Tojikiston (, rasman Tojikiston Respublikasi () — Oʻrta Osiyoning janubi-sharqida joylashgan davlat, Maydoni 143.100 km². Aholisi 8,486,300 kishi (2014). Gʻarbiy va shimoli-gʻarbiy tomonidan Oʻzbekiston bilan, shimoliy tomonidan Qirgʻiziston, sharqiy tomonidan Xitoy bilan va janubiy tomonidan Afgʻoniston davlatlari bilan chegaradosh. Poytaxti — Dushanbe shahri. Maʼmuriy jihatdan Togʻli Badaxshon muxtor viloyati, 2 viloyat va 45 tumanga boʻlinadi. Tojikistonning dengizga chiqish imkoniyati yoʻq. Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon. Bosh Vazir: Qohir Rasulzoda.

Davlat tuzumi thumb|Vahdat binosi Tojikiston — respublika, unitar demokratik ijtimoiy huquqiy davlat. Amaldagi Konstitutsiyasi 1994-yil 6-noyabrda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (1994-yildan Emomali Rahmon), u Tojikiston fuqarolari tomonidan 7 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Majlisi Oli, ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligida Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradiIstoriya tadjikskogo naroda. Tom 6 (1941—2010gg). — Dushanbe, 2011.

Tabiati

Tojikiston togʻli mamlakat, hududining 93 % ini 300 m dan 7495 m balandlikkacha boʻlgan togʻlar, shuningdek, Oʻrta Osiyoning eng yirik togʻlari — Tyan-Shan va Pomir sistemasiga kiradigan togʻlar egallaydi. Hududining qariyb yarmini 3000 m dan baland boʻlgan togʻliklar tashkil etadi. Daryo vodiylarining kengaygan joylari va togʻ oraligʻidagi soyliklar tekisliklardan iborat, shimolda Qurama tizma togʻlari (Boboiob togʻi, balandligi 3769 m) va Moʻgʻultogʻ togʻlari (1624 m) joylashgan. Tojikiston markaziy qismida Olay tizma togʻlari (gʻarbiy qismi, 5539 m), Turkiston (5509 m), Zarafshon (5489 m, Chimtargʻa togʻi), Hisor va Qorategin tizma togʻlari (4643 m) va Zarafshon vodiysi (Turkiston va Zarafshon tizma togʻlari orasida), janubi-gʻarbiy qismida (Hisor-Olay tizma togʻlarining janubda va Pomirning gʻarbida) unchalik baland boʻlmagan Bobotogʻ, Oqtogʻ, Qoratogʻ, Teraklitogʻ, Sarsarak, Rangontogʻ, Ilonlitogʻ va boshqalar bor. Ushbu togʻlardan ayrimlari janubiy va janubi-gʻarb tomonga pasaya borib, Panj va Amudaryo qirgʻoqlarigacha qoʻshilib ketgan tekisliklardan iborat. Yuqoridagi tizma togʻlar oraligʻida Hisor, Vaxsh, Yovon, Quyi Kofarnihon, Surxob (Qizilsuv) va Yaxsuv vodiylari joylashgan. Tojikiston janubi-sharqiy qismida Pomir togʻlari qad koʻtargan (Tojikistonning eng baland joyi — 7495 m). Uning markazida Muzkoʻl tizma togʻlari va janubi-gʻarbda Shimoliy va Janubiy Alichur tizma togʻlari joylashgan.

Foydali qazilmalari Tojikiston hududida Oʻrta va Janubiy Tyanshan, Pomir burmali tizimlari hamda 2 yirik togʻlararo botiq (Fargʻona va Tojikiston depressiyalari) bor. Pomir va HisorOlay tizma togʻlarida togʻ billuri, oltin, kumush, simob, surma, mishyak, volfram, molibden, toshtuz, asbest, koʻmir, neft, tabiiy gaz, temir, rux, qimmatli toshlardan laʼl, lojuvard, marmar konlari mavjud. Oʻnlab mineral buloqlar, shu jumladan, Garmchashma shifobaxsh bulogʻi mashhur.

Iqlimi va ichki suvlari Iqlimi kontinental. Yanvarda oʻrtacha harorat vodiy va togʻ yon bagʻirlarida 2 °C dan —2 °C gacha, Pomirda —22 °C. Iyulning oʻrtacha harorati vodiylarda 30 °C, Pomirda 10 °C, eng yuqori harorat 48 °C gacha (Vaxsh vodiysi va Quyi Panjda). Yillik yogʻin miqsori Hisor tizma togʻlarining shimoliy yon bagʻirlarida 1600 mm gacha. Tojikiston markazi va janubda yoz va kuzda quruq issiq shamol va qisman garmsel, janubda afgʻon shamoli esadi. Asosan, Pomir hududida mingdan ortiq kattakichik muzliklar bor. Daryo koʻp, uzunligi 10 km dan ortiq boʻlgan daryolar 947 ta. Ular, asosan, Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryosi havzalariga mansub. Faqat Sharqiy Pomirdagi Oqjilgʻa, Qorajilgʻa va Muzkoʻl daryolari berkkoʻl — Qorakoʻlga quyiladi. Tojikistonda 930 koʻl boʻlib, aksariyati Pomir va Xisor-Olay tizma togʻlari etagida joylashgan. Sarez, Yashilkoʻl, Iskandarkoʻl, Kattakoʻl koʻllari, Qayroqqum, Norak, Farhod, Kattasoy, Moʻminobod va boshqa suv omborlari bor.

Tuproqlari va hayvonot dunyosi Tojikiston janubi-gʻarbi va shimoldagi pasttekisliklarda och kulrang, togʻ yon bagʻirlarida tabiiy kulrang, toʻq kulrang yoki jigarrang tuproqlar uchraydi. Shimoliy va Hisor-Olay etaklari tuproqlari och jigarrang, yuqoriroqda tabiiy jigarrang tuproqlar. Gʻarbiy Pomir soyliklarida toʻq kulrang, Sharqiy Pomirda esa choʻl tuproqlari mavjud. Tojikiston hududida oʻsimliklarning 4,5 mingdan ortiq turi oʻsadi. Togʻ yon bagʻirlarida, shuningdek, Qurama, Zarafshon, Hisor tizma togʻlarida butazor va archazor, Dangʻara, Moʻminobod, Xovaling, Chubek va Farxor atrofidagi togʻ va togʻ yon bagʻirlarida pista, yongʻoq, anor, olcha, oʻrik, nok, tut, bodom, doʻlana, jiyda, archa va boshqa yovvoyi mevali daraxtlar kabi oʻsimliklar oʻsadi.

Hayvonot dunyosi boy. Sut emizuvchilarning 84, qushlarning 346, sudralib yuruvchilarning 44, hasharotlarning 10 mingdan ortiq, baliqlarning 40 turi mavjud. Yovvoyi hayvonlardan toʻngʻiz, yovvoyi echki, arxar, kiyik, ayiq, sugʻur, qushlardan tovushqon, kaklik, chil, qirgʻovul, bedana va boshqalar mavjud. Janubi-sharq va shimoldagi togʻlarda qoplon, boʻri, tulki, jayra, qashqaldoq, ilon, yovvoyi mushuk, togʻ echkisi, kiyik, parrandalardan burgut, oʻrdak, laylak va boshqalar jonivorlar uchraydi. Tabiatni qoʻriqlash maqsadida Polvontoʻqay, Romit, Dashtijum qoʻriqxonalari va botanika bogʻlari tashkil etilgan.

Aholisi 2010-yili Tojikiston Respublikasining aholi soni 7 mln. 565 ming kishini tashkil qildi. Erkaklar soni 3 mln. 813 ming, ayollar esa 3 mln. 752 ming. Shu maʼlumotga tayangan holda, 1,000 erkak kishi uchun 984 ayol toʻgʻri keladi. 2013-yil 1-aprelda Tojikiston aholisi 8 000 000 kishini tashkil qildiProgramma po pereseleniyu sootechestvennikov.

Tojikiston aholisi jadallik bilan koʻpaymoqda, 1959-yilda 1 mln. 981 ming kishi edi, 1989-yilda esa — 5 mln. 109 ming,Ctatisticheskiy sbornik, Gosudarstvenniy komitet statistiki Respubliki Tadjikistan, Dushanbe, 2006. 2016-yilda esa — 8 mln. 551 ming kishini tashkil qildi. +Jadval 1. Tojikiston hududlaridagi aholi soni (ming kishi) 1989-yil 2000-yil 2016-yil Dushanbe shahri 594 562 802,7 Sugʻd viloyati 1558 1870 2 511,0 Xatlon viloyati 1704 2151 3 047,8 Togʻli-Badaxshon muxtor viloyati 161 206 217,4 Respublikaga boʻysunuvchi tumanlar 1092 1338 1 972,3 Jami 5109 6127 8551 +Jadval 2.Tojikiston Respublikasi aholisining milliy tarkibi: 1989-yil 2000-yil 2010-yil Tojiklar 64,3 % 79,9 % 84,3 % Oʻzbeklar 23,% 15,3 % 13,8 % Ruslar 7,6 % 1,1 % 0,5 % Tatarlar 1,4 % 0,3 % 0,1 % Qirgʻizlar 1,3 % 1,1 % 0,8 % boshqa millatlar 3,9 % 2,3 % 2,1 %

Tarixi thumb|220px|left|Buxoro shahridagi Somoniylar Maqbarasi, Oʻzbekiston thumb|left|Gʻuriylar Saltanatining xaritasi Oʻrta Osiyo, jumladan, hozirgi Tojikiston hududidan soʻnggi paleolit davriga oid qurollar topilgan. Qadimda Baqgriya davlati vujudga keladi. Keyinchalik Tojikiston hududida Ahamoniylar hukmronligi oʻrnatildi. 329-yilda makedoniyalik Aleksandr Makedonskiy qoʻshinlari bostirib keldi, xalq unga qattiq qarshilik koʻrsatdi. Natijada Tojikiston hududining bir qismi Salavkiylar davlati tarkibiga, soʻng hududning aksariyat qismi Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga kirdi. Kushon imperiyasi davrida yirik sugʻorish kanallari qurildi, shaharsozlik, hunarmandchilik yuqori darajaga koʻtarildi, ayniqsa, qoʻshni mamlakatlar bilan savdosotiq va ijtimoiy aloqalar rivojlana bordi. Yunon yozuvi asosida kushon yozuvi paydo boʻldi. V—VI asrlarda Oʻrta Osiyoning sharqiy qismini koʻchmanchi xioniy qabilalari, soʻngra eftaliylar egallab oldi. VI asr 2-yarmida Tojikiston hududi Turk xoqonligi tarkibiga qoʻshib olindi. VIII asr oʻrtalarida arablar bostirib kelishi natijasida islom dini joriy qilina boshlandi. IX—X asrlarda Tojikiston hududi Tohiriylar va Somoniylar davlati tarkibida, IX—XIII asrlarda Gʻaznaviylar, Qoraxoniylar, Gʻuriylar, Qoraxitoylar, Xorazmshohlar davlatlari tarkibida boʻlgan. Tojikiston hududiga bostirib kirgan Chingizxon qoʻshinlari (1219—1221) aholining qattiq qarshiligiga duch keldi (Xoʻjandda Temur Malik boshchiligidagi xalq qarshiligi va boshqa). Moʻgʻullar istilosi iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy hayotga jiddiy zarar yetkazdi. XIV asrning 2-yarmiga kelib, xoʻjalik qaytadan tiklana boshladi. Tojikiston hududi bu davrda Amir Temur va Temuriylar, XVI asrda esa Shayboniylar saltanati tarkibida boʻldi. Soʻngra Buxoro amirligi qoʻl ostiga oʻtib, XIX asrning boshlarida Buxoro amirligi va Qoʻqon xonligi oʻrtasida taqsimlandi. XIX asrning 2-yarmida podsho Rossiyasi tomonidan zabt etildi. Rossiyada Oktabr toʻntarishi (1917)dan soʻng aholining jiddiy qarshiligiga (Ibrohimbek, Eshon Sulton, Davlatmandbiy, Fuzayl Maxsumlar boshchiligida) qaramasdan, Tojikiston bolsheviklar tomonidan bosib olindi. 1917-yil noyabr — 1918-yil fevralda Shimoliy Tojikistonda shoʻro hokimiyati oʻrnatildi va u Turkiston ASSR tarkibiga kirdi. Tojikistonning qolgan hududi Buxoro amirligi tarkibida boʻldi. 1920-yil Buxoro bosqinidan keyin BXSR tashkil etildi. 1924-yil Oʻrta Osiyo respublikalarini „milliy davlat chegaralanishi“ deb atalgan boʻlib tashlash natijasida Tojikiston Oʻzbekiston SSR tarkibida muxtor respublika, 1929-yil esa SSSR tarkibida ittifoqdosh respublikaga aylantirildi. 1991-yil 9-sentabrda mustaqillik toʻgʻrisida deklaratsiya eʼlon qilindi va „Tojikiston Respublikasi“ nomi tasdiqlandi. Ittifoq tugatilib, Tojikiston 1991-yil sentabrda mustaqillikka erishgach, turli etnik, diniy va mahalliy urugʻ aymoqchilik guruhlari oʻrtasida qurolli toʻqnashuvlar boshlandi, bu esa mamlakat siyosiy hayotida beqarorlikka olib keldi. Nihoyat, 1997-yilda oʻzaro muxolif kuchlar milliy murosaga kelib, tinchlik oʻrnatildi. Tojikiston — 1992-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil 6-yanvarda tan olgan va oʻsha yil 1-oktabrda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 9-sentabr — Mustaqillik kuni (1991)Kursom nezavisimosti, reform i progressa.// Narodnaya gazeta. — 2011.- 14 sent..

Siyosiy partiyalari va harakatlar Tojikiston xalq demokratik partiyasi, 1994-yil xalq partiyasi nomi bilan taʼsis etilgan, 1997-yildan hozirgi nomda; Tojikiston kommunistik partiyasi, 1924-yil tuzilgan, 1992-yil yanvarda tugatilib, mart oyida qayta tashkil etilgan; Tojikiston uygʻonish va milliy birlik harakati; Adolatxoh partiyasi, 1996-yil tuzilgan; Agrar partiya, 1999-yil taʼsis etilgan; Tojikiston islom uygʻonish partiyasi (Hizbi nahzati islomii Tochikiston), 1978-yil yashirin ravishda tashkil etilgan, 1991-yildan oshkora faoliyat yuritadi; Tojikiston demokratik partiyasi, 1990-yil tuzilgan; Tojikiston sotsialistik partiyasi, 1996-yil taʼsis etilgan.

Qishloq xoʻjaligi Tojikiston agrarindustrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 25 %, sanoatniki 35 %, xizmat koʻrsatish sohasiniki 40 %. Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar 4,3 mln. gektar, shundan ekinzorlar 827631 gektar, yaylovlar 3,2 mln. gektar. Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi — dehqonchilik boʻlib, jami qishloq xoʻjaligi mahsulotining 65 % ni beradi. Unda paxtachilik, ayniqsa, ingichka tolali paxta yetishtirish yetakchi oʻrinni egallaydi. Bogʻdorchilik, uzumchilik, pillachilik rivojlangan. Moyli ekinlar, zigʻir, kartoshka, sabzavotpoliz ekinlari, yemxashak ekinlari ekiladi, gʻalla va sholi ham yetishtiriladi. Togʻ oldi va togʻ mintaqalarining sugʻoriladigan yerlarida tamaki, Hisor va Vaxsh vodiylarida yorongul ekiladi. Sitrus mevalar yetishtirish yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Tojikistonning barcha hududlarida, ayniqsa, togʻ yon bagʻirlarida chorvachilik rivojlangan: qoramol, qoʻy, echki, parranda, yilqi boqiladi.

Sanoati