Ozarbayjonlar () — xalq, Ozarbayjonning asosiy aholisi (8,172,800 kishi). Shuningdek, Eron (18,430 mln. kishi). Rossiya Federatsiyasi (621,800 — 1,500,000 kishi), Gruziya (307 ming kishi), Qozogʻiston (90 ming kishi), Armaniston va boshqa mamlakatlarda ham yashaydi. Umumiy soni 17,2 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Ozarbayjon tilida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan, shia musulmonlar.
Ozarbayjonlar katta yevropeoid irqining janubiy irqiga mansub. Ozarbayjonlar etnogenezida qadim Mana (miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1- yarmi), Kavkaz Albaniyasi (miloddan avvalgi 1-ming yillikning 2-yarmi — milodiy X asr), Midiya, Atropatena (miloddan avvalgi IV asr — milodiy 7- a.) davlatlari aholisi qatnashgan. VII asrda arablar istilosidan soʻng Aderbeygon yoki Ozarbayjon nomini olgan. Miloddan avval 1-ming yillik — milodiy 1-ming yillik mobaynida eroniy va turkiyzabon qabilalar (skiflar, gunnlar, bulgʻorlar, bijanaklar va boshqalar) mahalliy aholi bilan aralashib ketganlar. Ozarbayjon etnik birligining shakllanishi, asosan, XI—XIII asrlarda Ozarbayjonga yangi turkiy (oʻgʻuz) qabilalarining kirib kelishi natijasida yakunlangan.
Ozarbayjonlarning bir qismi sanoatda (ayniqsa, neft, gaz, asbobsozlik va boshqalar) va qishloq xoʻjaligida band. Qishloq aholisining anʼanaviy mash-gʻuloti — dehqonchilik, paxtachilik, bogʻdorchilik, uzumchilik, ipakchilik."" OʻzME. O-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Erondagi etnik guruhlar