Adham Mohammad Tumah Makhadmeh (; 1987-yil 13-fevralda tugʻilgan) — iordaniyalik futbol hakami, 2013-yildan beri FIFAning xalqaro hakamiFIFA. „Jordan: Referees“ .. Adham 2017-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi finalining birinchi oʻyinini boshqargan va 2026-yilgi Jahon chempionati finalida 4-hakam boʻlgan.

2026-yildan boshlab, hakamlik faoliyatidan tashqari, u Iordaniyaning Engicon konsalting kompaniyasida Gʻarbiy Irbid oqova suv tarmogʻi loyihasida rezident muhandis boʻlib ishlaydi.

Yoshligi Adham Makhadmeh 1987-yili Irbid shahrida dunyoga kelgan. Uning otasi iordaniyalik, onasi esa bosniyalik. Uning ota-onasi, otasi Sarayevoda tahsil olayotgan paytda tanishgan va 1974-yilda Iordaniyaga koʻchib oʻtishgan. Otasi qurilish muhandisi, onasi esa gimnastika sportchisi boʻlgan. Shuningdek, Makhadmehda Bosniya fuqarolik pasporti ham bor. Oilada undan tashqari sakkiz nafar farzand — besh aka-uka va uch opa-singil bor.

1990-yillarda oʻzi tugʻilib oʻsgan Irbid shahrida yashagan Adham yoshligidanoq ibodatga berilgan boʻlib, mahalliy masjidda namozxonlar uchun azon chaqirgan va hatto ularga imomlik qilib, namoz oʻqib bergan. Uning ona tomondan bobosi ham Sarayevodagi masjidlardan birida shayx boʻlib xizmat qilgan va 1992-yilgi Bosniya urushi paytida masjidga snaryad kelib tushishi oqibatida halok boʻlgan.

2002-yilda Adhamning opalaridan biri Nuhad Yarmuk universitetida jismoniy tarbiya yoʻnalishi boʻyicha oʻqishni boshlagan. Bu davrda Adham besh oy davomida hakamlik kurslarida qatnashish uchun opasi bilan birga Ammanga borib kelib yurgan. Adhamni opasi Nuhad 2002-yil noyabr oyida akkreditatsiyadan oʻtgan va Amman klubi, Pravoslav klubi va Iordaniya yoshlar klubi kabi turnirlarda qatnasha boshlagan. Nuhad Adhamning hakamlikka boʻlgan ilk qiziqishini u bilan takroriy safarlari bilan bogʻlaydi. Keyinchalik Adham 2004-yilda hakamlik kursiga oʻqishga kirgann, shundan soʻng 2005-yilda 18 yoshida Iordaniya futbol assotsiatsiyasi tomonidan hakam sifatida akkreditatsiyadan oʻtgan.

Hakamlik faoliyatidan tashqari, Makhadmeh 2010-yilda Iordaniya fan va texnologiya universitetini qurilish muhandisligi yoʻnalishi boʻyicha tamomlab, bakalavr darajasini olgan. 2026-yil holatiga koʻra, u Ammanda joylashgan „Engicon“ muhandislik kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan „Gʻarbiy Irbid oqova suv tarmogʻi“ loyihasida doimiy muhandis boʻlib ham ishlaydi.

Hakamlik faoliyati

Makhadmeh sportdagi faoliyatini 2007-yilda Iordaniya futbol assotsiatsiyasida yordamchi hakam sifatida boshlagan va keyinchalik „Vehdat“ hamda „Yarmouk“ futbol klublari oʻrtasidagi uchrashuvda ilk bor bosh hakamlik qilgan. Oʻshandan beri u FIFA Jahon chempionatida hakam sifatida ishtirok etishni maqsad qilib, bir nechta hakamlarni tayyorlash kurslarida qatnashgan. 2013-yilda Makhadmeh belgilangan minimal yosh chegarasi — 25 yoshga toʻlgach, FIFA xalqaro hakami koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

2014-yilga kelib, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (AFC) uni elita hakamlari qatoriga kiritgan. Yuqori darajali hakamlar qatoriga kirish keyinchalik unga 2017-yilgi AFC Chempionlar Ligasi finalining „Al Hilal SFC“ va „Urava Red Diamonds“ oʻrtasidagi birinchi oʻyinini boshqarish imkonini bergan. Makhadmeh va iordaniyalik hakamlar jamoasi 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun Osiyoning oltita hakamlik oʻrinlaridan biri uchun kurashdilar, ammo yettinchi oʻrinni egalladilar. Keyinchalik u 2020-yilda Tokioda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarining ochilish oʻyinini va 2025-yilgi FIFA klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatining baʼzi oʻyinlarini boshqargan.

2026-yil aprel oyida Makhadmeh Shimoliy Amerikada boʻlib oʻtgan 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatiga hakam etib tayinlangan hamda turnirda ikki nafar iordaniyalik yordamchi hakam bilan birgalikda faoliyat olib borgan. U turnirdagi ilk uchrashuvini 15-iyun kuni "H" guruhidan oʻrin olgan Ispaniya va Kabo-Verde terma jamoalari oʻrtasidagi bahsda boshqardi. Shuningdek, u final uchrashuviga toʻrtinchi hakam etib tanlandi.

Shaxsiy hayoti Makhadmeh oilali, uning uch oʻgʻil va bir qizi bor. U tabiat qoʻynida boʻlishni hamda sport turi sifatida ov qilishni yoqtiradi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Iordaniyalik futbol hakamlari Turkum:2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbol hakamlari Turkum:AFC Osiyo Kubogi 2023 hakamlari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 hakamlari