Amy Jade Winehouse (; 14-sentabr, 1983 — 23-iyul, 2011) ingliz xonandasi va shoirasi boʻlgan. Kuchli kontralto ovozga sohib edi, jazz, soul va R&B janrlarida ijod qilgan.Amy Winehouse Frank Review. allmusic.com.

Winehouseʼning 2003-yilgi debut albomi, Frank, Birlashgan Qirollikda yaxshi qarshilandi va Mercury mukofotiga loyiq topildi. Uning keyingi, 2006-yilgi albomi, Back to Black, beshta Grammy Award mukofotini oldi, britan ayol ashulachi uchun bu rekord edi.Winehouse dominates Grammys with 5 wins , MSNBC.„Amy Winehouseʼs brother on her return to form“ , The Times. Back to Black Birlashgan Qirollikda eng koʻp sotilgan albomlardan boʻldi. Albomdagi „Stronger Than Me“, „Rehab“, „Love Is a Losing Game“ qoʻshiqlari hit-paradlarda yuqori joylarni egallab kelgan.

Winehouse ayol musiqachilarni hamda kiyimlar dizaynerlarini ilhomlantirgan shaxsiyat sifatida xotirlanadi. Lekin uning muammoli tomonlari ham bor edi: Amy 2007-yildan giyohvandlik va araqxoʻrlikka aralashib qoldi. Qolaversa uning sobiq eri, Blake Fielder-Civil, mushtlashuvda qatnashgani uchun hibsga olinib, qamoqqa yuborilgandi, bu Amy’ning ruhiy holatiga salbiy taʼsir qilgan. Natijada 2008-yili Winehouse sogʻligʻi ogʻirlashdi.

Winehouse 2011-yilning 23-iyulida, 27 yoshida, Londondagi uyida oʻldi;BBC News website 23-iyul 2011-yil: Obituary: Amy Winehouse Retrieved 2011-07-23 politsiya oʻlim sababini haligacha izohlamadi.. Vafotidan soʻng koʻplab nashriyotlar tomonidan Amy «klub 27»ga kiritiladi.

Diskografiyasi Frank (2003) Back to Black (2006) Manbalar

Havolalar Rasmiy sayti

Turkum:MTV Europe Music Award sovrindorlari Turkum:Grammy mukofoti sovrindorlari Turkum:Brit mukofoti sovrindorlari Turkum:Republic Records ijrochilari