Temirtov — () shahar, Markaziy Qozog'istonning, Qarag'andi viloyatida Nura daryosining yoqasida joylashgan. U butkul Qozogʻistonga, MDH davlatlariga oʻzining yer osti foydali qazilmalari bilan mashhur, Temirtov — Qozogʻistonning yirik isdustrial markazi. Temirtovdagi „Mittal Stil“ zavodi choʻyan, poʻlat, aglomerat va boshqalarni ishlaydi. Bu mahsulotlar Qozogʻistondagi barcha mahsulotlarni, korxonalarni taʼminlaydi. Shu bilan birga, oʻzining mahsulotlarini 60-dan ziyod davlatlarga eksport qiladi.
Aholisi Shahar aholisi 2012-yilgi maʼlumot boʻyicha 173 729 kishini tashkil qildi. Agar bu raqamni 2010-yilgi maʼlumotga solishtirsangiz shahar aholisining kamayganini koʻrasiz, bunga asosiy sabab shahardagi slovyan xalqlarining chet ellarga koʻchib ketishidir. Shaharning milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin: ruslar — 108 003 kishi (61,36 %) qozoqlar — 36 858 kishi (20,94 %) ukrainlar — 9924 kishi (5,64 %) olmonlar — 5168 kishi (2,94 %) tatarlar — 4361 kishi (2,48 %) beloruslar — 2267 kishi (1,29 %) koreyslar — 1648 kishi (0,94 %) yunonlar — 918 kishi (0,52 %) boshqurtlar — 585 kishi (0,33 %) chechenlar — 577 kishi (0,33 %) ozarbayjonlar — 566 kishi (0,32 %) polyaklar — 515 kishi (0,29 %) mordvalar — 513 kishi (0,29 %) chuvashlar — 468 kishi (0,27 %) moldavanlar — 410 kishi (0,23 %) oʻzbeklar — 284 kishi (0,16 %) boshqalar — 2701 kishi (1,67 %) Umumiy — 176 012 kishi (100,00 %)
Sanoati Temirtovda Qaragʻandi metallurgiya kombinati va issiqlik elektr markazi bor. Metall quyishmexanika, sintetik kauchuk zavodlari, „Karbid“ ishlab chiqarish. birlashmasi, oziq-ovqat korxonalari, Qaragʻandi metallurgiya kombinati huzurida oliy texnika oʻquv yurti, kimyomexanika va qurilish texnikumlari, musiqa va tibbiyot bilim yurtlari, teatr faoliyat koʻrsatadi.
Televideniye va Radio "„TV-29“ Telekompaniyasi" 29 DMV "„Sfera“ Telekompaniyasi" 41 DMV "„TKT“ Telekompaniyasi" 26 DMV „43 kanal“ Telekompaniyasi" 43 DMV „Radio 102“ 102 FM
Manbalar
Turkum:Qozogʻiston shaharlari