Noʻgʻoy tili — turkiy tillar oilasiga mansub, Rossiya Federatsiyasining Chechen Respublikasida, Stavropol (jumladan, Qorachoy-Cherkes Respublikasi) va Krasnodar oʻlkalarining bir qator tumanlarida tarqalgan. Oqnoʻgʻ-ay, noʻgʻay, qoranoʻgʻay lahjalariga boʻlinadi. 60 mingga yaqin kishi soʻzlashadi. Noʻgʻoy tili fonetik va grammatik xususiyatlari bilan qozoq va qoraqalpoq tillariga oʻxshaydi, maye. umumturkiy „ch“ va „sh“ tovushlari Noʻgʻoy tilida „sh“ va „s“ga muvofiq keladi (Noʻgʻoy tilidagi shiq va tas soʻzlari boshqa turkiy tillarda chiq va tash tarzida talaffuz etiladi). Adabiy Noʻgʻoy tili XX asrda shakllangan; uning taʼsirida dialektal farqlar yoʻqolib bormoqda. Yozuvi 1924—28 yillarda arab alifbosi, 1928—38 yillardalotin alifbosi asosida boʻlgan; 1938-yildan esa rus grafikasi asosidagi alifbodan foydalaniladi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Alifbosi
Arab alifbosi 1928-yilgacha qoʻllangan arab alifbosi
Lotin alifbosi 1928-yildan ketin lotin alifbosini foydalandi A a B v Ç ç D d E e Ә ә G g Ƣ ƣ I i K k L l M m N n Ꞑ ꞑ O o Ө ө P p Q q R r S s Ş ş T t U u Y y J j Z z V v
Kirill alifbosi Hozirgi kundagi foydalanayotgan kirill alifbosi.
kirillchaTransliteratsiyakirillchaTransliteratsiya A aA aP pP p A aAʼ aʼ (Ä ä)R rR r B bB bS sS s V vV v (W w)T tT t G gG gU uU u D dD dU uU‘ u‘ (Ü ü) Ye eE eF fF f J jJ jX xX x Z zZ zTs sTs ts I iİ iCh chCh ch (Ç ç) Y yY ySh shSh sh (Ş ş) K kK k (Q q)Ъ ʼ- L lL lI iI ı M mM m - N nN nE eE e Nʼ nʼNg ngYu yuYu yu O oO oYa yaYa ya O oOʻ oʻ (Ö ö)
Manbalar