Isfara (, ) — Tojikiston Respublikasining Sugʻd viloyatidagi shahar (1952-yildan). Isfara tumanining maʼmuriy markazi. Isfara daryosi boʻyida, Turkiston tizmasi yon bagʻrida. Konibodom — Shoʻrob yoʻnalishidagi temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 45 ming kishidan ziyod (2013-yil oʻrtalari).

Sanoati Shaharda gidrometallurgiya, yorugʻlik texnikasi jihozlari, mineral boʻyoqlar zavodlari, meva, goʻsht konservasi, qurilish materiallari kombinatlari, tarix-oʻlkashunoslik muzeyi bor.

Tarixiy obidalari Isfara XVI asrdan maʼlum. Isfara yaqinida Abdullaxon masjid namozgohi (XVI asr), Qalʼai-Bolo oʻrta asr qalʼasining qoldiqlari, Chorsu qishlogʻida Hazrati Bobo maqbarasi (X—XII asrlar) saqlangan. X asr manbalarida faqat Isfara viloyati haqida maʼlumotlar uchraydi. IX—X asrlarda Istaxrip shu viloyatdagi konlardan koʻmir qazib olinganligi va taxminan 180 kg koʻmir bir dirhamligini yozgan. Bobur davrida esa (XVI asr) Isfara Fargʻona vodiysidagi 8 ta yirik shaharning biri sifatida qayd etilgan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Havolalar Исфара - Проект по подключению школ Таджикистана к Интернету Исфаринский Портал Исфара - город цветущих садов Исфара На таджикском языке, более подробная информация

Turkum:Tojikiston shaharlari Turkum:Oʻrta Osiyoning qadimiy shaharlari Turkum:Isfara tumani aholi punktlari