„Toʻylar muborak“ () — Eduard Xachaturov 1978-yil yaratgan oʻzbek kinokomediyasi. Bosh rolda Oʻzbekiston xalq artisti Obid Yunusov oʻynagan. Filmda koʻngilchanligi tufayli oʻz toʻyi kuni koʻp odamlarga yordam beraman deb, toʻyiga zoʻrgʻa yetib keladigan kuyov haqida hikoya qilinadi.

Syujeti Kuyovni va uning spirtli ichimlik ichib ozgina mast boʻlgan doʻstlarini davlat avtomobil nazorati ishchisi toʻxtatadi. Kuyov doʻstlarini qoldirib, taksida toʻyxonaga joʻnaydi. Taksi haydovchisining boshi aylanib, koʻzi tinadi va mashinani avariya qiladi. Kuyov shoshib turgan boʻlsa-da, taksi haydovchisini shifoxonaga olib boradi. Shifoxonadan chiqqanidan keyin yoshi katta erkak va uning ayoli kuyovdan oʻz „taksisida“ ularni bir joyga olib borib qoʻyishini iltimos qilishadi. Hamma uni taksi haydovchisi deb oʻylaydi. Kuyov odamlarni aytgan joylariga olib bora olmasligini aytsa ham, unga quloq solishmaydi.

Filmning yakuniga yaqin kuyov bir ayolning uyidagi devorni gips bilan qoplash yuzasidan bir mardikor bilan savdolashayotganini koʻradi. Mardikor katta pul soʻragani uchun kuyov devorni oʻzi gips bilan tezda qolplashga qaror qiladi. Gipsni suv bilan qorgandan keyin dam olgani oʻtiradi va xayol sura boshlaydi. Gips tezda qotib qoladi va kuyovning oyoqlari qotgan gipsdan chiqmaydi. Kuyovni maxsus mashinada, oyoqlari gipsda qotgan holda toʻyxonaga olib boradilar.

Rollarda

Manbalar

Havolalar Obid Yunusov bilan BBC intervu: „Obid Yunusov oʻz armoni, Oʻtkuriyning muvaffaqiyati va tan bergan sanʼatkori haqida“

Turkum:Oʻzbekiston filmlari Turkum:1978-yil filmlari Turkum:Eduard Xachaturov filmlari Turkum:Oʻzbek tilidagi filmlar Turkum:Oʻzbekiston kinokomediyalari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar