Soslan Vaznoyevich Tigiyev (; 1983-yil 12-oktyabr kuni Shimoliy Osetiyaning Vladikavkaz shahrida tugʻilgan) – osetiyalik erkin kurashchi, musobaqalarda Oʻzbekiston nomidan ishtirok etadi, erkin kurash boʻyicha Jahon kubogi sohibi, 2008-yili Pekin va 2012-yilgi London Olimpiadalarining kumush va bronza medallari egasi. Xalqaro toifadagi sport ustasi.

Hayoti 1983-yil 12-oktyabr kuni Shimoliy Osetiyaning Vladikavkaz shahrida, Tigiyevlar oilasida, egizak akasi Batraz bilan birga tugʻilgan. Egizaklar yoshligidan harakatchan boʻlishgan va onasi ularni bir yildan beri bolakaylarning akasi – Taymuraz shugʻullanayotgan erkin kurash toʻgaragiga topshirishga qaror qilgan. 1998-yili Soslan Moskvadagi Butunjahon oʻsmirlar oʻyinlarida bronza medalini qoʻlga kiritadi, biroq shu musobaqadan soʻng, jarohat sabab faoliyatida uzilish yuzaga keladi. 2005-yildan eʼtiboran yana katta sportga qaytgan Soslan musobaqalarda ketma-ket yutuqlarga erisha boshlaydi. 2006—2010-yillar davomida – Shimoliy Osetiya davlat Agrar universitetida tahsil oldi.

Sport faoliyati Soslanning faoliyati nisbatan yaxshi kechadi. U 2005-yildan beri Oʻzbekiston nomidan xalqaro musobaqalarda ishtirok etib keladi. Shu yili Uxanda boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida ikkinchi oʻrinni oladi. 2006-yil Ukraina davlatida oʻtkazilgan xalqaro turnirda 1-oʻrin, Rossiya Federatsiyasi davlatida oʻtkazilgan xalqaro turnirda 3-oʻrinlarni egallagan. 2006-yili esa Guanchjouda boʻlib oʻtgan jahon chempionati va Dohada boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida bronza medallarni qoʻlga kiritadi. Shu yili, Toshkent shahrida oʻtkazilgan „Mustaqillik Kubogi“ xalqaro turnirida 3-oʻrinlarni egallagan. 2007-yili Krasnoyarskda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritadi. 2008-yil Shveysariya davlatida oʻtkazilgan Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanma beruvchi xalqaro turnirda oltin medalni qoʻlga kiritib, Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanmasiga ega boʻldi.

2008-yili Pekinda boʻlib oʻtgan Olimpada oʻyinlarida kumush medal egasiga aylanadi. 2009-yili esa Bokuda oʻtkazigan „Golden Grand Prix“ musobaqasi gʻolibiga aylandi. 2012-yili esa Londonda oʻtkazilgan Olimpiada oʻyinlari bronza medal egasiga aylandi. 2008-yil avgust oyida Xitoyning Pekin shahrida oʻtkazilgan XXIX-yozgi Olimpiada oʻyinlarida munosib ishtirok etib 2- oʻrin. 2012-yil Angliyaning London shahrida oʻtkazilgan 2012 Yozgi Olimpiya oʻyinlarida 3-oʻrinni egalladi.

Mukofotlari 2006-yildan erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi. Erkin kurash boʻyicha xalqaro toifadagi sport ustasi. 2008-yili Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi faxriy unvoni. 2012-yil Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Diskvalifikatsiya 7-noyabr kuni Associated Press axborot agentligi ikkita manbaga asoslanib, Soslan Tigiyevning organizmidan taqiqlangan metilgeksanamin moddasi topilgani va 2012-yilgi London Olimpiadasi medalidan mahrum etilishi haqida xabar tarqatdiOʻzbekistonlik Olimpiada sovrindorining organizmidan taqiqlangan modda topildi , Kun.uz, 2012-yil 7-noyabr.. Shu kuni Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi ushbu xabarni tasdiqladiSoslan Tigiev rasman Olimpiada-2012 medalidan mahrum qilindi , Kun.uz, 2012-yil 8-noyabr..

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston kurashchilari‎ Turkum:Osetin millatiga mansub oʻzbekistonliklar Turkum:2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi kurashchilari Turkum:2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi kurashchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak kurashchilar Turkum:Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlari bronza medali sohiblari