Hoji Ahmad Dukat masjidi () — Bosniya va Gersegovinaning Livno shahrida joylashgan masjid majmuasi. Milodiy 1574-yilda Usmoniylar imperiyasi hukmronligi davrida qurib bitkazilgan. Asosan, Glavica () nomi bilan tanilgan. Masjid Livno shahrining eng taniqli meʼmoriy ramzlaridan biri boʻlib, Bosniya va Gersegovinaning milliy yodgorligi hisoblanadi.
Tarixi Masjid 1574-yilda qurilgan (ayrim manbalarda 1587-yil deb koʻrsatiladi). Bino Livno shahri tepaligida joylashgan boʻlib, undan eski shahar, Bistrica daryosi va Duman bulogʻi koʻrinib turadi.
Masjid majmuasi gumbaz bilan yopilgan ixcham asosiy bino va odatdagidan ancha past boʻlgan minoradan iborat. Masjid bunyod etilganidan qariyb 100 yildan keyin 1670–1680-yillar oraligʻida, ehtimol, 1659-yilda soat minorasi ham qurilgan. Hozirgi kunda soat minorasidan ham, masjiddan ham foydalaniladi. Majmua hududida 500 yillik nekropol mavjud boʻlib, unda Bosniya musulmonlariga xos qadimiy qabr toshlari hamda keyingi davrlarga oid qabr toshlari saqlanib qolgan.
2022-yil 25-aprelda masjidda Turkiya parlamenti raisi Mustafo Şentop ishtirokida iftorlik qilingan. Iftorlik uning Bosniya va Gersegovinaga ikki kunlik rasmiy tashrifi doirasida oʻtkazilgan.
Yana qarang
Bosniya va Gersegovinada islom Bosniya va Gersegovinadagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
Havolalar
Turkum:Usmoniylar imperiyasidagi 16-asr masjidlari Turkum:Yevropadagi soat minoralari Turkum:Bosniya va Gersegovinada gumbazli masjidlar Turkum:Bosniya va Gersegovinada minorali masjidlar Turkum:1570-yillarda qurib bitkazilgan masjidlar Turkum:Bosniya va Gersegovinadagi Usmoniylar masjidlari Turkum:1574-yilda qurib bitkazilgan diniy binolar va inshootlar Turkum:Bosniya va Gersegovinadagi sunniy masjidlar