Oqmoʻla viloyati (qoz. Ақмола облысы, اقمولا وبلىسى) - Qozogʻistondagi viloyat (1961-yilgacha Akmolinsk). 1961—92 yillarda Selinograd, 1992-yildan Oqmoʻla viloyati). 1939-yilda tashkil etilgan. Maydoni 155,1 ming km2. Aholisi 731 398 kishi (2012), qozoq, rus, nemis, ukrain, belorus, tatar, udmurt, boshqird, mordva, uygʻur, koreys va boshqalar yashaydi. 13 tuman, 7 shahar, 12 shaharcha bor. Maʼmuriy markazi — Koʻkchatov shahri (1999-yildan buyon). Viloyatda 4 oliy oʻquv yurti, oʻlkashunoslik muzeyi, drama teatri bor.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Tabiati Oqmoʻla viloyati Qozogʻiston past togʻlarining shimoli-gʻarbiy qismini egallagan. Hududining katta qismi toʻlqinsimon tekislik. Mutlaq balandligi 300–400 m. Sharkala Yermentov togʻlari (eng baland joyi — 897 m), janubi-gʻarbida Tengiz-Qurgʻaljin botigʻi joylashgan. Foydali qazilmalari: oltin, boksit, surma, mis, toshkoʻmir, gil, kvars qumi. Iqlimi keskin kontinental, quruq iqlim. Iyulning oʻrtacha harorati 20 °C, yanvarniki — 18 °C. Yillik yogʻin 300 mm. Eng katta daryosi — Ishim. Koʻl koʻp. Oqmoʻla viloyatining shimoliy qismidagi qora tuproqlarda shuvoq-betaga oʻsadi. Dashtlarda kemiruvchilar, tuyoklilar, yirtqichlar, qushlar yashaydi. Qurgʻaljin qoʻriqxonasi bor.

Daryo va koʻllari Yirik daryolari Yesil, uning tarmoqlari — Qaqutan, Jabay, Terisaqqan, Nura, Suleti, Oʻlenti, Qulanoʻtpes, v.b. Viloyatda koʻllar koʻp, ularning 94 tasi chuchik. Yirik chuchik koʻllari Qoʻrgʻaljin, Qoʻjakoʻl, Shoʻlaqshalqar, Baliqtikoʻl, Uyalishalqar, v.b. Yirik tuzli koʻllari Teniz, Kerey, Itemgen, Qipshaq, Mamay, Ulken Sarioʻba va Astana, Sileti toʻgʻoni bor. Ulardan boʻlak yer sugʻorish maqsadida 37 ta toʻgʻon barpo etilgan, jami suv koʻl. 180,6 mln. m3. Qoʻrgʻaljin koʻl tarmogʻini suv bilan toʻldirish va Astananing sanoatini suv bilan taʼminlashni yaxshilash uchun Nura daryosi orqali 70 — 74 mln. m³ Irtish suvi beriladi.

Aholisi +Millatlar tarkibi Aholi soni 1989yilV sovremennix granitsax Akmolinskoy oblasti, vklyuchaya chast bivshey Kokchetavskoy oblasti i isklyuchaya gorod Astana % Aholi soni 1999yil % Aholi soni 2010yil % Barchasi 1064406 100,00 % 836271 100,00 % 738010 100,00 % Qozoqlar 266831 25,07 % 313488 37,49 % 330835 44,83 % Ruslar 459348 43,16 % 329454 39,40 % 263052 35,64 % Ukrainlar 91236 8,57 % 62228 7,44 % 45935 6,22 % Olmonlar 139032 13,06 % 52334 6,26 % 30124 4,08 % Beloruslar 28283 2,66 % 19475 2,33 % 14684 1,99 % Tatarlar 22332 2,10 % 17272 2,07 % 14645 1,98 % Polyaklar 14058 1,32 % 11404 1,36 % 9242 1,25 % Ingushlar 5571 0,52 % 5491 0,66 % 5467 0,74 % Chechenlar 4181 0,39 % 3149 0,38 % 3536 0,48 % Boshqurtlar 4793 0,45 % 2708 0,32 % 2304 0,31 % Moldavanlar 3461 0,33 % 2239 0,27 % 2001 0,27 % Ozarbayjonlar 2424 0,23 % 1656 0,20 % 1801 0,24 % Udmurtlar 2690 0,25 % 1748 0,21 % 1461 0,20 % Koreyslar 1382 0,13 % 1489 0,18 % 1298 0,18 % Mariylar 2799 0,26 % 1377 0,16 % 1177 0,16 % Mordvalar 2705 0,25 % 1662 0,20 % 1117 0,15 % Armanlar 1171 0,11 % 1110 0,13 % 1111 0,15 % Chuvashlar 1980 0,19 % 1089 0,13 % … … Boshqa millatlar 10129 0,95 % 6898 0,82 % 8220 1,11 %

Hududiy boʻlinishi 400x400px|thumb Oqmoʻla viloyati 17 tumanga va 3 shaharga boʻlinadi. Oqkoʻl tumani — Oqkoʻl Arshali tumani — Arshali Astraxon tumani — Astraxonka Otbosar tumani — Otbosar Bulandi tumani — Makinsk Burabay tumani (Shuchinsk) — Shuchinsk Yegindikoʻl tumani — Yegindikoʻl Yenbekshilder tumani — Stepnyak Araymantov tumani — Araymantov Yesil tumani — Yesil Yaxshi tumani — Yaxshi Yorqayin tumani— Derjavinsk Zerendi tumani— Zerendi Qoʻrgʻaljin tumani — Qoʻrgʻaljin Sandiqtov tumani — Balkashino Tselinograd tumani — Akmoʻl Shoʻrtandi tumani — Shoʻrtandi Koʻkchatov shahar hokimligi Qoʻshchi shahar hokimligi Stepnogorsk shahar hokimligi

Qishloq Xoʻjaligi Oqmoʻla viloyati Qozogʻistondagi muhim gʻallachilik rayonlaridan. Xoʻjaligining asosiy tarmoqlari — obikor dehqonchilik va goʻsht-jun chorvachiligi. Oqmoʻla viloyatining qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlari orasida katta qismini yaylovlar egallaydi. Qishloq xoʻjaligi yirik gʻallachilik bilan sut-goʻsht chorvachiligi, parrandachilik, choʻchqachilik va mayin junli qoʻychilik, yilqichilikka ixtisoslashgan. Ishim daryosi va chuchuk koʻllarda baliq ovlanadiАкмолинская область. История АТД.

Sanoati Energetikasi Qaragʻanda havzasidagi toshkoʻmir va mazutga asoslanadi. Issiqlik elektr stansiyasi ishlab turibdi. Kon qazish, mashinasozlik va metallsozlik (qishloq xoʻjaligi mashinalari, nasos, vagon taʼmirlash zavodlari), oziq-ovqat (un kombinati, sut zavodlari) va mebel sanoati tarmoqlari rivojlangan. Qurilish materiallari (temir-beton konstruksiyalar, gʻisht ishlab chiqarish) sanoati barpo etilgan. Koʻpchilik sanoat korxonalari Ostonada, shuningdek, Makinskda (porshen xalqalari ishlab chiqaruvchi zavod, qishloq xoʻjaligi inventarlari, avtomobil va traktorlar uchun ehtiyot qismlar), Otbosarda (goʻsht kombinati, remontmexanika zavodi), Alekseyevkada, Shoʻrtandi shaharchasida (mebel fabrikalari) va tuman markazlarida (moy zavodlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari) joylashgan.

Havolalar Аппарат акима Акмолинской области Библиотека Царское Село, книги по истории Акмолинской области

Manbalar

Turkum:Qozogʻiston viloyatlari Turkum:Akmola viloyati