Green Street Hooligans (ingl. Green Street koʻchasi bezorilari) 2005-yili ekranlarga chiqqan va Angliyadagi futbol bezoriligi haqida hikoya qiluvchi badiiy filmdir. Rejissor — Lexi Alexander, bosh rollarda — Elijah Wood hamda Charlie Hunnam. Film shuningdek Green Street, Hooligans, Football Hooligans kabi ismlar ostida ham maʼlumdir. Ssenariy muallifi sobiq bezori, endilikda esa yozuvchi Dougie Brimsondir. Syujeti Muxbirlikka oʻqiyotgan Matt Buckner xonasidan kokain topilib, u Harvard Universitetidan haydaladi (aslida kokain uning xonadoshi Jeremy Van Holdenniki edi, biroq uning otasi yuqori mansabli amaldor boʻlib, obroʻini yoʻqotishdan qoʻrqqani uchun, ishni bosdi-bosdi qilib yuboradi). Matt Buyuk Britaniyaga, singlisi Shannon va pochchasi Steve Dunham bilan vaqtincha yashashga ketadi. U yerda u Stevening ukasi Pete — ashaddiy futbol bezorisi, West Ham United jamoasi muxlisi bilan tanishadi. Avvalboshda Petega yoqmagan Matt keyinchalik u va uning ogʻaynilari bilan yaqin doʻst tutinadi, futbol va bezorilar hayotiga oʻralashib, klublararo matchlardan soʻng boshqa klublar muxlislari bilan mushtlashib, ularni yaqindan oʻrganadi.

Film davomida koʻplab dramatik sahnalar boʻlib oʻtadi. Matt Amerikaga qaytadi va Jeremyga kokainbozligini tan oldiradi. U bilan suhbatni tasmaga yozib olgan Matt Harvardga qaytishini aytadi.

Rollarda Aktyor Rol Elijah Wood Matt Buckner Charlie Hunnam Pete Dunham Leo Gregory Bovver Claire Forlani Shannon Buckner Dunham Marc Warren Steve Dunham Ross McCall Dave Rafe Spall Swill Kieran Bew Ike Geoff Bell Tommy Hatcher James Allison Benn Dunham Terence Jay Jeremy Van Holden Scott Christie Millwall Lad/Ricky Joel Beckett Terry Tom Vloothuis Firm Member Havolalar Rasmiy sayti IMDb sahifasi

Turkum:2005-yil filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSh filmlari Turkum:Buyuk Britaniya filmlari Turkum:AQSh dramatik filmlari Turkum:Sport haqidagi AQSh filmlari Turkum:Rejissyorlar debyut filmlari Turkum:Universal Pictures filmlari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar