Sahrói kabír (, as-Sahro al-Kubro; ) — Yer yuzidagi eng katta tropik choʻl hisoblanadi. Afrika qitʼasining shimolida joylashgan. Gʻarbdan sharqqa qarab taxminan 4800 kmga, shimoldan janubga qarab 800 dan 1200 kmgacha choʻzilgan boʻlib ; 8,6 mln km maydonni egallaydi. (Afrika qitʼasining 30%ga yaqin maydoni, Braziliyadan kattaroq). Gʻarbdan Atlantika okeani sohillarigacha, shimolda Atlas togʻlari va Oʻrtayer dengizi, sharqdan Qizil dengiz bilan oʻralgan. Sahroning janubiy chegaralari (16° shimoliy kenglikda) kamharakat qumli dyunalar iborat boʻlib, undan janubda Sudan savannasiga oʻtuvchi Saxel regioni joylashgan.

Sahroi Kabir qisman oʻndan ortiq mamlakat — Jazoir, Liviya, Mali, Marokash, Mavritaniya, Misr, Niger, Sudan, Tunis, Gʻarbiy Sahroi Kabir va Chad hududini egallagan edi. Choʻlning katta maydonida oʻtroq ahloli yashamaydi, oʻtroq hayot asosan vohalar, Nil va Niger daryosi vodiylarida tarqalgan. Sahroi Kabirda asosan qumli-toshli rayonlar koʻp uchrasada, uni faqat bir tipdagi choʻllar kiritib boʻlmaydi. Sahro turli hududlarga boʻlib, ular: Tenere, Katta Sharqiy Erg, Katta Gʻarbiy Erg, Tanezruft, Al-Hamro, Igidi, Erg-Shesh, Arab choʻli, Jazoir choʻli, Liviya choʻli, Nubiya choʻli va Talaq choʻllaridan iborat.. Sahroi Kabir doimiy ravishda oʻsib bormoqda: u har yil janubga tomon 6÷10 kmga kengaymoqda.

Sahroyi kabirdagi javohir nomi

Sahroi Kabir nomining ilk bora esga olinishi eramizning I asriga oid boʻlgan. U arabcha ( — ṣaḥrāʾ) soʻzidan olingan boʻlib, „choʻl“, „sahro“ maʼnolarini beradi, bu soʻzning koʻplik maʼnosini beruvchi koʻrinishi esa „ṣaḥārā“ koʻrinishiga egadir. Bundan tashqari, uning sifat beruvchi „aṣḥar“ soʻzi bilan aloqasi bor, deb hisoblashadi. Bu soʻz hech nima oʻsmaydigan qizil tekislik, maʼnosini anglatadi. Boshqa manbalarga qaraganda, qadimgi arab tilida „sahra“ — „jigarrangsimon qizil“ maʼnosiga ham ega boʻlgan holda ular Sahroi kabordan iboratSlovar sovremennix geograficheskix nazvaniy. — Yekaterinburg: U-Faktoriya. Pod obщey redaksiey akad. V. M. Kotlyakova. 2006.. Sahroi kaborning bir nechta hududlar nomi, jumladan Tanezruft (Jazoirning janubi-gʻarbi), Tenere (Nigerning markazida), Shimoliy Afrikaning tub aholisi hisoblanmish, barbarlar tilidan olingan ediSahara — Britannica Online Encyclopedia .

Joʻgʻrofiy xarakteristikalari

Maydoni thumb|300px|Sahroi Kabir (Tunis) Turli manbalar Sahroi Kabirning maydonini turlicha talqinda aniqlashtirishadi, shuning uchun maydon oʻlchamlari bahosi oʻzgarib turar edi. 100 va 200 mmli izogiyeta, quruqlik indeksi, xurmo daraxtlarining meva berish chegaralari va shimolda sparto oʻtlarining oʻsishi, shuningdek, janubda boshqa turdagi oʻsimliklarning oʻsish maydoni kabi aniqlash usullaridan foydalanishgan. Ayrim manbalar Sahroi Kabirning sharqiy chegarasi Nil daryosi bilan tugashini hamda Arab choʻli va Nubiya choʻli uning tarkibiga kirmasliklarini yozishadi. „Bolshaya sovetskaya ensiklopediya“da choʻl diapazoni 6 mln.dan dan 8 mln km2 gacha ekanligi yozilgan. Britannika ensiklopediyasi maʼlumotlariga qaraganda Sahroi Kabir 8,6 mln km2 maydonni egallagan boʻlib, u qitʼa hududining 30%ini egallagan edi. WWF tashkiloti esa, sahro maydonini 9,1 mln km2 deya taʼkidlaydi.

Geologiya va foydali qazilmalar Choʻl qadimiy Afrika platformasining shimoli-gʻarbiy Sahroi Kabir plitasida joylashgan. Plitaning markaziy qismi boʻylab gʻarbdan sharqqa tomon Markaziy Sahroi Kabir tepaliklar zonasi choʻzilib yotgan boʻlib, u yerda quyi kembriy davri kristall poydevori plita yuzasiga chiqib qolgan. Tepaliklar zonasidan shimolda va janubda Shimoliy Sahroi Kabir va Janubiy Sahroi Kabir pastliklari joylashgan boʻlib, u yerdagi platforma bukiklari fanerozoy choʻkindi togʻ jinslari bilan qoplangan. Bu zonalarda boʻr davri oʻrtalariga qadar qitʼaviy qatlamlar toʻplangan, keyinchalik ular boʻr davri oxirlari va paleogen davri boshlarida dengiz choʻkindilari bilan yopilgan (pastliklarning janubiy qismida dengiz choʻkindilari qalinligi pasayib boradi). Olitsogen davridan boshlab dengiz chekingan va qadimgi massivlar (ayniqsa Axaggar va Tibetsi) kuchli koʻtarilishlarga uchraganlar. Janubiy Sahroi Kabir pastliklar zonasida tekis Taodenni sineklizasi, Gao grabeni, Mali-Niger sineklizasi va Chad sineklizalari mavjud. Platformaning turgʻunligi sabab, paleozoy erasining formalari gorizontallikni saqlab qolgan va kam oʻzgargan. Sahroning shimoliy qismida (gʻarbiy Misr, Jazoir) bu jinslar choʻkiklar va havzalar bilan bogʻlanib ketgan. Sahroning janubiy qismidagi platforma bukilishlari kaynozoy koʻllari (Chad koʻli va Unianga koʻllar guruhi shular jumlasidandir) bilan egallangan ulkan havzalarni vujudga keltirgan. Sahro hududida boy neft va gaz resurslariga ega Sahroi Kabir neft-gaz havzasi boʻlib, unda Xassi-Mesaud, temir rudasi, Kediyet Ijil, mis rudasi konlari mavjud. Oltin, volfram, uran va noyob metallar konlari quyi kembriy poydevori bilan bogʻliq.

Relyefi thumb|Sahroi Kabirning topografik xaritasi Sahroi Kabirning landshafti turli-tuman. Maydonining koʻp qismini (70%ga yaqin) qoyali gil tepaliklar va 500 mgacha balandlikka ega toshli platolar (xamada)dan iborat. Sahroning markaziy qismida Tibesti (Sahroi Kabirning eng baland nuqtasi — Emi-Kusi vulqoni) va Axaggar (Taxat togʻi, 3003 m) togʻlari mavjud. Bu hududlarda neogen va antropogen davrlarida juda faollashgan vulqonlarning, chuqur va keng vodiylar (kengligi 30 km, uzunligi 400 km) va qurib qolgan qadimgi daryolar oʻzanlaridan iborat. Togʻoldi hududlarining oʻziga xos jihati shuki, u yerda togʻ jinslarini oʻrab oluvchi ferromarganetsli qora qatlam mavjuddir. Sahro platosi asosan shamolda uchib yuruvchi jinslardan tarkib topgan (masalan, Jazoirdagi Tademait platosi). Sahroi Kabirda qoyalar, togʻlar va platolardan tashqari koʻplab uncha chuqur boʻlmagan shoʻrxok, oqmas suv havzalari (sebxalar, shottlar va dayilar), vohalarga ega ulkan choʻkiklar ham uchraydi. Choʻlning nisbatan quyi joylashgan hududlari — Kattara (-133 m, Sahroi Kabirning eng past nuqtasi), Al-Fayyum, Melgir (-26 m) va Bodeledir. Turgʻunlikka moslashgan vadilar, qumli choʻllar (erglar) va dyunalar sahroning 25%ini yaʼni 2,2 mln km2 maydonini egallagan.. Sahroning eng koʻp qumga ega qismlar — Igidi, Erg-Shesh, Katta Gʻarbiy Erg, Katta Sharqiy Erg, Erg-Shebbi va boshqalardir. Barxanlar tizmasi nimjon kserofit oʻsimliklar bilan qoplangan. Sahroda aylana, yulduzsimon, kesishgan dyunalar, oʻroqsimon barxanlar uchraydi; piramidasimon dyunalar 150 mgacha, tizmalar 200-300 mgacha balandlikka yetishi mumkin. Shimoliy va shimoli-sharqiy hududlarning janubi — Aubari, Idexan-Marzuk, Tenere, Liviya choʼlida koʻchib yuruvchi qumliklar uchraydi.

+ 250px250px250px.Tadrart-Akakus togʻlari, LiviyaEnnedi hududidagi Gelta, Chad

Suv resurslari Choʻl tashqarisidan oqib kiruvchi bir necha daryo sahroning yer usti va yer osti suvlarini toʻldirib turadi. Nil sahrodagi yagona doimiy suv oquvchi daryodir. 1964-1968-yillarda Nil daryosida Nosir nomli katta suv ombori qurilgan. Nil suvi pasaygan paytda bu ombor Toshka koʻllarini vujudga keltiradi. Sahro janubida bir necha daryolar Chad koʻliga quyiladi, ularning koʻplari shimoli-sharqqa tomon yurishni davom ettirib, mahalliy suvli qatlamlarni boyitadi. Choʻlning janubi-gʻarbiy qismidan oʻz ichki deltasiga Fagibin, Garu, Niangay va b. koʻllarni olgan Niger daryosi oqib oʻtadi.

Sahroning shimoliy hududlariga Liviya, Jazoir, Tunis va Marokashning Antiatlas, Atlas, Ores va boshqa sohilboʻyi tepaliklaridan oqib keladigan, irmoqlar va vadilar (asosan quruq, kuchli yomgʻirlardangina toʻlib oquvchi suv yoʻllari) suv olib keladilar. Bunday daryolardan eng kattalari — Draa, Saura va Ziz. Ulardan kichikroq vadilar asosan kelib shottlarga quyiladilar. Sahroi Kabirning ichki qismida Axaggara, Tassilin-Ajera va Tibesti oʻzanlaridan qadimiy va keng daryolar tarmogʻi — Igargar, Tafasaset, Tamanrasset va b. vadilar yoyilib ketadi. Ulardan ayrimlari juda qadimda, qitʼaning iqlimi namroq boʻlgan paytlarda vujudga kelgan, boshqalari esa, Jazoirning Tamanrasset shahrini vayron qilgan suv toshqini (1922-yil) kabi tabiiy toshqinlar natijasida paydo boʻlgan. Sahroning qumli dyunalari yomgʻir suvining koʻpgina qismini oʻzida saqlab qoladi. Keyinchalik ular sahro qiyaliklaridagi buloqlardan sizib chiqadi. Yomgʻirlar shuningdek geltalarni ham toʻldiradilar, geltalardan ayrimlari doimiy boʻlib, ular qurib qolmaydilar (Arshey, Zemmur va b.). Sahroi Kabirning chekkalari va markaziy togʻ massivlarida botqoqlashgan va kuchli minerallangan relikt koʻllar ham saqlanib qolgan, misol uchun Unianga koʻllar guruhiga kiruvchi Yoa koʻlini keltirish mumkin. Sahroi Kabir qumlari ostida ulkan yerosti suv havzalari joylashgan, ular orasida artezian suv havzalarini mavjud. Bu havzalar asosan kontinental quyi boʻr davri qumtoshlari qoshida mavjud boʻlib, vohalarni suv bilan taʼminlaydi. Yerosti oqimining kuchliligi sabab, sahroning shimoliy qismi yerosti suvlariga boy, yerning nam qatlami esa, biroz quyiroqda joylashgan. Yerosti suvlaridan irrigatsiya maqsadida ham foydalanishadi, bunga misol qilib Liviyaning Buyuk sunʼiy daryo loyihasini keltirish mumkin.

+ 250px250px250pxBuyuk Atlas togʻlaridan Sahroga oqib tushuvchi Ziz daryosiTogʻoldi Axaggar vohasiArshey geltasidagi suv manbasi olida tuyalar, Chad

Tuproqlar Sahroi Kabirning asosiy qismi tuproqlari tropik choʻl, yarimchoʻl (mayda tosh, shagʻalli, qumli) xarakteriga ega. Tuproq organik moddalarga boy emas, tuproq qatlamlarining farqi yaqqol sezilmaydi. Ayrim hududlarda azot toʻplovchi bakteriyalar uchrasada, Sahroi Kabir tuprogʻi biologik jihatdan nofaol hisoblanadi. Choʻlning chekka qismlarida organik moddalar miqdori koʻproq; choʻnqirlarda asosan tuzga boy tuproq uchraydi. Oʻzaro birikmagan karbonatning mavjudligi past darajadagi ishqorlanishdan dalolat beradi. Sahroning shimoli-gʻarbiy hududkarida 1–2 m qalinlikka ega boʻlgan oxak-gips aralashmali tuproq qatlamlari koʻproq tarqalgan. Oʻsimliklarga nisbatan ehtiyotsiz muomala va oʻzboshimchalik bilan tuproqqa ishlov berish va shamollar oqibatida, koʻchib yuruvchi qumlar vohalarni egallab olmoqda. Buning oldini olish maqsadida 1974-yil Liviyada „yashil devor“ loyihasi boshlab yuborilgan, unga koʻra 1500 km masofaga ekilgan evkalipt va b. daraxtlardan tabiiy qalqon hosil qilingan.

Iqlimi Iqlimiy nuqtai-nazardan qaralsa, hozirgi Sahroi Kabir hududi paleotsen davri boshlarida, taxminan 5 mln yil avval choʻlga aylangan, sahro hududi soʻnggi marta neolitik subpluvial davrida savanna boʻlgan. Hozirgidek quruq iqlim taxminan 10 ming yildan beri davom etmoqda. Sahroi Kabir tabiiy sharoitining sezilarli darajada oʻzgarishini XVI asrdan XVII asrgacha, Yevropada Kichik muzlik davri yuz bergan vaqtda kuzatishgan. Bu vaqtda sahroning shimoliy chegarasi va shimoliy hududlari boʻylab yogʻingarchilik miqdori ortgan. XIX asrga kelib, sahro iqlimi xuddi hozirgiga oʻxshash koʻrinish kasb etgan. Sahroi Kabirning iqlimiga yil boʻyi shimoli-sharqiy passat shamollari kuchli taʼsir oʻtkazib keladi. Oʻrtacha namlik miqdori 30-50%ni tashkil etadi, namlik miqdorining pastligi va yuqori darajadagi bugʻlanish (potensial bugʻlanish miqdori 2500–6000 mm) ingichka sohilboʻyi hududlarini hisobga olmaganda, sahroning barcha hududlari uchun oddiy holat hisoblanadi. choʻlda ikkita asosiy iqlimiy sharoit ajralib turadi: shimolda quruq subtropik, janubda quruq tropik. Shimoliy hududlar sutkalik va yillik haroratning keskin oʻzgarishiga uchraydilar, qishda salqin, hatto sovuq va yozda oʻta issiq. Yiliga ikki marta oʻta kuchli yogʻingarchilik miqdori kuzatiladi. Janubiy hududlar yozi issiq, qish esa iliq va quruq. Issiq va quruq mavsumdan keyin yozgi yomgʻirlar mavsumi boshlanadi. Gʻarbiy sohilboʻyi qismlarda biroz salqinroq iqlim hukm suradi, buning sababi, sohilni sovuq Kanar oqimi yuvib turishidir.