250px|thumb|right|Plzen shahri 150px|thumb|right|Plzen shahri gerbi

Plzen (chex. Plzeň, nem. va ingl. Pilsen) – Chexiyadagi shahar, Bero-unka daryosi boʻyida. Aholisi 171 356 kishi (atrofidagi tumanlar bilan 225 000 ga yaqin). Chexiyaning 4-yirik shahri (Praga, Brno va Ostravadan keyin). Mamlakatning yirik transport yoʻllari tuguni va muhim sanoat markazi. Ogir mashinasozlik rivojlangan. AES uchun jihozlar ishlab chiqarish, elektrotexnika, lokomotiv va vagonsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Badiiy galereya bor. Plzenga 1292-yilda asos solingan. 14— XV asrlarda yirik hunarmandchilik va savdo shahri boʻlgan. XIV—XVIII asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Plzen oʻzining "Škoda Holding" avtomobilsozlik sanoati va pivosi (Pilsner Urquell, Gambrinus) bilan tanilgan. Shuningdek, koʻp tarixiy bino va inshootlar mavjud.

Tarixi Tarixiy yodgorliklari

Shahar markazidagi gotik uslubda 1292-yilga qurilgan Bartolomney cherkovi. Balandligi 102 metr boʻlib, gʻarbiy Chexiyadagi eng baland cherkovdir. 1300-yilda barbo etilgan Frantishkan monastiri Jozef Tyl teatri 1893-yilda qurib bitkazilgan Yahudiy Sinagogasi. Kattaligi boʻyicha dunyoda 3-oʻrinda (Nyu-York va Budapesht sinagogalaridan keyin) turadi. Uzunligi 17,5 km boʻlgan Plzen tarixiy yer osti yoʻllari Gʻarbiy Chexiya muzeyi

Transport tizimi

Shaharda markaziy temir yoʻl vokzali bor. Shuningdek, shahar yoʻlovchi tashish transport turlaridan avtobus, trolleybus va tramvay mavjud.

Plzenning mashhur shaxslari

Petr Chex, futbolchi, darvozabon Pavel Nedved, futbolchi Peter Grunberg, fizik, Nobel mukofoti sovrindori Katerjina Emmons, oʻq otish boʻyicha olimpiada va jahon chempioni

Havolalar Plzen shahar rasmiy veb sayti The University of West Bohemia in Pilsen (UWB) SHAHAR BOʻYLAB VIRTUAL SAYOHAT Shahar jamoat transporti veb sahifasi

Manbalar

Turkum:Chexiya shaharlari Turkum:Alifbo boʻyicha shaharlar