Davron Gaipov (1961-yil 7-oktyabr, Urganch, Xorazm, Oʻzbekiston SSR — 7-oktyabr 2022-yil) — oʻzbek rock-n-rol qoʻshiqchisi. Oʻzbek rokining rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan. 1982-yildan Original guruhi badiiy rahbari boʻlganSSRI Xonandalar ansambllari . Bolalar guruhining solisti Tohir Sodiqov Gaipovni ustoz deb biladi.
Hayoti Davron Gaipov 1961-yil 7-oktyabrda Urganch shahrida tugʻilgan. Otasi Ruzmet Gaipov (05.03.1922-1985) Xiva shahrida tugʻilgan. Xorazmlik boʻlgan. Sobiq Ittifoq davrida 1964—1983-yillarda Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasining Qashqadaryo viloyati qoʻmitasining 1-kotibi boʻlgan (hozirgi viloyat xokimiga teng lavozim). Oʻgli Aybek Gaipov 09.03.1982-yilda Qarshi shahrida tugʻilgan, Rossiyaning Krasnodar shahrida yashaydi. Davron Gaipovning 2000-yillardagi xotini mashhur xonanda Iroda Iskandarova boʻlgan. Oxirgi xotini Marina Goncharova, qizi Aida 2012-yilda tugʻilgan. 1980-yillar oʻrtalarida akasi Arslon Gaipov (1946—2008) Toshkent aeroporti boshigʻi boʻlgan.
Hibsga olinishi „Paxta ishi“ davrida qoʻshiqchi konsert berishi arafasida hibsga olingan, bunga asosiy sabab uning Roʻzmet Gaipovnig farzandi boʻlgani edi.
Ijodi Davron Gaipov 17 yoshidan gitarada juda yaxshi ijro etgan va 1980-yilgacha Yalla guruhi gitaristi boʻlgan. Yosh boʻlishiga qaramay 1981-yilda oʻzing „Original“ guruhini tuzadi va tez orada mashhur boʻlib ketadi. Uning „Kerak emas shahlo koʻzlaring“, „Toʻxta, toʻxta, shoshmagin“, „Bu nima bu?“ va yana bir qator qoʻshiqlari hozir ham sevib tinglanadi. Davron Gaipovni oʻzbek „afsonaviy oʻzbek rock qoʻshiqchisi“ deb hisoblashadi. 1980-yillar oʻrtalaridan 1990-yilgacha uning ijodida chekinish boʻladi, 1984—1989-yillarda Rossiyaning Irkutsk viloyati Angarsk tumanida boʻladi. Ijodga qaytishi bilan 1990-yilda „Bu nima bu?“ nomli musiqali filmda Obid Asomov bilan suratga tushadi. Bu Obid Asomov uchun debyut roli edi. Film aka-uka egizaklar taqdiri haqidadir. Davron Gaipovni mashhur oʻzbek qoʻshiqchisi Tohir Sodiqov ustoz deb biladi.
Avtohalokatga uchrashi va kasalligi 2022-yilning aprel oyida yoʻlovchi taksi „Cobalt“ rusumli avtomobilda Surxondaryodan Qashqadaryoga qaytayotganida qoʻshiqchi avtohalokatga uchraydi, avtohalokatga haydovchining tajribasizligi sabab boʻlgan. Avtohalokat tufayli Davron Gaipovning umurtqa pogʻonasi singan.
Qoʻshiqchining yana bir buyragi jarrohlik yoʻli bilan olib tashlangan, ikkinchisi esa sekinlik bilan quriyotgan boʻlgan hamda jigari ham kasallangandi. Shuningdek, Davron Gaipova qand kasalligidan uzoq vaqt davomida davolanib kelgan.
Vafoti Davron Gaipov 2022-yilning 7-oktyabr kuni vafot etdi. Shu kuni u 61 yoshni qarshilagandi. Yaʼni oʻz tugʻilgan kunida vafot etgan. Uning oʻlimiga buyrak yetishmovchiligi va qon bosimining koʻtarilishi sabab boʻlgan.
Xonandaning shogirdi Shuhrat Ortiqov „Daryo“ muxbiriga uning vafoti sabablari haqida quyidagilarni soʻzlab berdi:
Filmografiyasi Aktyor + Film Yil Film Rol Izoh1990 Bu nima bu? Oʻzi Musiqiy film
+ Kliplar Yil Qoʻshiqchi Ashula Rol 2009 Jasur Gaipov „Qaytma“ Kameo
Mukofotlari 2026-yil 28-mayda Doʻstlik ordeni bilan taqdirlangan.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonlik erkak qoʻshiqchilar Turkum:1961-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar