Gruziya yoki Gurjiston, rasman Gruziya Respublikasi ( [sɑkʰɑrtʰvɛlɔ], Sakartvelo) — Kavkazortining markaziy va gʻarbiy qismlarida, Qora dengizning sharqiy qirgʻoqida joylashgan mamlakat. Qisman Sharqiy Yevropaning eng chekka janubi-sharqiy qismida, qisman Yaqin Sharqning shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Umumiy maydoni 69 700 km². Aholisining umumiy soni 3 729 500 kishi (2015). Poytaxti — Tbilisi shahri.

Shimolda Rossiya, janubda Armaniston, janubi-gʻarbda Turkiya, sharqda va janubi-sharqda Ozarbayjon bilan chegaradosh. Gruziya maʼmuriy hududiy boʻlinish boʻyicha 2 ta muxtor respublika va 10 ta viloyatdan iborat (). Ushbu muxtor respublikalar va viloyatlar 59 ta munisipalitetga boʻlingan. 4 ta shahar: Batumi, Kutaisi, Poti va Rustavi viloyatlar huquqiga ega. Gruziya hududiga kiruvchi 2 ta muxtor respublika: Abxaziya va Janubiy Osetiya de-fakto qisman tan olingan mamlakatlar hisoblanadi va ushbu respublikalar hududlari Gruziya tomonidan de-fakto boshqarilmaydi. Ushbu hududlar Gruziya, AQSH, YXHT Parlament Assambleyasi va Yevropa komissiyasi tomonidan Rossiya okkupatsiyasidagi Gruziya hududlari deb tan olingan.

Nomlanishi Ushbu mamlakatning nomi gruzin tilida — საქართველო (Sakartvelo deb oʻqiladi va talaffuz qilinadi). Ushbu nom tarixiy Katli viloyatiga borib taqaladi. Koʻp tillarda, shu jumladan rus va oʻzbek tillarida keng tarqalgan Gruziya soʻzi qadimgi Gurjan soʻzidan kelib chiqqan. Gurjan soʻzi arab, fors, suryoniy va boshqa tillardagi tarixiy qadimiy qoʻlyozmalarda uchraydi. Ushbu soʻz, arab va fors tillaridagi gurj (Gurjiston — boʻrilar mamlakati) soʻzi orqali paydo boʻlganGuram Gumba. Znachenie terminov „Gruziya“ i „Sakartvelo“ v srednevekovix istochnikax. Yevropa va Amerikada keng tarqalgan Georgia (Jorjiya) soʻzi olimlar tomonidan katta ehtimol bilan Avliyo Georgiy nomidan kelib chiqishi aytiladiPeradze, Gregory. „The Pilgrims' derivation of the name Georgia“. Georgica, Autumn, 1937, nos. 4 & 5, 208—209. Ushbu mamlakatning oʻzbek tilidagi nomlanishi katta bahs va munozaralarga boy. Oʻzbek tilida ushbu mamlakatning ikki xil nomlanishi mavjud: Gruziya va Gurjiston. Oʻzbek tilidagi kitoblar, jurnallar, gazetalar, televideniye va radioda asosan Gruziya atamasi keng qoʻllanib kelinadi. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasida ham ushbu mamalakatning nomi Gruziya deb belgilangan. Gurjiston atamasi asosan baʼzi oʻzbek shoirlari va yozuvchilari orasida, shuningdek Oʻzbekiston hududidan tashqaridagi oʻzbek tilidagi baʼzi OAVlarda tarqalgan.

Davlat tuzumi thumb|200px|Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Gruziya — demokratik respublika. 1995-yilda qabul qilingan konstitutsiyaga binoan davlat va ijroiya hokimiyat boshligʻi — prezident (2018-yil 16-dekabrdan Salome Zurabishvili). U aholi tomonidan umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi oliy hokimiyat — parlament.

Tabiati 300px|thumb|left|Gruziyaning fizik xaritasi Gruziya tabiati xilma-xil. Hududi baland va oʻrtacha balandlikdagi togʻlar, tepalik, pasttekislik, yassitogʻlik va platolardan iborat. Respublikaning shimoli Katta Kavkaz (gurjincha: Kavkasioni)ning oʻrta qismi bilan band. Gruziyaning eng baland nuqtasi — Shhara togʻi (5068 m). Katta Kavkazning Gruziyadagi gʻarbiy qismida karst relyef shakllari uchraydi. Sharqida yosh vulkan togʻlari bor. Katta Kavkazning janubdagi Kolxida va Iveri tekisliklarini Lix tizmasi ajratib turadi. Yana ham janubroqda Kichik Kavkazning Gruziya qismidagi oʻrtacha togʻ (2850 m) tizmalari kenglik boʻylab choʻzilib yotadi. Respublikaning eng janubiy chekkasi vulkan togʻligi (Didi-Abuli togʻi, 3301 m) bilan bandOcherki istorii Gruzii. T. I. Glava 1. Gruziya. Fiziko-geograficheskiy obzor. D. A. Xaxutayshvili.

Iqlimi Iqlimi subtropik iqlim bilan moʻtadil iqlim orasida. Kolxida pasttekisligida dengiz sathidan 500 – 600 m balandlikkacha nam subtropik iqlim (yanvarda harorati 5 — 7 °C) boʻlib, yogʻin koʻp yogʻadi (1200 – 2600 mm). Iveri botigʻida yanvarning oʻrtacha harorati — 2 °C dan —3 °C gacha, qish bilan yoz harorati oʻrtasida tafovut kattaAgency of Protected Areas, yogʻin kamroq (300 – 800 mm). Eng issiq oy — avgust harorati 23 °C — 26 °C. Gruziyaning janubdagi togʻlikda iqlim ancha kontinental boʻlib, qishi qattiq sovuq, ozroq qor yogʻadiKavkazskiy uzel.

Foydali qazilmalari Foydali qazilmalardan marganes rudasi (Chiatura koni), toshkoʻmir (Tkibuli, Tkvarcheli) va neft (Kolxida va Tashqi Kaxeti), Katta Kavkazda nodir metall, polimetall va surma-mishyak konlari bor. Qurilish materiallari (marmar, slanes, sement xom ashyosi va boshqalar) deyarli hamma joyda uchraydi.

Ichki suvlari 300px|thumb|Aragvi Gruziya oʻzining xilma-xil maʼdanli suvlari bilan ajralib turadi; bu jihatdan dunyoda yetakchi oʻrinlarni egallaydi. Maʼdanli suvlar kimyoviy tarkibi boʻyicha gidrokarbonatli, xloridli, sulfatli va aralash guruhlarga, gaz miqdorining boʻlishiga qarab karbonat angidridli va nokarbonat angidridli turlarga boʻlinadi. Eng mashhur maʼdanli suvlari: Borjomi, Sairme, Nabeglavi, Zvare, Dzau, Lugela va boshqalar. Gruziya daryolari Qora va Kaspiy dengizlari havzasiga mansub. Kura Kaspiyga, Rioni, Inguri, Kodori va boshqalar. Qora dengizga quyiladi. Gruziya gidroenergiya resurslariga boy. Gruziyada koʻl kam. Eng kattasi — Paravani (maydoni 37 km2); Ritsa (chuqurligi 116 m) va Amtkel (chuqurligi 72 – 122 m). Tabatskuri, Palestomi va boshqa koʻllarda baliq ovlanadi.

Tuproqlari Gruziyada qizil, sariq, qora, qoʻngʻir, jigarrang va kul tus-jigarrang tuproqlar uchraydi. Togʻ oʻrmonlarida qoʻngʻir oʻrmon tuproq, togʻ oʻsimliklari oʻsadigan joylarda — togʻ-oʻtloqi tuproq. Kolxida pasttekisligida botqoq va sargʻish kulrang podzol tuproqlar katta maydonni egallaydi.

Oʻsimliklari Gruziyada 4500 turdan koʻproq gulli va 10000 ga yaqin sporali oʻsimlik bor. Relikt va endemik oʻsimliklar (dioskoreya, pontiya va Kavkaz rododendronlari, shamshod, lavr-olcha, xurmo va b.) koʻp. Maydonining 2/5 qismi oʻrmon. Togʻ oʻrmonlarida eman, grab, kashtan, qoraqayin, togʻlarning yuqori mintaqalarida qaragʻay, oqqaragʻay, qoraqaragʻay oʻsadi. Oʻrmonlarning yuqori chegarasidan 2800 – 3500 m balandlikkacha togʻ oʻtloqlari uchraydi.

Hayvonlari Katta Kavkazning oʻtloq mintaqasida togʻ echkilari — serna, bezoar echkisi, togʻ takasi, qushlardan Kavkaz togʻ kurkasi (ular), oʻrmonlarda qoʻngʻir ayiq, asil bugʻu, elik, silovsin uchraydi. Umuman Gruziyada sut emizuvchilarning 100 ga yaqin turi, qushlarning 330, sudraluvchilarning 48 va baliqlarning 160 ga yaqin turi mavjud. Tbilisi tabiiy milliy bogʻi, qoʻriqxonalar bor.

Aholisi 2015-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, Gruziya aholisining umumiy soni 3 729 500 kishini tashkil etadi. 2014-yilda ushbu koʻrsatkich 4 483 800 kishini (Abxaziya va Janubiy Osetiya hisobga olinmagan) tashkil etgan edi. 2002-yilgi butun davlat aholi sonini sanashda, Gruziya aholisi soni 4 369 579 kishini tashkil etgan edi. 1 km2da aholining oʻrtacha zichligi — 65 kishini tashkil etadi. Aholining 60% koʻprogʻi shaharlarda istiqomat qiladi.

Mamlakat aholisining asosiy qismini (83,5%) gruzinlar (gurjlar) tashkil etadi. Aholining 6,7% ozarbayjonlar, 5,7% armanlar, 1,9% ruslar tashkil etadi. Qolgan milliy ozchiliklar: osetinlar, abxazlar, yezidlar, yunonlar, chechenlar, ukrainlar va boshqalar. Gruzinlarning 1,6 millioni (butun gruzinlarning 27%zi) Gruziya hududidan tashqarida yashaydi.

Gruziya davlat tili gruzin (gurj) tili. Ushbu til mamlakatdagi eng keng tarqalgan til hisoblanadi. Ozarbayjon, arman va rus tillari ham mamlakatda keng tarqalgan. Soʻngi yillarda ingliz tili ham ommabop tillardan biriga aylandi.

Eʼtiqod boʻyicha aholining asosiy qismini gruzin pravoslavlari tshkil etadi. Shuningdek mamlakatda protestantlar va lyuteranlar, katoliklar va musulmonlar mavjud.

Tarixi 230px|thumb|Irakliy II Arxeologik qazilmalar bu yerda odam paleolit davridan boshlab yashab kelayotgani haqida maʼlumot beradi. Neolit davrida Gruziya hududida matriarxalurugʻchilik tuzumi boʻlib, eneolit davri va jez davrining boshlaridan (mil. av. 5 — 3-ming yillik) patriarxal-urugʻchilik tuzumi shakllangan. Jez davrining oxirlarida (mil. av. 1-ming yillikdan) urugʻchilik munosabatlari yemirilib, quldorlik jamiyati yuzaga kelgan. Mil. av. 2-ming yillikning oxirlarida gurj kabilalarining yirik uyushmalari vujudga keladi. Mil. av. VI asrda Kolxida (Gʻarbiy Gruziya), mil. av. 5 — IV asrlarda Iberiya yoki Kartli (Sharqiy, qisman Janubiy Gruziya) qirolligi tashkil topdi. Shundan Gruziya nomi Sakartvelo (kartvelilar tilida gurj davlatining nomi) kelib chiqqan. 523-yil Eron Iberiyani bosib olib, bu yerga oʻz noibini tayinlagan. Sosoniylar sulolasi inqirozga uchragach, Iberiya Eronga tobelikdan qutuldi va hokimiyat mahalliy hukmdorlar qoʻliga oʻtdi. 7 — VIII asr boshlarida Gruziyaning deyarli hamma yerlarini arablar bosib olgan. Arablar hukmronligiga qarshi gurj, alban va armanlar birgalikda kurash olib bordilar. 8 — X asrlarda alohida-alohida qirolliklar (Kaxeti, Tao-Klarjeti, Abxaziya qirolligi) vujudga keldi. Qirolliklar oʻrtasida boshlangan oʻzaro kurash X asrning 2-yarmi va XI asrning boshlarida Gruziya yerlarini qirol Bagrat III (975 — 1014) boshchiligida yagona davlatga birlashtirish bilan tugadi. Qirol Xoeyd „Quruvchi“ davri (1089 — 1125)da Gruziya saljuq turklariga qarshi kurashib, Zakavkazyening koʻpgina qismini ozod qildi. Georgiy III (1156 — 84) va Tamara (1184 — 1213) Qirolliklari davrida Gruziya Yaqin Sharqdagi eng kuchli davlatlardan biriga aylandi, siyosiy-iqtisodiy va madaniy ravnaqqa erishdi, XII asrga kelib, siyosiy hokimiyat markazlashtirildi, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi ancha rivojlandi, shaharlarda hunarmandchilik va savdo ishlari taraqqiy etdi. Madaniyat va sanʼat ham ravnaq topdi. 1226-yilda xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi Gruziyani egalladi. XIII asrning 2-choragidagi moʻgʻullar istilosi Gruziyaning siyosiy birligiga, xoʻjaligiga putur yetkazdi. XIV asrning 2-yarmida Gruziya Amir Temur qoʻliga oʻtdi. 16 — XVIII asrlarda Gruziyaga Eron va Turkiya bostirib kirdi. Ichki kurash kuchaydi, natijada Gruziya bir necha mustaqil davlatga (Kartli, Kaxeti, Imereti qirolliklari va Samsxe, Guriya, Svaneti, Abxazeti knyazliklariga) ajralib ketdi. XVIII asrning 2-yarmidan Kartli-Kaxeti davlati ancha kuchaydi. Iraqliy II eng yirik knyazliklarni oʻziga boʻysundirib, davlatni qaytadan tiklash, xoʻjalik va savdo-sotiq ishlarini rivojlantirish yoʻlida koʻp tadbirlar koʻrdi.

17 — XVIII asrlarda Gruziyada adabiyot va tarixshunoslik jonlandi, kitob nashr etila boshladi. XVIII asrning 2-yarmida Rossiya-Gruziya munosabatlari vujudga kela boshladi: 1783-yil Georgiyevsk shahrida Rossiya bilan Kartli-Kaxeti qirolligi oʻrtasida doʻstlik shartnomasi tuzildi. Biroq, Rossiya imperiyasi shartnomada belgilangan majburiyatlarini buzib, 1801-yil Sharqiy Gruziyani, 1803 — 1864 yillarda Gʻarbiy Gruziyani ham bosib oldi. Bu esa ochiqdan-ochiq bosqinchilik edi, mana shu xiyonatkorlik sababli Imereti qirolligi va Gruziya knyazliklari tugatildi.

Gurj xalqi milliy davlatchilikni tiklash uchun, ruslashtirish siyosatiga qarshi kurashdi, bir qancha isyonlar koʻtarildi. Shu bilan birga Gruziya yerlarini qisman birlashtirish imkoniyati tugʻildi.

XIX asrning 2-yarmidan gurj xalqi milliy ozodlik harakatining yangi bosqichi boshlandi. Ammo Gruziyaning milliy davlatchiligini qayta tiklash masalasi Rossiyadagi 1917-yil Fevral inqilobidan, ayniqsa bolsheviklarning Oktabr toʻntarishidan soʻng qatʼiy qilib qoʻyildi.

Bolsheviklar Rossiyadagi hokimiyatni qoʻlga olganidan keyin Zakavkazyening nufuzli siyosiy kuchlari Shoʻro hokimiyatini tan olmadilar va 1917-yil noyabrda mustaqil boshqaruv (Zakavkazye komissarligi)ni oʻrnatdilar. Natijada Zakavkazye Federatsiyasi shakllandi, biroq uning tarkibiy qismlari iqtisodiy va siyosiy manfaatlari har xilligi, shuningdek, Turkiya bilan munosabatlar keskinlashganligi sababli federatsiya yashashga noqobil boʻlib chiqdi va tez orada barbod boʻldi. Gruziya hududining bir qismi (Batumi, Ozurgeti, Axalsixe)ni Turkiya egallab oldi.