Auto Bild Suomi — avtomobillarga ixtisoslashgan, ikki haftada bir marta nashr etiladigan jurnal boʻlib, Germaniyaning Auto Bild jurnalining fin tilidagi nashri hisoblanadi. Jurnal Sanoma Magazines Finland tomonidan 2003-yildan buyon mavjud, uning ilk soni 2004-yil 12-martda chop etilgan. Jurnal har ikki haftada bir marta nashr etiladi va 18–49 yoshdagi erkaklar uchun moʻljallangan. Unda avtomobil xarid qilish va undan foydalanish boʻyicha maʼlumotlar, shuningdek, yangi avtomobil modellari sinovlari va ularning qiyosiy tahliliga bagʻishlangan maqolalar beriladi.

2005-yilda Auto Bild Suomi jurnali bosh qarorgohi Helsinkida joylashgan Fokus Media Finland kompaniyasi tomonidan sotib olingan.Jurnalning bosh muharriri — Pekka Kaidesoja .

Manbalar