Padang shahri masjidi, shuningdek, Hind musulmonlari masjidi nomi bilan ham tanilgan, Malayziyaning Perak shtati Ipoh shahri Jalan S. P. Seenivasagam koʻchasida joylashgan.
Tarixi Masjid ibodat qilish uchun joyi boʻlmagan hanafiylik mazhabiga mansub hind-tamil musulmonlari uchun qurilgan. Inshoot 1908-yil aprel oyida oʻtkazilgan tantanali marosimda ochilgan.
Masjidni qurish uchun yer va bino qiymatini qoʻshib hisoblaganda taxminan 25,000 dollar sarflangan. Ushbu mablagʻning 20,000 dollari boy tadbirkor va Kinta gazlangan suv ishlab chiqarish korxonasi egasi M. Shayx Adam tomonidan ajratilgan, qolgan qismi esa hukumat va boshqa homiylar tomonidan taqdim etilgan. M. Shayx Adam 1880-yillarning oxirida Perakka kelib, dastlab tikuvchining yordamchisi boʻlib ishlagan. 1890-yillarning oxirida esa Ipoh shahrida oʻz biznesini yoʻlga qoʻygan. U boshqa diniy muassasalarga ham katta miqdorda xayriya mablagʻlari ajratgan. Shayx Adam 1912-yilda Taiping shahrida vafot etgan.
Yashil va oq ranglarda bezatilgan, kvadrat shaklidagi masjid Boburiylar meʼmorchiligi uslubida qurilgan boʻlib, inshootning meʼmoriy koʻrinishida koʻp yaproqli ravoqlardan foydalanilgan.
Manbalar
Turkum:Perakdagi masjidlar Turkum:1908-yilda qurib bitkazilgan masjidlar Turkum:Perakdagi binolar va inshootlar Turkum:Perakdagi diniy binolar va inshootlar