagi masjidlar Turkum:Fatih Turkum:Turkiyadagi gumbazli masjidlar Turkum:2019-yilda qurib bitkazilgan masjidlar Turkum:2019-yilda qurib bitkazilgan diniy binolar va inshootlar