Nicolò Tresoldi (2004-yil 20-avgustda tugʻilgan) — germaniyalik futbolchi, Belgiya Pro-ligasining „Club Brugge“ klubida hujumchi sifatida oʻynaydi. Italiyada tugʻilgan boʻlishiga qaramay, u Germaniyaning 21 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
Yoshligi Sardiniyaning Kalyari shahrida tugʻilgan Tresoldi keyinchalik oilasi bilan Gubbio shahriga koʻchib oʻtgan. U yerda futbol va tennis bilan shugʻullana boshlagan va yakunda futbolni tanlagan. Uning otasi italiyalik, onasi esa asli italiyalik (bergamolik) boʻlgan argentinalikdir. Otasi ham futbolchi boʻlgan.
Tresoldi onasining ishi sababli 13 yoshida oilasi bilan Germaniyaning Hannover shahriga koʻchib oʻtishidan oldin, Italiyaning bir qator nufuzli klublaridan koʻrikdan oʻtish taklifini olgan edi. Shundan soʻng u „Hannover 96“ klubining yoshlar akademiyasiga qabul qilingan.
Terma jamoadagi faoliyati Tresoldi xalqaro uchrashuvlarda Italiya, Argentina yoki Germaniya terma jamoalaridan birining sharafini himoya qilish huquqiga ega.
2022-yil 25-oktyabrda Tresoldi Germaniyaning 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi safida Ispaniyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (0:1 hisobidagi magʻlubiyat) oʻz debyutini oʻtkazgan Shuningdek, Tresoldi 2025-yilgi 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi UEFA Yevropa chempionatida ham ishtirok etgan. Musobaqa davomida u hujum chizigʻida jamoadoshlari Nick Woltemade va Nelson Weiper bilan birgalikda toʻp surgan. U turnir davomida bitta gol urib, jamoasi bilan finalgacha yetib borgan, biroq hal qiluvchi bahsda uning jamoasi Angliyaga 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan.
Italiya 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmagach hamda Tresoldi „Bryugge“ safidagi debyut mavsumida 20 ta gol va sakkizta golli uzatmani oʻz hisobiga yozdirib qoʻygach, Julian Nagelsmann uni Germaniyaning Jahon chempionati uchun qaydnomasiga kiritishiga bir bahya qolgan. Murabbiy Tresoldi Germaniya terma jamoasiga foydasi tegishi mumkin boʻlgan klassik „toʻqqizinchi raqam“ ekanligini taʼkidlagan. Biroq, taktik sabablarga koʻra Nagelsmann undan koʻra boshqa hujumchilarni afzal bilgan va Tresoldining „vaqti hali kelishini“ qoʻshimcha qilgan.
Shaxsiy hayoti Tresoldi toʻrtta tilda — italyan, nemis, ingliz va ispan tillarida ravon soʻzlasha oladi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Germaniya yoshlar milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Germaniya 21 yoshgacha milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Italiyalik erkak futbolchilari Turkum:Germaniyaning mahalliylashtirilgan fuqarolari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:2. Bundesliga futbolchilari Turkum:Regionalliga futbolchilari Turkum:Belgiya Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Hannover 96 II futbolchilari Turkum:Hannover 96 futbolchilari Turkum:Club Brugge KV futbolchilari Turkum:Germaniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Belgiyadagi muhojir erkak futbolchilar