Google Maps (oʻzbekcha: Google xaritalari) — bu Google kompaniyasi tomonidan maps.google.com manzilida taqdim etilgan bepul kartografik xizmat hamda tegishli texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan dasturiy ilovalar toʻplamidir.
Google Maps butun dunyo, shuningdek, Oy va Mars sayyoralarining xaritalari hamda sunʼiy yoʻldoshdan olingan tasvirlarini oʻz ichiga oladi.
Bundan tashqari, xizmat Amerika Qoʻshma Shtatlari, Kanada, Yaponiya va boshqa yirik mamlakatlar shaharlarining biznes-maʼlumotlarini hamda avtomobil yoʻllari xaritalarini taqdim etadi.
Yana qarang
OpenStreetMap Yandeks xaritalari
Turkum:Xaritalar