Hasan Maʼmun () (1894-yil 13-iyunda tugʻilgan; 1973-yil 19-mayda vafot etgan) – 1964–1969-yillarda Al-Azhar bosh imomi (yoki Shayx al-Azhar) boʻlgan. Undan avval esa 1955–1960-yillarda Misr bosh muftiysi lavozimida ishlaganSkovgaard-Peterson, pp. 193-194..

Hayoti va faoliyati Maʼmun 1894-yilda Misrning Qohira shahrida tugʻilgan. Otasi din ulamolarining yetakchi vakillaridan edi. Shu bilan birga, Abdin saroyidagi Fath masjidining imomi ham boʻlgan. Oʻsmirlik davrida Maʼmunga ham arab, ham fransuz madaniyati taʼsir koʻrsatgan va u al-Azhar universitetida tahsil olgan. 1918-yilda Qozilar maktabini (qozi – diniy sudya) tamomlaganSkovgaard-Peterson, p. 193.

Shundan soʻng u oʻz faoliyatini Misrning sharʼiy sudlarida qozi sifatida boshlagan va u yerda yaxshi natijalarga erishgan. Keyinchalik Sudanga oʻtkazilib, 1941-yilda u yerda bosh qozi etib tayinlangan. Biroq Sudanda Britaniya imperializmini keskin qoralagani sababli yana Qohiraga qaytarilib, 1952-yilgacha quyi instansiya sudlari raisi boʻlib ishlagan. 1952-yilda esa Oliy shariat sudi raisi etib tayinlangan. Oʻsha yili bir guruh armiya zobitlari qirol Faruk monarxiyasini agʻdarib, Misrda Britaniya mustamlaka taʼsiriga chek qoʻyish jarayonini boshlab berdi.

Bosh muftiy va bosh imom

Maʼmun 1955-yil 28-fevralda Misr hukumati tomonidan Ahmad Ibrahim Mugʻis oʻrniga Misr bosh muftiysi etib tayinlangan. Bu tayinlov davlat tomonidan shariat sudlarining tugatilishi va mamlakatdagi vaqf mulklarining davlat tasarrufiga oʻtkazilishi (milliylashtirilishi) davriga toʻgʻri kelgan va shu tariqa Maʼmun diniy masalalarda murojaat qilinadigan asosiy ulamolardan biriga aylangan. 1960-yil 19-iyunda u bu lavozimni tark etgan va uning oʻrnini Ahmad Muhammad Abdulharidiy egallagan. Bosh muftiy sifatida Maʼmun 11 992 ta fatvo chiqargan (yiliga oʻrtacha 2 398 ta). Bu Misr bosh muftiylari orasida qayd etilgan eng yuqori koʻrsatkichSkovgaard-Peterson, p. 194..

1961-yilda, Suriya bilan ittifoq (1958-yil fevral – 1961-yil sentyabr) davrida u Vaqf ishlari vazirligi tomonidan XX asrdagi fiqhga oid eng yirik toʻplam va tizimlashtirilgan asar boʻlmish Islom fiqhi ensiklopediyasini tuzish va tahrir qilish boʻyicha ulamolar kengashiga rahbar etib tayinlangan. Ensiklopediyani yakunlash jarayoni Maʼmunning vafotidan keyin ham, oʻn yillab davom etgan, biroq Maʼmun ushbu ensiklopediyaga shaxsan salmoqli hissa qoʻshgan.

1964-yil iyulda prezident Jamol Abdul Nosir Maʼmunni al-Azhar bosh imomi (Shayx al-Azhar) etib tayinlaydi. Bosh imom sifatida, u avgust oyida chiqargan fatvosida, agar qoʻllanilayotgan usul halol boʻlsa va sharoit buni tazozo etsa, homiladorlikdan saqlanish islom huquqiga zid emasligini bildirgan. Ushbu qarorni insoniyat uchun xavf boʻla boshlagan aholining haddan tashqari koʻpayib ketishi (tashvishlari) fonida qabul qilgan.Atighetchi, p. 72.. Maʼmun sotsializmni islom taʼlimoti deb taʼriflaydigan fatvo chiqarishdan bosh tortgan va din alohida mafkuralardan xoli, biroq muayyan mafkuraviy tamoyillar yoki usullarga ruxsat berishi yoki ruxsat bermasligi mumkinligini taʼkidlaganAbdel-Fattah, Moataz-Bellah. What kind of grand imam is he? . Al-Ahram Weekly. 2010-04-10. Retrieved on 2013-08-11..

Maʼmunning sogʻligʻi yomonlashishi sababli 1969-yilda al-Azhardan isteʼfoga chiqqan. 1973-yilda vafot etgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1894-yilda tugʻilganlar Turkum:1973-yilda vafot etganlar Turkum:Al-Azhar universiteti bitiruvchilari Turkum:Misrlik huquqshunoslar Turkum:Al-Azharning bosh imomlari Turkum:Misr bosh muftiylari