Kongo (fransuzcha: Conqo), Kongo Demokratik Respublikasi (fransuzcha: République Démocratique du Conqo; 1971—97 yillarda Zoir Respublikasi) – Markaziy Afrikada joylashgan davlat. Maydoni - 2345,4 ming km². Aholisi - 65,71 mln kishi (2012). Poytaxti – Kinshasa shahri Maʼmuriy jihatdan 11 viloyat (province)ra boʻlinadi. BMT - aʼzosi

Davlat tuzumi Kongo – respublika. Davlat va hukumat boshligʻi – prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni hukumat va Oʻtish parlamenti tomonidan qabul etiladigan dekret qonunlar orqali prezident amalga oshiradi. Ijroiya hokimiyatni ham prezident amalga oshiradi; u hukumat aʼzolarini tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi.

Tabiati Kongo hududi Shimoliy va Janubiy yarim sharlarning ekvatorial va subekvatorial mintaqalarining qirlar bilan oʻralgan Kongo botigʻida joylashgan. Kongo botigining eng past (300–350 m) allyuvial tekislik qismi mamlakatning markazi va gʻarbidadir. Jan.da balandligi 700–1000 m dan 1200–1300 m gacha boʻlgan supasimon platolar bor. Shaba viloyatidagi Mitumba togʻlari (1889 m), Maniqa (1679 m) va Kundelungu (1772 m) platolari keng tektonik botiklar bilan ajralgan. Sharqiy chegarasi boʻylab balandligi 2000–3000 m li top;ar joylashgan. Eng baland joyi – K. va Uganda chegarasidagi Ruvenzori togʻi (5109 m). Sunmagan vulkanlar bor. Kuchli zilzilalar boʻlib turadi. Foydali qazilmalardan mis, kolbalt, rux, uran, qalay, temir, volfram va marganets rudalari, boksit, oltin, kumush, platina, olmos, nikel, molibden, koʻmir va boshqa qazib olinadi.

Iqlimi mamlakat shimolida (3° shahri k. bilan 3° j. k. oraligʻi) ekvatorial, hamisha seryogʻin, janubida va chekka shimoliy da subekvatorial, yozi seryogʻin, qishi quruq, Kongo botigʻi va uning atrofidagi platolarda eng issiq oy – martning oʻrtacha temperaturasi 24—28°, eng salqin oy – iyulning oʻrtacha temperaturasi 22— 25°. Sharqi va janubi-sharqidagi togʻlarda iqlim salqinroq. Shaba viloyatida temperatura iyulda 16°, oktabrda 24°. Yillik yogʻin ekvatorial mintakada 1700–1800 mm dan 2000–2200 mm gacha, sharqidagi togʻlarda 2500 mm va undan koʻproq; chekka janubida 1000–1200 mm, eng shimolida 1300–1500 mm.

Daryolari koʻp va sersuv. Eng katta daryosi – Kongo va uning irmoqlari. Mamlakat xududining 9/10 qismi Kongo daryosi havzasida joylashgan. Deyarli hamma daryolarida ostona va sharsharalar bor, gidroenergiya resurslari nihoyatda katta. Daryolarning maʼlum qismlaridagina kema qatnaydi. K.da Kivu, Tanganika, Mveru, Tumba va boshqa koʻllar bor. K.ning shimoliy qismida podzollashgan laterit tuproq. Botqoqlashgan tuproklarda doimiy yashil ekvatorial sernam oʻrmonlar bor. Janubiy qismida va eng chekka shimolidagi qizil tuproklarda, asosan, boʻyi baland oʻtli savannalar, daryo boʻylarida esa galereyali oʻrmonlar oʻsadi. Janubi-sharqiy chekkasidagi qizil-qoʻngʻir tuproqli yerlarda barg toʻkuvchi siyrak savanna oʻrmonlari bor. Sharkdagi togʻlarda balandlikka koʻtarilgan sari mintaqalar oʻzgarib, sernam ekvatorial oʻrmonlardan baland togʻ ekvatorial oʻtloqlarigacha almashinib boradi. Ruvenzori togʻida abadiy qor va muzliklar bor. Oʻrmonlarda qimmatbaho yogʻochli qizil, sariq, eben, limba, agba kabi daraxtlar, yogʻli palma, kauchuk beradigan oʻsimliklar oʻsadi. Hayvonot dunyosi juda boy. Oʻrmonlarda har xil maymun, toʻngʻiz; savannalarda fil, karkidon, buyvol, jayran, gʻizol, zebra, jirafa, arslon, qoplon, gepard, chiyaboʻri, sirtlon, begemot (daryo va koʻllarda), qushlarning turli xillari, timsoh, zaharli ilonlar, baliq va hasharotlar (setse pashsha, termitlar) koʻp. Milliy bogʻlari – Virunga, Garamba, Salonge, Kaxuzi-Biyego va boshqa

Aholisi K.da 300 dan ortiq qabila va elatlar: luba, kongo, ruanda, azonda, bangi, tva va boshqa bor. Aholining 30% ga yaqini yirik shaharlarda yashaydi. Rasmiy til – fransuz tili; suaxili tillari, shuningdek, 20 dan koʻproq lahja bor. Aholining yarmiga yaqini mahalliy dinlarga, qolganlari xristian diniga eʼtiqod qiladi. Muhim shaharlari: Lubumbashi, Mbuji-Mayi, Kisangani, Kananga, Bukavu, Likasi, Matadi, Kikvit.

Tarixi Hozirgi K. hududida quyi paleolit davriga oid manzilgoxlar va tosh qurollar topilgan (Kasai, Lualaba, Luapula daryolarining yuqori oqimi). Yevropaliklar bu yerga kelishidan ancha avval Bakuba davlati hukm surgan, hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlangan. Soʻng Baluba, Lunda va shahri k. oʻndan ortiq mayda davlatlar mavjud boʻlgan. Aholisi ovchilik, baliqchilik, dehqonchilik, temir va mis rudalarini eritish ishlari bilan shugʻullanib kelgan. XV asr oxirida portugʻallar (D.Kan ekspeditsiyasi) Kongo daryosi havzasiga oʻrnashib olib, uni qul bozoriga aylantirdi (XV—XIX asrlar mobaynida u yerdan 13 mln. dan ortiq qul Amerikaga olib ketildi). Mahalliy xalq mustamlakachilarga, mahalliy amaldorlarga qarshi uzoq vaqt kurash olib bordi (1890-92, 1895-96, 1897-1900, 1901—07). XIX asr 70-yillarida Belgiya qiroli Leopold II har xil nayranglar bilan katta hududni bosib oddi. Bu hudud „Ozod Kongo davlati“ nomi bilan Leopold II mulkiga aylantirildi (1885). 1908-yil mazkur hudud kompensatsiya evaziga Belgiya ixtiyoriga berilgach, Belgiya Kongosi nomi bilan uning mustamlakasiga aylandi. Hokimiyatni general-gubernator idora qildi. Qul savdosi va ekspluatatsiyaning kuchayishi natijasida mahalliy aholi kamayib ketdi (1884-yil 30 mln; 1915-yil 15 mln.). Shunga qaramay, mamlakatda mustamlakachilarga qarshi harakat toʻxtamadi.

Birinchi jahon urushi yillarida va urushdan keyin mustamlakachilar mamlakat tabiiy boyliklari (oltin, olmos, mis va shahrik.)ni qazib olib, tashib keta boshladi. Kongo Demokratik Respublikasining eksportga moʻljallangan sohalari (kauchuk, kofe, kakao), konchilik va sanoatning kimyo, oziq-ovqat, toʻqimachilik, qurilish materi-allari kabi tarmoqlari, transport va energetika rivojlanib bordi. Katanga, Leopoldvil, Kasai va Kivu viloyatlari asosiy sanoat markazlariga aylandi. Yirik shaharlar qad koʻtara boshladi.

Ikkinchi jahon urushi davrida Belgiya Kongosi AQSH va Buyuk Britaniyaga harbiystrategik xom ashyo (mis, kalay, kobalt, rux, uran va boshqalar) yetkazib beradigan manbaga aylantirildi. Urushdan keyin 40-, ayniqsa, 50-yillarda mehnatkashlarning mustamlaka zulmiga qarshi harakati keskin tus oldi. Af-rikaliklar kasaba uyushmalari tuzish huquqiga erishdilar(1946). Koʻpgina madaniy-maʼrifiy tashkilotlar toʻzilib, ular keyinroq siyosiy partiyalarga aylandi. Bu partiyalar milliy ozodlik harakatini uyushtirib, Belgiya hukumatidan mustaqillik berishni talab qildi. Nihoyat, Belgiya bu talabni qondirishga majbur boʻldi.

1960-yil 30-iyunda mustaqil K. Respublikasi eʼlon qilindi. Kongo milliy harakati partiyasi rahbari Patris Lumumba bosh vazir, J. Kasavubu prezident lavozimini egalladi. 1960-yil sentabrda K. Respublikasi BMTga qabul qilindi. Respublika rahbarlari oʻrtasidagi kelishmovchiliklar mamlakat mustaqilligiga rahna sola boshladi. 1960-yil yevropaliklarni himoya qilish bahonasi bilan K.ga Belgiya qoʻshinlari bostirib kirdi. Bosqinchilarni daf qilish uchun Lumumba iltimosi bilan K.ga BMT armiyasi kiritildi. Lekin bu armiyaning sustkashligi natijasida milliy hukumat hokimiyatdan chetlatilib, vatanparvar rahbarlar taʼqib qilindi. Lumumba vahshiyona oʻldirildi (1961-yil yanvar). Vatanparvarlar mustaqillik kurashini toʻxtatmadilar. Ularning tazyiqi ostida parlament chaqirilib, S. Adula boshliq yangi hukumat tuzildi (1961-yil iyul). 1964-yil K. Demokratik Respublikasi deb eʼlon qilindi. 1965-yil 25-noyabr

da hukumat armiya qoʻliga oʻtdi. Uning bosh qoʻmondoni general-leytenant S. S. Mobutu mamlakat prezidenti deb eʼlon qilindi. Parlament yana tarqatildi, siyosiy partiya va jamoat tashkilotlari faoliyati taqiklandi.

Keyingi yillarda ichki siyosiy ahvol keskinlashdi. 1997-yil davlat toʻntarishi natijasida prezident Mobutu lavozimidan chetlatildi. Demokrat kuchlar uyushmasining rahbari Loran-Dezire Qabila hokimiyat tepasiga keldi. 2001-yildan mamlakat prezidenti – Jozef Qabila. Milliy bayrami – 30-iyun – Mustaqillik kuni (1960).

Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari K. ozodligi harakati, 1998-yil tuzilgan; Demokratiya uchun kongoliklar uyushmasi, 1998-yil tashkil etilgan; Inqilob xalq harakati, 1967-yilda asos solingan; Demokratiya va ijtimoiy taraqqiyot ittifoqi, 1982-yilda tuzilgan; Federalchilar va mustaqil respublikachilar ittifoqi, 1990-yilda tuzilgan. K. mehnatkashlar milliy birlashmasi, birlashgan kasaba uyushma markazi, 1967-yilda asos solingan.

Xoʻjaligi K. – kon va rangli metallurgiya sanoati rivojlangan agrar mamlakat. Xoʻjaligi tashqi bozor uchun mineral va qishloq xoʻjaligi xom ashyosi ishlab chiqarishga moʻljallangan. Yalpi ichki mahsulotda qishloq va oʻrmon xoʻjaligining ulushi 31,4%, konchilik sanoati ulushi 26,9%, savdo va xizmat koʻrsatish ulushi 33,9%.

Sanoati Iqtisodiy faol aholining 13% sanoatda band. Shaba viloyatida mis, marganets, Kipushida rux, Lualaba daryosi va Tanganika kuli ora-ligʻida qalay, Shimoli-sharqda oltin, Chikapa va Kasai daryolari havzasida olmos qazib chiqariladi. Eng yirik GESlar Shabada, Kongoning quyi oqimida 300 ming kVt li GES qurilgan. Rangli metallurgiya, metallsozlik, mashinasozlik, sement, kimyo, oʻrmonchilik, yogʻoch tilish, kemasozlik, toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻnpoyabzal, qand-shakar sanoati korxonalari hamda yogʻ, pivo, un zavodlari, tamaki fabrikalari, Matadi, Kinshasada kemasozlik va kema taʼmirlash korxonalari, Mvandada neftni qayta ishlash zavodi bor. Asosiy sanoat markazlari: Kinshasa, Lumumbashi.

Qishloq xoʻjaligi Iqtisodiy faol aholining 76% qishloq xoʻjaligida band. Yirik plantatsiya va chorvachilik xoʻjaliklari bilan birga yarim natural mayda dehqon xoʻjaliklari mavjud. Yirik xoʻjaliklar yetishtirgan mahsulot (palma yogʻi, kakao, geveya, kauchuk, kofe, choy va boshqalar) eksport qilinadi. Ichki ehtiyojlar uchun maniok, banan, sabzavot, sholi, makkajoʻxori, sizal, tariq, shakarqamish, paxta, batat ekiladi. Qoramol, choʻchqa, echki, qoʻy boqiladi, baliq ovlanadi. Oʻrmon boyliklaridan yetarli foydalanilmaydi. Eksport uchun qimmatbaho yogʻoch tayyorlanadi. Moy olish uchun yovvoyi palma mevasi teriladi. Umuman, qishloq xoʻjaligi ichki ehtiyojni qondirmaydi. K.da 16 ming km ichki suv yoʻli, 5,4 ming km temir yoʻl, 154 ming km avtomobil yoʻli bor. Dengiz portlari: Matadi va Boma. Kinshasa va Lubumbashida xalqaro aeroport bor.

Mineral xom ashyo eksport mollarining 80% ini tashkil etadi. Chetga mis, kobalt, rux, qalay, oltin, olmos, palma moyi va yongʻogʻi, kofe, choy, kauchuk, yogʻoch chiqaradi. Chetdan mashina-uskunalar, metall buyumlar, dori-darmon, transport vositalari, oziq-ovqat, gazlama, yoqilgʻi keltiradi. K., asosan, Belgiya, Lyuksemburg, AQSH, Italiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya bilan savdo qiladi. Pul birligi – K. franki.

Tibbiy xizmati K.da yuqumli kasalliklar keng tarqalgan. 1990-yillarning boshlarida 4324 shifoxona, shu jumladan, 402 umumiy kasalxona, 300 dan ortiq tugʻruqxona, 500 dan koʻproq dispanser, 12 tibbiyot markazi, 19 klinika, 5 sil va 3 ruhiy bemorlar kasalxonasi, 28 leprozoriy (moxovxona) boʻlgan. Ularda 2143 vrach, 20 ming tibbiy hamshira va doya ishladi. Vrachlar Kinshasa, Lubumbashi, Kisangani universitetlarida, oʻrta tibbiy xodimlar Kinshasadagi tibbiyot bilim yurtida tayyorlanadi.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari