thumb|250px|right|Arab mamlakatlari va Isroil. Arab-Isroil ziddiyati ( , ) tushunchasi oʻz ichiga qariyb bir asrlik siyosiy va harbiy qarama-qarshiliklarni oladi. Ziddiyat zamirida sionist harakatlar paydo boʻlishi hamda panarabchi va panislomchilar nuqtai-nazaridan arab-musulmon yerlari, yahudiylar tomonidan esa vatan hisoblanmish hududda Isroil davlati tuzilishi bilan bogʻliq muammolar yotadi.
Usmonlilar imperiyasi yemirilishidan soʻng hudud talashish maqsadidagi siyosiy qarama-qarshilik sifatida boshlangan bu ziddiyat yillar oʻtishi bilan keng miqyosli Arab-Isroil ziddiyatidan kichikroq, mintaqaviy miqyosdagi Isroil–Falastin mojarosiga aylandi; biroq hamon arab va qisman musulmon mamlakatlari Isroil davlatiga nisbatan dushman kayfiyatdadirlar.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Urushlar Turkum:Yaqin Sharq tarixi Turkum:Zamonaviy tarix