Tehron () — Eronning poytaxti, Osiyodagi eng katta shaharlardan biriOsiyoning eng katta shaharlari . Shahar atrofi (Katta Tehron) aholisini qoʻshganda Tehron aholisining soni rasmiy maʼlumot boʻyicha 13 million, norasmiy maʼlumotga koʻra 16 milliondir [ Samonaviy Tehron ]. Aholisi soni boʻyicha Tehron jahonda 21-oʻrinda. Tehron Eronning siyosiy, iqtisodiy, transport, savdo va madaniy markazidir.

Tehron Eronning shimolidagi Elburs togʻining etagida, Kaspiy qirgʻogʻidan 90 km uzoqlikda joylashgan. Shahar gʻarbdan-sharqgacha togʻ yonbagʻri boʻyi bilan 40-50 kilometrga choʻziladi. Tehronning shimoliy tumani (Shemiran) dengiz sathidan 2000 metr balandlikda joylashdan. Shahrning janubiy atrofi (Rey, Sultonobod) Kavir toshloq choʻliga yaqin.

Tehron geografik jihatdan bir qancha chegaralarga, jumladan shimoli-sharqdagi Turkmaniston chegarasiga juda yaqin joylashgan.

Tehron Eronning avtomobil, elektronika, harbiy qurol-aslaha, yengil sanoat, qand, sement va kimyo sohalarining markazi hisoblanadi[ Eron yangiliklari ]. Shu bilan birga shahar mato va gilamlari bilan ham mashhur. XX asrda davlatning boshqa hududlaridan Tehron shahriga xalqlar ommaviy koʻchib kelishi keng avj oldi. Mahalliy aholisi forslar boʻlgani sababli, Tehron aholisining 98 foizi fors tilida, qolgan 2 foizi arab, ozarbayjon, arman, kurd tillarida gaplashadi.

Tehron zamonaviy va katta qishloq sifatida tanilgan

Etimologiyasi „Tehron“ () nomining kelib chiqishining bir necha nazariyasi bor.

Shaharning rasmiy saytida nom „tub“ (ته — teh) va eskirgan „qoya“ (ران — ran) soʻzlaridan chiqqan deb koʻrsatilgan. Shunda „Tehron“ تهران soʻzini — tehran — „qoyaning tagi“, yaʼni „qoyaning tagidagi shahar“ degan maʼnoni anglatadi. Tehron Tochal togʻining janubiy qoyasida joylashgani uchun, bu nazariyani rost deyish mumkin.

Boshqa nazariya boʻyicha „Tehron“ oʻz nomini Eron poytaxtining yonida joylashgan Parfiyaning Tiran shahridan oladi. „Tiran“ nomi esa „Tirning yeri“ (zardushtiylar mifologiyasi boʻyicha yogʻin xudosi) degan maʼnoni anglatadi. Tiranning yonida Mexran shahri joylashgan. Mexra hozir Tehronning chetidagi kichik tuman. Avval bu ikki shahar Rey tarkibida edi, hozir u ham Tehron atrofidagi shaharتهران چگونه پایتخت شد؟.

Uchunchi nazariya boʻyicha „Tehron“ soʻzi „issiq joy“ degan maʼnoni, shaharning shimolidagi Shemiran tumani boʻlsa „sovuq joy“ degan maʼnoni anglatadi.

Tarixi Qadimgi Tehron left|thumb|250px|"Karim-xon burchagi" („Xalvat-e Karim-xan“ Golestan saroyi, 1759-y. Qazish ishlari hozirgi Tehron yerida ilk manzilgohlarning mil.av. 6-ming yillikda boʻlganini koʻrsatadi. Qadimgi odamlar Turgʻinlar davlatning janubidagi choʻl-u biyobonlardan qochib, Elburs togʻi qoyalariga kelib yashashgan. Boshlanishida shahar Eronning eng qadimgi shaharlarining biri — Reyning sharqi-gʻarbidan birnecha kilometr masofada joylashgan qishloq boʻlgan. Shu vaqtdagi Tehronning asosiy iqtisodini qishloq xoʻjaligi tashkil qilgan, jumladan meva-cheva yetishtirish keng ratqalgan boʻlgan.

Tehronning siyosiy markaz boʻlib yuqori pogʻonaga koʻtarilishi 1228-yili moʻgʻullarning Reyni yakson qilish bilan bogʻliq. Talon-tarojga uchragan shaharning aholisi Chingizxon tegmagan Tehron shahriga qochishadi. Oʻzining 1275-yilgi yozmalarida, Muhammad Zakariya Gazviniy Tehronni „asosiy savdo shahri“ deb taʼriflaydi. Bu davrda Tehron harbiylar boshqargan 22 tumanga boʻlingan (mahale). XIII asrda shaharsozlikda, asosan, sozdan ishlov berilgan yoki togʻli jinsning ichidan oʻyilgan uylar barpo etiladi. Hamdolla Mostafiy yozmalarida 1340-yili Tehron mahalliy Elxoniy moʻgʻul provinsiyasidagi eng katta shahar Varaminning toʻrt tumanining biri boʻlib hisoblanadi. Qayta barpo etilgan Rey Tehron hokimiyatining qoʻliga oʻtadiHamd-Allah Mostawfi, „Nozhat al-qolub, éd. et tr. Le Strange“, str. 53—60.

Tehronga kelgan ilk yevropalik 1404-yilning iyulida Samarqandga safarlangan ispan elchisi Ruy Gonsales de Klavixo deb koʻrsatiladi. U Tehronni katta shahar deya tariflab, shimol tarafida Temuriylar rezidensiyasi joylashganini, Reyning esa tashlandiq manzilgohga aylanganini aytib oʻtadi. XV-asr boshidagi Tehron rejasini Imomzoda xotirlash ibodatxonalarning belgili prinsip bilan joylashishidan qayta barpo etish mumkin boʻldi. Masalan, Sayid Ismoil Imomzodasi (Tehrondagi arxitekturaning eng qadimgi obidasi) shu davrda shaharning oʻng chekkasida joylashgan. Tehronning shimoli-gʻarbiy chekkasi hozirgi Golestan saroyi tumanida joylashgan. XV asrdan boshlab salqin havo bilan suv qaynarlarini tomon intilgan shahar shimolga tomon oʻsa boshlaydi, Tochal qoyasida ilk bor shahar mahallalari paydo boʻladi.

1553-1554-yillar oraligʻida Safaviylar sulolasining ikkinchi hukmdori shoh Taxmasib I Tehronda Tehron bozorini va zambaragi bor 114 minora qurdiradi (Qur’ondagi suralar soni boʻyicha). Safaviylar Tehronni oʻzlarining asosiy qamali deb tanladi. Sababi, bir tarafidan, Reyda sulolasining asosini solgan Seyeda Hamzaning qabri joylashgan, ikkinchi tarafidan esa Tehron shu vaqtda shia qochqinlarining dasturli boshpanasi boʻlib ulguradi (Safaviylar Erondagi toʻngʻich shia sulolasi). Uning oldida Tabriz shahri Usmonli imperiyasi tomonidan bosib olinganidan keyin, Taxmasib poytaxti Tabrizdan Gazvinga almashtiriladi (Tehronning gʻarbidan 150 km). Agar Gazvin xatarga uchrasa, Taxmasib Tehronni oʻzining rezidensiyasi deb tanlaydi. Yevropalik sayyohlar taʼriflashi boʻyicha oddiy shahar uchun devori juda qalin boʻlgan. Tehron aholisi soni 20 ming kishidan oshmasa ham, devor uzunligi 8 km ni tashkil qilib, 4.5 km² hududni egallagan.

Chahar baq („toʻrt bogʻcha“) nomli Tehrondagi doimiy rezidensiyani Abbos II soladi. Sulaymon I farmoniga binoan shaharda saroy barpo etiladi (Devonxona). Shu hududda 1227-yili afgʻonlarning Eronga harbiy yurushi boshlanish arafasida, Safaviylarning soʻnggi shohi usmonli sultoni Ahmad III ni mehmon qiladi.

Tehronda shaharsozlikning qizgʻini XVIII asrda boshlandi. Safaviylar oʻrniga kelgan Zend hukmdorlari, shaharning asosiy boʻlagini jadallik bilan sola boshlaydi. Karim Xon Tehronda saroy, haram va davlat mahkamalarga rezidensiya solishga farmon beradi. U Tehronga poytaxt maqomini berishni koʻzlagani bilan, lekin poytaxt vazifalari Sherozga beriladi (Fors imperiyasining qadimgi poytaxti).

Karim Xon vafotidan keyin Tehron uchun Zendlarga odil Gafur Xon va Moxammed Xon Kajar oralarida hokimyat uchun kurash boshlanadi. 1786-yilning 12-martida Moxammed Xon Tehronga kirib poytaxtni butunlay shu yerga koʻchiradi. Bu qarorga Tehronning savdo yoʻllari oʻrtasida joylashishi va shimoliy provinsiyalarga Rossiya Imperiyasi yarat xatar taʼsir qiladi.

Eron poytaxti thumb|250px|Tehron konferensiyasi, 1943-yil Moxammed Kajarning jiyani Fetx Ali-shoh Tehron qurulishiga oʻzining koʻp hissasini qoʻshdi. Jumladan, uning hukmronlik vaqtida Tehronda Marmar saroyi va Shoh masjidi barpo etildi. 1830-yili Tehron aholisining soni 150 ming kishiga yetdi. Moxammed Kadjar vaqtida Tehron shahar devorlari chegaradan chiqib, shaharning shimolida saltanatli saroylar barpo etildi.

Fetx Ali-shax vaqtida, 1829-yilning 11-fevralida, Tabrizdan rus elchiligini tanishtirishga kelgan Aleksandr Griboyedov boshchiligidagi guruh magʻlubiyatga uchrab, guruh boshi Griboyedov shu jangda vafot etadi.

Tehron tarixidagi eng katta miqyosli qayta qurish ishlari 1870-yili Nasriddin shoh hukmronligi vaqtida boshlandi. U shahardagi barcha qamal binolarini buzishga farmon berib, ularning oʻrniga yangi mahallalar paydo boʻladi. Eski devorlar buzilib, oʻrniga uzunligi 19 km sakkiz burchakli devor barpo etiladi. 12 boy ishlangan shahar darvozalari turgan joyda, hozir shaharga olib boruvchi asosiy magistrallar joylashgan. Undan boshqa Nasriddin-shoh vaqtida koʻplab binolar rekonstruksiyalanib, suv bilan taʼminlashning markazlashtirilgan usullari barpo etiladi. Uning hukmdorligining soʻnggi yillarida (1897) shahar aholisi soni 250 ming kishidan oshib, ularning koʻpchiligi shahar devorlarining tashqarisida yashashadi.

thumb|250px|Erondagi Islom revolutsiyasi, 1979-yil 1925-yili Eron taxtiga Rizo Pahlaviy oʻtiradi va 1930-yillari shahar yana bir marta yangilanishni boshidan kechiradi. Rizo Pahlaviy farmoniga binoan „Nasriddin devorlari“ buzilib, ularning oʻrniga esa keng shoh koʻchalar solinadi. Davlat va tijorat mahkamalariga yangi binolar qurish uchun shoh koʻplab chet el arxitektorlarini chaqiradi. Shularning orasida rus arxitektorlari ham boʻladi: Nikolay Markov („Elburs“ maktabi), Vladislav Gorodetskiy (temir yoʻl bekati) va boshqalarMina Marefat, „The protagonists who shaped modern Tehran“. Qayta qurishdan keyin Tehron hududi 46 km² ni tashkil qilib, Fetx-Ali Shoh vaqtidagi Tehron bilan taqqoslaganda bir necha marta kattaydi.

1943-yili Tehronda Gitlerga qarshi koalitsiyaning uch ittifoq davlatlari hukumatlari boshliqlarining xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtadi. SSRI, AQSh, Birlashgan Qirollik ikkinchi frontning ochilish vaqtini taxmin qilib belgilaydi. „Tehron-43“ kengash koʻrkam filmida Ruzveltni (AQSh prezidenti) oʻldirishga yuborgan olmon josuslar guruhi haqida qarama-qarshi voqea muhokama qilinadi. Konferensiyada Eronning mustaqillik va hududiy butunligining kafolati eʼlon qilinadi.

Urushdan keyin Tehron aholisining soni 1 million kishiga yetadi. Soʻnggi shoh Muhammad Pahlaviy vaqtida eski shaharning koʻplagan qadimgi qurulishlari buziladi. Shohning maʼlum qilishicha, hozirgi Tehronda ularga oʻrin boʻlgani yoʻq. Koʻplab qamal binolarining va saroy oʻrinlarida hozir koʻp qavatli uylar yoki keng avtomagistrallar joylashgan. Turgʻun uy qurilish oʻchogʻi boshlanishi bilan, Tehron oʻzining „qadimgi“ qiyofasini batamom yoʻqotadi. Shoh oila-aʼzolari bilan shaharning shimoliga, Niavaranga koʻchadi.

thumb|250px|Avvalgi AQSh Elchixonasi oldidagi plakat. Ostidagi koʻk yozuv: Marg bar Ameriko — „Amerikaga oʻlim“ 1969-yili Shemiran Tehron tarkibiga kirib, shaharni shimolgacha kengaytirish ishlari toʻxtaydi. Yangi shahar qurilish doktrinasi boʻyicha, shahar gʻarb va sharqqa tomon kengaytirila boshlaydi. Shahar qurulishi Kerejga yaqinlaydi. Shaharning gʻarbi bilan janubidagi sanoat tumanlari barpo etiladi. Gʻarbdagi energetik krizisni olib kelgan 1970-yillardagi neft bahosining birdaniga oʻsishi shaharning yana ham chiroy ochishiga imkoniyat yaratadi. Shoh neft eksportidan kelgan koʻp daromadni yangi tuman barpo etishga sarflashga kirishdi U tuman Pahlaviy mansabining ramziga aylanishi shart boʻlgan. „Shohiston“ rejasi 1976-yili tayyor boʻldi, biroq moliya tugashi bilan ish amalga oshmadi.

1978-yilning 8-sentabrida, Tehronda va butkul Eronda shoh hukumati raqiblarining demonstratsiyalari boshlanib, keyinchalik ommaviy norozilikka ulashadi. Shunday birinchi yirik norozilik sentabrda boshlanib, politsiya kuchi bilan tarqatiladi. Shu vaqtdan boshlab, ommaviy qoʻzgʻolonlar taʼsiridan Tehron iqtisodi „toʻxtab qoladi“. Shu jumladan, 1979-yilning 16-yanvarida shoh isyonchilarga qarshi tura olmay, Erondan qochishga majbur boʻladi, 1-fevralda esa million tehronliklar badargʻa qilingan imom Ruhulloh Homayniyni (15 yil avval shahardan badargʻa qilingan) qarshi oladi. Shaharda homayniyliklar bilan ularning raqiblari orasida nizo boshlanadi. 9-fevralda, Mehrobod aeroportidagi texniklar janjali koʻchalardagi ommaviy qoʻzgʻolonlarga ulashadi, qoʻzgʻolonlar natijasida ikki kunda Homayniy tarafdorlari barcha hukumat mahkamalarini va politsiya boʻlimlarini bosib oladi. Eronda 11-fevral Revolutsiya gʻalabasi kuni deb nishonlanadi. 1979-yilning 4-noyabrida harbiy kayfiyatdagi talabalar guruhi amerika elchiligini bosib oladi, elchilik xodimlari asirlikda 444 kungacha boʻladi.