Ostona (); eski nomi: Nur-Sulton () — Qozogʻiston poytaxti (1997-yil 10-dekabrdan beri). Hozirgi kunda shaharning hududi 200 km2. Ishim daryosining oʻng sohilida joylashgan. Temir yoʻl tuguni. Aeroport bor. Aholisi 1 136 008 kishi (2020).

Sanoati Mashinasozlik va metallni qayta ishlash (qishloq xoʻjalik mashinalari, nasos, vagon remonta, gaz apparaturasi, choʻyan kuyish va boshqa zavodlar), oziq-ovqat (goʻsht, sut, non mahsulotlari, pivo zavodi), yengil (chinni zavodi, tikuvchilik fabrikasi va boshqa) sanoatlari rivojlangan. Gʻisht, temir-beton materiallari, uy-joy qurilish qismlari, asfalt, keramika mahsulotlari ishlab chiqariladi. TETS ishlab turibdi. Elektr uzatkich liniyalari Ostonani Qaragʻandi, Pavlodar, Petropavl, Rudniy bilan bogʻlagan.

Tarixi Shahar eski qismining koʻchalari toʻgʻri burchak shaklida tuzilgan. Ostonada 1960-yildan katta qurilish ishlari boshlandi. 1961—92-yillar bosh plani boʻyicha shaharning janubi-sharqiy qismidagi boʻsh yerlarda tipovoy loyiha asosida koʻp qavatli binolar qurilgan, yangi turar joy mikrorayonlari va jamoat binolari (Madaniyat saroyi, 1960—64, meʼmorlar O. Kratsklis, D. Danneberg, P. Fogel), Yoshlar uyi (1974, meʼmor A. T. Polyanskiy va boshqa), „Ishim“ mehmonxonasi, telemarkaz va boshqalar barpo etilgan. Ostonada 4 oliy oʻquv yurti, teatr, oʻlkashunoslik va tasviriy sanʼat muzeylari bor. Ostona 1830-yilda Oqmoʻla qalʼasi sifatida barpo qilingan.

Nomi Shaharning nomi 1961-yilgacha Akmolinsk, 1992-yilgacha Tzelinograd, 1998-yilgacha Oqmola boʻlgan. 2022-yilda Nur-Sulton deb atalgan. Ostona shahri 1997-yildan beri Qozogʻiston Respublikasining poytaxti boʻlib kelmoqda. Undan avval Olmaota shahri mamlakatning poytaxti boʻlgan.

Ichki boʻlinishi Ostona Sariarqa tumani, Alma-Ata tumani va Yesil tumani boʻlib boʻlinadi.

Qiziqarli xabarlar Ostona — Osiyo poytaxtlarining ichida shimoliy qutbga eng yaqin joylashgan. Ostona — Yer sharidagi eng sovuq poytaxtlarning biridir, Mongoliya poytaxti Ulan-Batordan issiq, Kanada poytaxti Ottavadan sovuq.

Maorif

Kollejlar Ostona politexnik kolleji Tibbiyot kolleji Inovatsion texnalogiyalar kolleji Moliyaviy-iqtisoiy kolleji Gumanitar kolleji (Pedagogik kollej) Gumanitar-yuridik kolleji QazGYuU Yevrosiyo gumanitar institutining kolleji „Turon“ kolleji Boshqarish kolleji Moliyaviy akademiyaning kolleji Iqtisodiyot, oziq-ovqatlarni standartlash va texnalogiyalar kolleji Savdo-sanoat va iqtisodiyot kolleji Iqsodiy-hududiy kolleji Qozoq texnologiya va biznes universitetining kolleji Transport va aloqa kolleji

Oliy oʻquv yurtlari Ostona shahrida 10 tadan ziyod oliy oʻquv yurtlati bor, shulardan:

Qozogʻiston Respublikasining Prezidenti davlat boshqarish akademiyasi L. N. Gumilev nomli Yevrosiyo milliy universiteti Yevrosiyo gumanitar instituti Qozoq milliy sanʼat universiteti S.Seyfullin nomli qozoq agrotexnik universiteti Qozoq gumanitar-yuridik universiteti M. V. Lomonosov nomli Moskva davlat universitetining Qozogʻistondagi filiali Qozogʻiston-Rossiya universiteti Ostona tibbiyot universiteti Nazarboyev Universiteti Moliya akademiyasi Qozoq moliyaviy-iqtisoiy va xalqaro savdo universiteti Qozoq texnalogiya va biznes universiteti Sport saroylari Bosh stadion Nur-Sultan Arena — 30 000 kishini sigʻdira oladihttp://www.uefa.com/MultimediaFiles/Download/FirstDiv/uefaorg/Publications/01/67/03/93/1670393_DOWNLOAD.pdf. Qajimuqan Munaytpasov nomidagi stadoin — 12 350 kishini sigʻdira oladi. Yopiq konʼki saroyi — 8 773 kishini sigʻdira oladi. Alau muz saroyi — 8 000 kishini sigʻdira oladi. Sari-Arqa — 8 000 kishini sigʻdira oladi. Qozogʻiston sport saroyi — 6 532 kishini sigʻdira oladi.

Aholisi Ostona shahrining aholisi 2000-yil bilan solishtirganda 169,2-ming kishiga koʻpayib, 2006-yilning boshida 550,2 ming kishiga yetdi. Aholi soni boʻyicha Ostona Qozogʻistondagi Olmaoti shahridan keyin 2-oʻrinda.

Milliy tarkibi

+Shahar aholisining milliy tarkibi:Agentstvo Respubliki Kazaxstan po statistike. Arxiv : Natsionalniy sostav naseleniya Respubliki Kazaxstan i ego oblastey (tom 1) Chislennost naseleniya po oblastyam, gorodam i rayonam, polu i otdelnim vozrastnim gruppam, otdelnim etnosam na 1-maya 2012 goda 1989-yilgi aholi soni % 1999-yilgi aholi soni % 2012-yilgi aholi soni % umumiy 281252 100,00 % 319324 100,00 % 742918 100,00 % Qozoqlar 49798 17,71 % 133585 41,83 % 480815 66,80 % Ruslar 152147 54,10 % 129480 40,55 % 188928 23,35 % Ukrainlar 26054 9,26 % 18070 5,66 % 13453 1,81 % Tatarlar 9339 3,32 % 8286 2,59 % 9937 1,34 % Olmonlar 18913 6,72 % 9591 3,00 % 7930 1,07 % Beloruslar 8220 2,92 % 5761 1,80 % 3834 0,52 % Koreyslar 1329 0,47 % 2028 0,64 % 4981 0,67 % Oʻzbeklar 640 0,23 % 429 0,13 % 8166 1,10 % Polyaklar 2762 0,98 % 2537 0,79 % 2412 0,32 % Ingushlar 1889 0,67 % 1822 0,57 % 2732 0,30 % Ozarbayjonlar 997 0,35 % 902 0,28 % 2978 0,40 % Qirg'izlar 94 0,03 % 196 0,06 % 1808 0,20 % Chechenlar 514 0,18 % 752 0,24 % 1063 0,14 % Boshqirdlar 1187 0,42 % 870 0,27 % 1009 0,14 % Armanlar 814 0,29 % 576 0,18 % 790 0,10 % Moldavanlar 1004 0,36 % 629 0,20 % 7 0,9 % Uyg'urlar 53 0,02 % 161 0,05 % 881 0,12 % boshqalar 5498 1,64 % 3649 0,83 % 8711 0,90 %

Hamdoʻst shaharlari Shahar Yil Davlat Anqara - Istanbul - Izmir - Moskva- Sankt-Peterburg- Qozon2004 Pittsburg- Ammon- Riga- Toshkent-Tashkent, goroda-pobratimi Gdansk1996 Varshava2002 Kiyev1998 Seul2004 Dubay- Pekin- Manila- Tbilisi2005 Bishkek2011Xanoy-Nice2013 Shaharning nazarga tushgan joylari Sulu-Jasil bulvari — Ostona markazidagi yangi koʻcha. Oq-Oʻrda — Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining qarorgohi. Boyterak — Ostonaning asosiy ramzi. Mustaqillik saroyi — davlatning rasmiy tadbirlarini, forumlarni, majlislarni, uchrashuvlarni, syezdlarni oʻtkizish joyi hisoblanadi. Barqarorlik va tinchlik saroyi — Dunyo va milliy dinlar liderlarining sʼezini oʻtkizish uchun moʻljallangan bino. Xan-Shatir — Ostonaning eng yirik koʻngil ochar markaziQozoq ensiklopediyasi I tom.

+Shaharning nazarga tushgan joylariBoyterakMustaqillik saroyiQozogʻiston sport kompleksiNur-Sulton masjidiQozoq eli monumenti

Manbalar

Turkum:Qozogʻiston shaharlari