Toha surasi (, nomining maʼnosi — ) — Qurʼonning -surasi. suralardan biri, oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning -sahifasida va -juzida joylashgan. -boʻlib nozil boʻlgan.
Asosiy mavzusi Bu sura Muhammad alayhissalomga xitob qilish bilan boshlanib, u zotga bor mavjudotning Hojasi tomonidan ingan Qur'oni Karimning Allohdan qoʻrqadigan kishilar uchun bir pand-nasihat ekani va Yaratganning eng maxfiy narsalardan ham ogoh boʻlgan zot ekanligi bayon qilinadi. Bu surada Alloh taolo Oʻzining soʻnggi paygʻambariga undan avval oʻtgan salaflari uchun ham Haq yoʻliga daʼvat qilish oson boʻlmaganini eslatib, suraning asosini tashkil etadigan Muso va Horun paygʻambarlarning qissasini batafsil bayon qiladi. Unda Muso alayhissalomning qay holatda paygʻambar boʻlganlari va u zotga Tangri taolo tomonidan qanday moʻjizalar ato etilgani; Muso bilan zolim Firʼavn oʻrtasidagi mujodala; Muso bilan sehrgarlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan muboraza-musobaqa; nihoyat Firʼavn va uning lashkarlari qanday halok boʻlganlari va boshqa voqea-hodisalar haqida hikoya qilinadi.
Yana bu surada barcha jonzot hisob-kitob uchun jamlanadigan qiyomat kunida ovozlar ham Rahmonga taʼzim qilishlari va faqat pichirlashlargina quloqqa chalinishi kabi qiyomat manzaralari ham tasvirlab oʻtiladi hamda Haq yoʻlidan toymagan kishilar oʻzlariga vaʼda qilingan jannatlarga kiritilib, kofirlar esa jahannamga tashlanishlari haqida xabar beriladi. Sura paygʻambar alayhissalomga ayrim ilohiy yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatish bilan nihoyalanadi.
Bu suraning nima sababdan "Toha" deb nomlangani xususida turli rivoyatlar mavjuddir. Ularning aksarida "Toha" — paygʻambar alayhissalomning ismlaridan biridir, deyiladi.
Manbalar
TOHA SURASI