Ilhom Anvarovich Suyunov (1983-yil 17-may, Oʻzbekiston SSR) — sobiq oʻzbek futbolchisi va himoyachisi. Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynaganhttps://www.transfermarkt.com/transfermarkt/profil/spieler/63618.
Professional faoliyatini 1999-yilda „Yangiyer“da boshlagan. 2002—2003-yillarda Muborakning „Mash’al“ klubida oʻynagan. 2004-yildan 2013-yilgacha Toshkentning „Paxtakor“ jamoasida oʻynagan.
Klub faoliyati 2004-2013 yillarda Suyunov Toshkentning „Paxtakor“ klubida oʻynagan. 2013-yilning 12-iyulida u „Paxtakor“ da 10 mavsum toʻp surganidan soʻng Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma imzoladi.
Xalqaro faoliyati 2006-yildan buyon Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynab kelmoqda. 2007-yilda u milliy terma jamoa safida sakkizta oʻyin oʻtkazdi.
Suyunov futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 21 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.
Yutuqlari
Paxtakor
Oʻzbekiston ligasi (5): 2004, 2005, 2006, 2007, 2012 Oʻzbekiston kubogi (6): 2004, 2005, 2006, 2007, 2009, 2011 MDH kubogi : 2007 Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finali (1): 2004
Lokomotiv
Oʻzbekiston Ligasi ikkinchi oʻrinchisi (1): 2013-yil
Faoliyat statistikasi
Miliiy terma jamoada gollar №SanaJoyRaqibHisobNatijaMusobaqa12007-yil 28-oktyabrTaypey, TayvanXitoy Taypeyi2-0Yutuq2010 FIFA Jahon chempionati saralashi
Manbalar
Havolalar National-football-teams.com saytidagi profili Statistika igrokov sbornoy Uzbekistana
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkaklar futboli himoyachilari Turkum:Yangiyer klubi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar