„Ruscha-oʻzbekcha lugʻat“ () — 1983–1984-yillarda chop etilgan ikki jildli ruscha-oʻzbekcha lugʻat. Lugʻatni Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi nashrga tayyorlagan. Oʻzbek sovet ensiklopediyasi Bosh redaksiyasida chop etilgan. Tahrir hayʼatiga Matyoqub Qoʻshjonov raislik qilgan. Lugʻat shu kungacha chiqarilgan eng keng koʻlamli ruscha-oʻzbekcha lugʻatlarning biri boʻlib, oʻzbeklar orasida rus tilining keng koʻlamda oʻrganilishiga hamda tarjimachilik sohasining rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan. Lugʻat kirill alifbosida yozilgan. 2013-yil lugʻatning yangi, qayta ishlangan nashri chop etildi.
Lugʻatning birinchi jildiga 34 650, ikkinchi jildiga esa 32 170 soʻz kiritilgan. Lugʻatda soʻzlarga doir keng grammatik maʼlumotlar berilgan. Rus tilini oʻrganayotganlar uchun qiyinchilik tugʻdiradigan hollar va soʻzlarning grammatik formalari batafsilroq berilgan. Lugʻatda ekvivalent soʻzlar orqali tarjima asosiy oʻrin tutgan. Lugʻatda adekvat (aynan) tarjima mumkin boʻlmagan hollarda tushuntirishlardan foydalanilagan.
Jildlar Jild Nashr yili Jilddagi maqolalar qamrovi I 1983 А — О II 1984 П — Я
Lugʻatni tuzishda foydalanilgan adabiyotlar „Ruscha-oʻzbekcha lugʻat“ toʻrt jildli „Rus tili lugʻati“ga () (1957-61) asoslangan. Qoʻshimcha manbalar sifatida Sergey Ojegovning „Rus tili lugʻati“dan () (1973), „Rus tili lugʻati“ () nomli 17 jildli akademik lugʻatdan (1950-60), „Orfografik lugʻat“dan () (1980), „Radio va televideniye ishchilari uchun urgʻular lugʻati“dan () (1971), „Maqol va matallar lugʻati“dan () (1975), „Rus tilining frazeologik lugʻati“dan () (1967), „Ruscha-qorachoy-bolqorcha lugʻat“dan () (1965), „Ruscha-chuvashcha lugʻat“lardan () (1975), shuningdek, „Ruscha-fincha lugʻat“ () (1963), „Ruscha-rumincha lugʻat“ () (1967) va boshqalardan foydalanilgan.
Lugʻatni zamonaviylashtirishda „Yangi soʻzlar va maʼnolar“ () nomi bilan N. Z. Koteleva tahriri ostida nashr etilgan (1973, 1980, 1981) lugʻatlar katta rol oʻynagan.
Atamalarning maʼnolarini aniqlash uchun „Katta sovet ensiklopediyasi“dan () (1969-78), „Sovet ensiklopedik lugʻati“dan () (1980) va „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“dan (1970-80) foydalanilgan.
Lugʻat ikki bosqichda tuzilgan. Avval rus tilining izohli lugʻatlari asosida ruscha soʻzlik ishlab chiqilgan. Soʻngra tayyor soʻzlik asosida lugʻat maqolalari tuzilgan.
Lugʻat soʻzligi Lugʻat soʻzligini tuzishda OʻzSSR Fanlar akademiyasi A. S. Pushkin nomidagi Til va adabiyot instituti leksikologiya va leksikografiya boʻlimining kichik ilmiy xodimlari M. Alimova (З – qisman, Л, У), F. Konyusheva (Т, Х, Ч), D. Muhiddinova (Б, В, З – qisman, Ф, Ц, Ш, Щ), M. Yoqubova (А, Г, П – qisman), katta ilmiy xodimlari N. Alhamova (Д, И, Й, Э, Ю, Я, П – qisman), G. N. Mixaylov (Е, Ж) qatnashgan.
Soʻzlikning dastlabki tahririni N. Alhamova (А, Б, Г, Е, Ж, П – qisman), S. S. Kim (Л, М, Н, Р), G. N. Mixaylov (В, П – qisman, У), M. Abdurahimov (К, О, С, Т), D. H. Bozorova (Х, Ч, Ц, Ш, Щ, Э, Ю, Я), B. Joʻrayev (З, П – qisman, Ф) bajargan.
Tuzuvchilar Lugʻat maqolalarini harflar boʻyicha OʻzSSR Fanlar akademiyasi A. S. Pushkin nomidagi Til va adabiyot instituti xodimlari S. Akobirov (А, Д, М, С), T. Aliqulov, (Л, Н, П, – па dan поветрие gacha), N. Alhamova (Э, Ю, Я), Zokir Maʼrufov (Б, Г, Ф, Ц), N. Mamatov (К, О), G. N. Mixaylov (Е, Ж), H. Yusufxoʻjayeva (И, Й, П – просаливать dan oxirigacha), R. Doniyorov (З, П – продавливать dan просаливать gacha, Т – третичный dan трогаться gacha), E. Umarov (В – восполниться dan oxirigacha, Т – тоннаж dan трансформизм gacha; трение dan третировать gacha; трогаться II dan тут gacha), Ergash Fozilov (В – верхами dan внакладку gacha), M. Abdurahimov (В – вне dan восполнить gacha), B. Xoʻjaxonov (Х, Ч, Ш, Щ, П – поветь dan подкурить gacha, Т – трансформирование dan трензельный gacha, тутовник dan oxirigacha), Gʻ. Neʼmatov (Р, В – boshlanishidan верх gacha), S. Qorayev (У, Т – boshlanishidan тонна gacha) tuzgan. Ikkinchi jildning oxirida berilgan „Geografik nomlar“ roʻyxatini geografiya fanlari doktori, professor Hamidulla Hasanov tuzgan.
Tahrirchilar Lugʻat maqolalarining dastlabki tahriri Zokir Maʼrufov (С, У, Ч, Э), T. Aliqulov (П, Р), N. Alhamova (А, Б, Д, Т, Ц), R. Doniyorov (Ф, Ш, Щ, Ю, Я), E. Umarov (Т), H. Yusufxoʻjayeva (И, Й, К, М, Х, Ч), B. Xoʻjaxonov (В) lar tomonidan bajarilgan.
Soʻzliklarni lugʻat talablari darajasida uzil-kesil tahrir qilish uchun maxsus redaktorlar (I tom boʻyicha S. S. Kim, II tom boʻyicha N. Alhamova) tayinlangan.
Frazeologiya va uning berilishini M. Abdurahimov (I jild) va H. Yusufxoʻjayeva (II jild) solishtirib, aniqlab chiqqan. Havola maqolalarni esa B. Joʻrayev tekshirgan.
Lugʻat qoʻl yozmasi ustida OʻzSE Bosh redaksiyasi xodimlari S. Sodiqov, D. Fayziyeva. B. Xoʻjaxonov, E. Shoahmedov, A. Karimova hamda Til, adabiyot va folklor ilmiy redaksiyasi mudiri P. Toʻrayev katta ilmiy-tahririy ishlarni bajargan. Lugʻat ikkinchi jildining qoʻlyozmasiga G. N. Mixaylov ayrim tuzatishlar kiritgan.
Lugʻatning I jildi S. Akobirov, II jildi N. Mamatov muharrirligida nashr etilgan. Tahrir hayʼatiga Matyoqub Qoʻshjonov raislik qilgan.
Texnik ishlarni bajarganlar Lugʻat qoʻlyozmasini tayyorlashdagi texnik ishlarni E. Umarov rahbarligi ostida N. Ikromova, F. Konyusheva, D. Muhiddinova, B. Joʻrayev, H. Ismoilov, SH. Halilova, M. Ortiqova, E. Eshonqulova, R. Shukurovlar bajargan.
Elektron versiyalari 2014-yil „Ruscha-oʻzbekcha lugʻat“ boshdan-oyoq Oʻzbekcha Vikilugʻatga maxsus bot yordamida qoʻshildi. Sahifa.tj saytida berilgan onlayn ruscha-oʻzbekcha lugʻatnda ham toʻlaligicha „Ruscha-oʻzbekcha lugʻat“dan foydalanilgan.
Manbalar
Havolalar „Ruscha-oʻzbekcha lugʻat“ning I jildi Ziyouz saytida „Ruscha-oʻzbekcha lugʻat“ning II jildi Ziyouz saytida „Ruscha-oʻzbekcha lugʻat“dan foydalanib tayyorlangan onlayn ruscha-oʻzbekcha lugʻat Oʻzbekcha Vikilugʻat
Turkum:Ruscha-oʻzbekcha lugʻatlar