Anvar Joʻrayev (31-oktyabr, 1979, Uchquduqda tugʻilganParvoz zavqi. "Sahar" guruhi solisti turmush o`rtog`ining qanday iltimosidan so`ng O`zbekistonga qaytdi, Sevimli TV YouTube), oʻzbek rok qoʻshiqchisidir. Oʻzbek, rus va ingliz tillarida qoʻshiqlar ijro etadi. Sahar guruhi frontmeni (vokalisti).

Ijodi Anvar Joʻrayev 1999-yilda Sahar guruhini tuzib, shu guruhda ijod qilib kelmoqda. Sahar guruhining „Meni izlama“, „Yomgʻir“ deb nomlanga qoʻshiqlari, oʻz vaqtida xit-paradlarda yuqori oʻrinlarni olgan va hozir ham guruh muxlislarining eng sevimli qoʻshiqlaridan hisoblanadi.

2002-yilda zamonaviy sanʼatga qoʻshgan oʻz hissasi uchun „Nihol“ mukofoti sohibi boʻlgan. 2004-yildan beri Anvar Joʻrayev oʻz guruhi bilan Qozogʻistonda ijod qilmoqda.

Filmografiya Filmlar Yil Film nomi Rol 2005 Sarvinoz Anvar

Diskografiyasi „Orzu“ — 2000 „Oʻsha sizmi?“ — 2003 „Albom № 3“ - 2009

Manbalar

Havolalar Rasmiy sayti

Turkum:Musiqachilar Turkum:1979-yilda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak qoʻshiqchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar