Mateus Alberto Contreiras Gonçalves (Manucho nomi bilan tanilgan; 1983-yil 7-martda tugʻilgan) — angolalik sobiq professional futbolchi, hujumchi sifatida toʻp surgan.

Manucho 2008-yilning yanvar oyida „Petro Atletico“dan „Manchester United“ klubiga oʻtgan. Biroq „United“ safida oʻyin oʻtkazishi uchun Buyuk Britaniyada ishlash ruxsatnomasini olish bilan bogʻliq muammolar tufayli 2007–08-yilgi mavsumning qolgan qismiga Gretsiyaning „Panathinaikos“ klubiga ijaraga berilgan. Manucho 2008-yilning iyulida mavsumoldi mashgʻulotlari uchun „Manchester United“ tarkibiga qaytganidan koʻp oʻtmay ish ruxsatnomasini olgan va 2008-yil 23-sentyabrda Liga kubogi doirasida „Middlesbrough“ga qarshi uchrashuvda klub safida debyut qilgan. Biroq „Old Trafford“ stadionida asosiy tarkibda maydonga tushish imkoniyati kam boʻlganligi sababli, 2009-yil 16-yanvarda 2008–09-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida „Hull City“ jamoasiga oʻtgan. „Manchester United“ning asosiy tarkibidan joy ololmagan Manucho 2009-yilning iyul oyida „Real Valladolid“ klubi safiga borib qoʻshilgan.

Manucho Angola terma jamoasi aʼzosi boʻlgan va toʻrtta Afrika Millatlar kubogida jamoa sharafini himoya qilgan.

Faoliyati davomida muxlislari unga koʻplab laqablar bergan, ammo ularning eng mashhuri va u hozirga qadar taniladigani 2009-yilda „Real Valyadolid“ muxlislari tomonidan berilgan „El Ciola“ laqabidir.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angolalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Atlético Petróleos de Luanda futbolchilari Turkum:UE Cornellà futbolchilari Turkum:S.L. Benfica (Luanda) futbolchilari Turkum:Manchester United F.C. oʻyinchilari Turkum:Hull City A.F.C. futbolchilari Turkum:Panathinaikos F.C. futbolchilari Turkum:Real Valladolid futbolchilari Turkum:Rayo Vallecano futbolchilari Turkum:Bucaspor futbolchilari Turkum:Manisaspor futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:Segunda División futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Gretsiya Superligasi futbolchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:Angola milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:2008-yilgi Afrika Millatlar kubogi futbolchilari Turkum:2010-yilgi Afrika Millatlar kubogi futbolchilari Turkum:2012-yilgi Afrika Millatlar kubogi futbolchilari Turkum:2013-yilgi Afrika Millatlar kubogi futbolchilari Turkum:Angolalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Gretsiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar