127 soat (asl nomi: 127 Hours) — 2010-yilda Danny Boyle tomonidan ishlangan Amerika va Buyuk Britaniya biografik drama filmi. Film real voqea asosida boʻlib, 2003-yil aprelida Yutadagi Blue John kanyonida tiqilib, 5 kun chiqa olmagan va ozod boʻlish uchun qoʻlini kesgan kanyonchi Aron Ralston haqida hikoya qiladi. Bosh rolni (Aron Ralston) James Franco ijro etgan.

Film ssenariyi Ralston yozgan Tosh va Qattiqlik orasida xotira kitobi asosida Boyle va Simon Beaufoy tomonidan tayyorlangan. Film kinotanqidchilar tomonidan juda xush qarshilanib, oltita Akademiya mukofotiga, jumladan Eng yaxshi kino va Eng yaxshi aktyor mukofotlariga nomzod qilib koʻrsatildi. Taqriz yigʻuvchi Rotten Tomatoes saytida film 93% bilan baholandi.

Manbalar

Havolalar Rasmiy sayti

Turkum:AQSh filmlari Turkum:Buyuk Britaniya filmlari Turkum:2010-yil filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSh dramatik filmlari Turkum:AQSh sarguzasht filmlari Turkum:Pathé filmlari Turkum:Warner Bros. filmlari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar