Shayxi Chalabiy masjidi () — Usmoniylar davrida bunyod etilgan masjid, Turkiyaning Adirna shahrida joylashgan. Qozi Bedrettin Mahmud afandining oʻgʻli Shayxi Chalabiy buyurtmasiga binoan bunyod etilgan.

Shayxi Chalabiy masjidi meʼmor Xoʻja Sinon tomonidan Salimiya masjidi qurilishidan soʻng bunyod etilgan. Qurilishning aniq sanasi nomaʼlum, biroq Rifat Usmon tomonidan yozilgan bir asarda masjid 1574-yilda qurilgani qayd etilgan. Otasi Bedrettin Mahmud tomonidan qurdirilgan Qozı Bedrettin masjidi 1540-yillarda bunyod etilgani inobatga olinsa, Shayxi Chalabiy masjidi XVI asr oxirlarida qurilgan boʻlishi mumkin.

Masjid kvadrat tarh asosida gʻisht va kesma toshlarni navbatma-navbat terish usulida qurilgan. Bolqon urushlari paytida masjid minorasi toʻpdan otilgan oʻq natijasida vayron boʻlgan. 1877–1878-yillardagi Rossiya–Turkiya urushi davrida esa masjid yonidagi madrasa binosi vayron qilingan.

Manbalar

Turkum:Adirnadagi masjidlar Turkum:Turkiyadagi gumbazli masjidlar Turkum:16-asrda qurib bitkazilgan masjidlar