Kirsten Caroline Dunst (; 30-aprel, 1982) amerikalik aktrisa, xonanda va modeldir. U 1989-yili Woody Allen'ning New York Hikoyalari antologiyasida debutlik qildi. 12 yoshida Dunst Vampir bilan intervyu (1994) filmida Claudia ismli vampirni oʻynab, eʼtibor qozondi, bu ijrosi uchun Oltin Globus mukofotiga nomzod etib koʻrsatildi. Oʻsha yili u shuningdek Kichik Ayollar filmida oʻynadi.

Dunst keng xalqaro shuhratga Oʻrgimchak-odam trilogiyasidagi (2002-07) Mary Jane Watson rolidan soʻng erishdi. Shundan keyin u Wimbledon (2004) romantik komediyasida, Begʻubor Ongning Abadiy Charaqlashi (2004) romantik ilmiy-taxayyulotida va Cameron Crowe'ning Elizabethtown (2005) tragikomediyasida ijro etdi. U Sofia Coppola'ning Marie Antoinette (2006) filmida bosh rolni oʻynadi va Doʻstlarni Qanday Yoʻqotish & Qanday Odamovi Boʻlish (2008) komediyasida qatnashdi. U 2011-yili Lars von Trier'ning Melanxoliya filmidagi roli uchun Cannes Film Festivalida Eng Yaxshi Aktrisa mukofotini oldi.

2001-yili Dunst Unut Buni filmida ilk bor qoʻshiq aytdi. U shuningdek Mushuk Miyovi (2001) filmi uchun ham jazz ashulasini kuyladi.

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Amerikalik ovoz aktrisalari Turkum:Amerikalik ayol modellar Turkum:Amerikalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Amerikalik bola aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar