200px|right|thumb|Marsyurarning badiiy tasviri. 200px|right|thumb|Marsda Quyosh botishi, Spirit olgan surat. Spirit (maʼnosi: Ruh; rasmiy nomi Mars Exploration Rover - A) NASA loyihasi boʻlib, Mars sayyorasini oʻrganuvchi robotdir. 2003-yil 10-iyunida Yerdan uchirilgan, 2004-yil 4-yanvarida Marsga qoʻngan. 2009-yil 1-mayda Mars tuproqlarida tiqilib qolgan,"Crater was Shaped by Wind and Water, Mars Rover Data Shows", New York Times oxirgi signali 2010-yil 22-martda yuborilgan.

Spirit 90 Mars sutkasi (taxminan 92 Yer sutkasi) davomida ishlab, 1 km yurishi rejalashtirilgan edi. Biroq u kutilganidan ancha koʻp va muvaffaqiyatli ishladi (2208 Mars sutkasi, ~2269 Yer sutkasi), 7,73 km yoʻl bosdi.20110525 asrhtml "NASA Spirit Rover Completes Mission on Mars", NASA

Spirit tuproqqa tiqilib qolganidan beri undan signallar tobora kam kela boshladi. 2011-yil 24-maygacha NASA xodimlari u bilan aloqani tiklashga harakat qilishdi, bu harakatlar zoe ketdi va ertasi kuni NASA Spirit loyihasi nihoyasiga yetgani haqida xabar qildi."NASA Concludes Attempts to Contact Mars Rover Spirit" , NASA"NASA to Abandon Mars Spirit Rover", New York Times

Spirit ishi vaqtida anchagina foydali maʼlumotlar yigʻildi, jumladan, Marsda qachonlardir suyuq suv boʻlgani aniqlandi.20040305 asrhtml "Mars Exploration Rover Mission: Press Releases, NASA Yana qarang Opportunity marsyurari Curiosity marsyurari

Manbalar

Havolalar

Marsyurarlar NASA saytida