Botken viloyati. Qirgʻizistonning janubi-gʻarbiy qismida joylashgan boʻlib 1999-yilning 12 oktabrida Oʻsh viloyati tarkibidan Botken, Qadamjoy, Laylak tumanlari va Qizilqiya, Sulukta shaharlari ajralib alohida viloyat boʻlib tashkil topgan. 2000-yilda tuman markazi Botken va 2001-yili Isfana qishloqlari shahar maqomini olgan. Viloyat hududida 3 tuman, 4 shahar, 5 shaharcha va 189 qishloq, 30 ovul hukumati mavjud. Viloyat markazi Botken shahri.

Viloyat janubi-gʻarbiy va shimoli-gʻarbida Tojikiston, shimolida Oʻzbekiston, sharqida Oʻsh viloyati bilan tutashgan. Viloyat hududida boshqa davlatlarga tegishli bir qancha anklavlar mavjud. Maydoni 17,0 ming km yoki respublika hududining 8,5% ni tashkil qiladi. Aholisi 401,3 ming kishi.

Tarihi

Botken viloyati 1999-yil 13-oktabrda Qirgʻizistonning Botken, Qadamzhay, Leylek tumanlari va Oʻsh viloyati Qizil-Qiya shahri maʼmuriy chegaralari doirasida tashkil etilgan.

Yangi tashkil etilgan Botken viloyatining maʼmuriy markazi Botken qishlogʻi boʻlib, 2000-yil 18-fevralda 11,4 ming aholiga ega Botken qishlogʻining maʼmuriy-hududiy chegarasi doirasidagi Botken shahriga aylantirildi. 2001-yil fevral oyida Botken shahar kengashi tuzilib, unga Buloq-Boshi, Qizil-Jol va Bozorboshi qishloqlari oʻtkazildi. Natijada Botken shahar kengashining umumiy aholisi 16,6 ming kishini tashkil etdi. 2008-yil 1-dekabrda Botken tumandan viloyatga boʻysunishga oʻtkazildi.

2000-yil 18-fevralda Sulukta shahri Leylek viloyati tarkibidan chiqarilib, unga viloyatga boʻysunuvchi shahar maqomi berildi.

Geografiyasi Hududiy boʻlinishi

Botken viloyati 3 tumanga boʻlinadi. Botken tumani Laylak tumani Qadamjoy tumani

Iqtisodiyoti Manbalar

Turkum:Qirgʻiziston viloyatlari